TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI DAVLAT PLAN KOMISSIYASI (TURKGOSPLAN)
1921 yil 23 noyabrda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Iqtisodiy Kengashi qoshida tuzilgan, 1925 yil 11 mayda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.
BatafsilXALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI TURKISTON IQTISODIY KЕNGASHI TURKISTON ASSR (TIK).
Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1921 yil 14 martdagi dekreti bilan tashkil etilgan. Turkiston Iqtisodiy Kengashining vakolatiga quyidagilar kirgan: tegishli organlar orqali RSFSR Mehnat va Mudofa Kengashi ko‘rsatmalari va topshiriqlarini bajarish va barcha ko‘rsatmalar va iqtisodiy xarakterdagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilish; Sovet hokimiyatining barcha organlarining iqtisodiy rivojlanish borasidagi faoliyatini kuzatish va nazorat qilish; RSFSRning yagona rejasi asosida respublikaning umumiy iqtisodiy rejasini ishlab chiqish va uning bajarilishini nazorat qilish, barcha moddiy resurslardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish. 1924 yil oxirida tugatilgan
TURKISTON ASSR XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI TURKISTON PAXTA QO‘MITASI (TURKXLOPKOM).
1918 yil 24 martda Turkiston o‘lka xalq ishlab chiqarish kengashi (keyinchalik Turkiston Respublikasi Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi)ning paxtachilik boshqarmasi tuzildi. 1922 yil boshida uning o‘rniga Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti qoshida paxta qo‘mitasi (Turkxlopkom) tuzilgan. 1924 yil 20 dekabrda tugatilgan.
TURKISTON ASSR ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGINING AHOLINI EVAKUATSIYA QILISH MARKAZIY BOSHQARMASI (TURKSЕNTROEVAK)
Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining 1919 yil 22 iyuldagi dekreti bilan Turkiston o‘lkasi aholini ko‘chirish boshqarmasi (Turkkrayevak) tuzilib, 1920 yil 22 iyulda Turkiston ASSR IIXK (NKVD) ning Aholini (ko‘chirish) Evakuatsiya qilish Markaziy Boshqarmasi (Turksentroevak) deb nomlandi.
Turk ASSR Xalq Komissarlari Sovetining 1922 yil 27 oktyabrdagi qarori asosida aholini ko‘chirish organlari faoliyati tugatilib, ularning vazifalari qisman Yer ishlari Xalq komissarligiga o‘tkazilgan.
BatafsilTURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI MOLIYA XALQ KOMISSARLIGI (TURKISTON ASSR NARKOMFIN)
TURKISTON XALQ BANKI
TURKISTON ASSR YER ISHLARI KOMISSARLIGI (NARKOMZЕM, TURKISTON ASSR)
Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917-yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan tuzilgan.O‘rta Osiyodagi milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 24 dekabrda tugatilgan.
TURKISTON ASSR YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI QOSHIDAGI O‘RMONCHILIK BOSHQARMASI
Turkiston ASSR Xalq Komissarlarining 1918 yil 31 yanvardagi buyrug‘i bilan tuzilgan. O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati munosabati bilan 1924 yil 24 dekabrda tugatilgan.
TURKISTON ASSR QISHLOQ XO‘JALIGI XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI DAVLAT YILQICHILIK BOSHQARMASI
Turkiston ASSR Qishloq xo‘jaligi xalq komissarligining 1918 yil 25 iyundagi buyrug‘iga asosan shu komissarlikning Chorvachilik boshqarmasi qoshida tashkil etilgan. Turkiston ASSRning 1920 yil 24 fevraldagi qaroriga asosan Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi huzuridagi davlat Yilqichilik bo‘limi sifatida, 1923 yilda Turkiston ASSR Qishloq xo‘jaligi xalq komissarligi huzuridagi Yilqichilik bosh Boshqarmasiga aylantirilgan. 1924 yil oxirida uning faoliyati tugatilgan.
TURKISTON ASSR YER ISHLARI KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SUV XO‘JALIGI BOSHQARMASI (TURKVODXOZ)
1918 yil 17 iyunda Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Turkiston suv xo‘jaligi boshqarmasining 1924 yil 22 noyabrdagi buyrug‘i bilan tugatilgan.
TURKISTON ASSR MARKAZIY STATISTIKA BOSHQARMASI
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlari Soveti
1920 yil 8 sentyabrda tashkil qilingan. O‘rta Osiyoning milliy chegaralanishi munosabati bilan TurMIQ, BuxMIQ va XorMIQ ning qo‘shma qaroriga ko‘ra 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi ishlari bo‘yicha Markaziy likvidatsiya komissiyasi (Buxlikvidkom).
Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Iqtisodiy Kengashi (XXSR EKOSO).
TURKISTON OKRUGI POCHTA-TЕLЕGRAF BOSHQARMASI HUZURIDAGI DAFN G‘AZNASI Toshkent sh.
TURKISTON G‘AZNA PALATASI XIZMATCHILARI ITTIFOQI KЕNGASHI Toshkent sh.
TURKISTON ASSR “QO‘SHCHI” ITTIFOQI MARKAZIY QO‘MITASI
RSFSR YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI TOSHKЕNT HUDUDLARINI KO‘CHIRISH PUNKTI Toshkent sh.
1922 yil 27 oktyabrdagi Xalq komissarlari Kengashi Qaroriga va 1923 yil 15 yanvardagi ko‘chib o‘tuvchilarining harakatlanishi bo‘yicha Boshqarma buyrug‘iga ko‘ra 1922 yil 21 dekabrda Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ko‘chirish punkti tashkil etiladi.
1923 yil 28 apreldagi 33-son Buyrug‘iga asosan Toshkent liniyali ko‘chirish punkti RSFSR ziroatchilik Xalq Komissarligi Turkiston rayon ko‘chirish punkti sifatida qayta nomlanadi. 1923 yil 1 avgust kuni RSFSR Yer ishlari Xalq Komissarligi Turkiston ko‘chirish punkti deb nomlanadi. Yer ishlari Xalq Komissarligining 1923 yil 15 dekabrdagi yozmasi bilan 1924 yil 15 yanvarda tugatilgan.
BatafsilTURKISTON RЕSPUBLIKASI YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI YER JOYLASHTIRISH BOSHQARMASI Toshkent sh.
BUTUNROSSIYA MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI VA TURKISTON ISHLARI BO‘YICHA RSFSR XALQ KOMISSARLARI KЕNGASHI KOMISSIYASI HUZURIDAGI TURKISTON MUXTOR YER KOMISSIYASI Toshkent sh.
TURKISTON ASSR YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI TURKISTON ENTOMOLOGIK STANSIYASI Toshkent sh.
Turkiston ASSR Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi Turkiston entomologik stansiyasi 1917 yil 5 yanvarda tashkil etilgan.
Entomologik stansiya hujjatlarining chekka sanasi 1924 yil aprel bilan yakunlanmoqda. Tashkilot keyinchalik faoliyat olib borganligi yoki olib bormaganligini aniqlovchi hujjatlarni aniqlash imkoniyati cheklangan, ammo hujjatlardan tashkilshot tugatilmaganligi ko‘rinib turibdi.
BatafsilO‘RTA OSIYODA KO‘CHIRISH BO‘YICHA ROSSIYA SOVЕT FЕDЕRATIV SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI VAKOLATLI BOSHQARMASI. Toshkent sh.
TURKISTON ASSR YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGINING 7-SON SOVXOZI (Kaufman stansiyasi)
SSSR ICHKI SAVDO XALQ KOMISSARLIGI QOSHIDAGI KRЕDIT OLISHGA LAYOQATLILIK HAQIDA MA’LUMOTNOMA BЕRUVCHI O‘RTA OSIYO AKSIONЕRLIK JAMIYATI BO‘LIMI (O‘rta Osiyo “Kredit byurosi” idorasi)
1924 yil avgustda tashkil etilib, 1930 yil 15 oktyabrda tashkilot faoliyati tugatilgan.
O‘ZBЕKISTON SSR MOLIYA KOMISSARLIGINING DAVLAT SUG‘URTA BOSHQARMASI (Uzgosstrax)
SSSR Davlat Sug‘urta boshqarmasining O‘zbekiston SSR va Turkmaniston SSR bo‘yicha vakolatxonasining 1925 yil 21 apreldagi buyrug‘iga ko‘ra tashkil etilgan.
SSSR DAVLAT SUG‘URTA BOSH BOSHQARMASINING O‘RTA OSIYO BO‘LIMI (Markaziy Osiyo boshqarmasi SSSR davlat sug‘urtasi)
Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining 1922 yil 21 iyundagi dekreti bilan RSFSR Davlat sug‘urta boshqarmasining O‘rta Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi tashkil etildi. 1925 yil 3 martda O‘zbekiston SSR va Turkmaniston SSR bo‘yicha SSSR Davlat sug‘urta boshqarmasining vakolatxonasiga aylantirildi, 1925 yil 25 mayda esa SSSR Davlat sug‘urta boshqarmasining O‘rta Osiyo boshqarmasi deb nomlandi. 1925 yil 14 oktyabrda vakolatxona faoliyati tugatilgan.
O‘ZBЕKISTON SSR QISHLOQ XO‘JALIGI BANKI (O‘ZSЕLXOZBANK)
SSSR MIQ va XKSning 1930 yil 30 yanvardagi kredit islohoti to‘g‘risidagi farmoni bilan Markaziy qishloq xo‘jaligi banki “Sentroselbank” Butunittifoq qishloq xo‘jaligi kooperativ-kolxoz bankiga, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi banki esa ushbu bankning filialiga aylantirilgan.
SAVDO-KOOPЕRATSIYA KAPITAL QURILISHNI MOLIYALASHTIRISH BUTUNITTIFOQ BANKINING O‘ZBЕKISTON SSR BOSHQARMASI (Torgbankning O‘zbekistondagi vakolatxonasi)
SSSR MIQ va XKSning 1936 yil 17 avgustdagi farmoni bilan tugatilgan Butunittifoq Kapital qurilishni moliyalashtirish banki (Vsekobank) negizida Butunittifoq Kapital qurilishni moliyalashtirish banki (Torgbank) tashkil etilib, uning O‘zbekiston SSR boshqarmasi tashkil etilgan. “Torgbank” O‘zbekiston filialining vazifalariga savdo tashkilotlarining kapital qurilishi va boshqa investitsiyalarini moliyalashtirish hamda savdo kooperatsiyasi va nogironlar kooperatsiyasi tashkilotlarini kreditlash kirgan. SSSR Moliya ministrligining 1956 yil 3 sentyabrdagi buyrug‘i asosida 1957 yil 1 yanvardan bank faoliyati tugatilgan.
BUTUNITTIFOQ KOOPЕRATIV BANKINING O‘ZBЕKISTON SSRDAGI IDORASI (VSЕKOBANKNING O‘ZBЕKISTONDAGI VAKOLATXONASI)
1932 yil 5 iyulda tashkil etilib, 1936 yil avgustda bank faoliyati tugatilgan.
MARKAZIY OSIYO TIJORAT BANKI (SRЕDAZKOMBANK)
O‘rta Osiyo tijorat banki SSSR Mehnat va Mudofaaa kengashining 1921 yil 31 yanvardagi qaroriga asosan tashkil etilgan. 1930 yil 1 aprelda SSSR Tashqi savdo bankiga qo‘shilishi munosabati bilan bank faoliyati tugatilgan.
SSSR SAVDO-SANOAT BANKINING MARKAZIY OSIYO FILIALI (Torgprombankning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi)
Bank filaiali RSFSR Mehnat va Mudofaaa kengashining 1922 yil 1 sentyabrdagi qarori bilan tashkil etilib, 1927 yil dekabrda tugatilgan.
SSSR DAVLAT BANKINING O‘RTA OSIYO BO‘LIMI
RSFSR XKSning 1921 yil 12 yanvardagi buyrug‘i bilan RSFSR Davlat banki tashkil etilib, o‘sha yilning noyabr oyida uning O‘rta Osiyo bo‘limi ochilgan. 1923 yilda uning nomi SSSR Davlat bankining O‘rta Osiyo bo‘limi deb o‘zgartirilgan.
Butunittifoq Bolsheviklar Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi va SSSR Xalq Komissarlari Sovetining 1934 yil 3 oktyabrdagi qarori bilan bank faoliyati tugatilgan.
BatafsilO‘ZBЕKISTON SSR MOLIYA XALQ KOMISSARLIGI (O‘zSSR Narkomfin)
O‘zSSR Inqilobiy qo‘mitasining 1921 yil 22 noyabrdagi qarori bilan tashkil etilgan.
BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI DAVLAT BANKI
Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1923 yilga oid hujjatlar mavjud.