Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

TURKISTON ASSR XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI TURKISTON PAXTA QO‘MITASI (TURKXLOPKOM).

Fond raqami:
R-111
Saqlov birligi:
1587
Davriy chegarasi:
1918 - 1924

Tashkilot tarixi

1918 yil 24 martda Turkiston o‘lka xalq ishlab chiqarish kengashi (keyinchalik Turkiston Respublikasi Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi)ning paxtachilik boshqarmasi tuzildi. 1922 yil boshida uning o‘rniga  Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti qoshida paxta qo‘mitasi (Turkxlopkom) tuzilgan. 1924 yil 20 dekabrda tugatilgan.


Fond sharhi

Turkxlopkomning sirkulyar va ko‘rsatmalari, dehqon paxtakorlari se’zdi bayonnomalari (1919-1920). Turkxlopkom va tuman paxta qo‘mitalari majlislarining buyruqlari va bayonnomalari. Turkiston paxtachilik komitetining Turkistonda paxta sanoati va ipakchilik holati (1918-1919 bo‘yicha ma’ruza hisobotlari, smetalar, ishlab chiqarish hisobotlari, paxta-yog‘ zavodlarini taftish ishlari bo‘yicha ma’lumot va dalolatnomalar, paxta tozalash zavodlarining zavod ishchi va xizmatchilar qo‘mitalari majlislarining  ma’ruza va bayonnomalari. Rus-Buxoro aksiyadorlik savdo jamiyati ustavi (1923).