Tashkilot tarixi
Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 18 maydagi buyrug‘i bilan tuzilgan. Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1920 yil 26 maydagi dekreti bilan tugatilgan.
Fond sharhi
Turkiston xalq banki Toshkent tuman bo‘limi buyruqlari. Turkiston ASSR Moliya xalq komissarligining barcha idoralar, bo‘limlar, g‘aznachilik va budjet muassasalariga yo‘llagan sirkulyarlari va ko‘rsatmalari.
Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining Turkiston ishlari bo‘yicha komissiyasining muassasalarga ssuda berish to‘g‘risidagi dekretlari. Turkiston Xalq banki tuman boshqarmasi Kengashi va kichik kreditlar bo‘yicha viloyat qo‘mitalari, bank xodimlari kasaba uyushmasi qurultoylari, xalq banki xodimlari kasaba uyushmasi qo‘mitasining umumiy yig‘ilishlari qarorlari va bayonnomalari.