Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Moliya

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI DAVLAT PLAN KOMISSIYASI (TURKGOSPLAN)

Fond raqami: R-20 Saqlov birligi: 572 Davriy chegarasi: 1921 - 1925
Tashkilot tarixi:

1921 yil 23 noyabrda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Iqtisodiy Kengashi qoshida tuzilgan, 1925 yil 11 mayda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.

Batafsil

XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI TURKISTON IQTISODIY KЕNGASHI TURKISTON ASSR (TIK).

Fond raqami: P-18 Saqlov birligi: 199 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1921 yil 14 martdagi dekreti bilan tashkil etilgan. Turkiston Iqtisodiy Kengashining vakolatiga quyidagilar kirgan: tegishli organlar orqali RSFSR Mehnat va Mudofa Kengashi ko‘rsatmalari va topshiriqlarini bajarish va barcha ko‘rsatmalar va iqtisodiy xarakterdagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilish; Sovet hokimiyatining barcha organlarining iqtisodiy rivojlanish borasidagi  faoliyatini kuzatish va nazorat qilish; RSFSRning yagona rejasi asosida respublikaning umumiy iqtisodiy rejasini ishlab chiqish va uning bajarilishini nazorat qilish, barcha moddiy resurslardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish. 1924 yil oxirida tugatilgan

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI TURKISTON PAXTA QO‘MITASI (TURKXLOPKOM).

Fond raqami: R-111 Saqlov birligi: 1587 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

1918 yil 24 martda Turkiston o‘lka xalq ishlab chiqarish kengashi (keyinchalik Turkiston Respublikasi Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi)ning paxtachilik boshqarmasi tuzildi. 1922 yil boshida uning o‘rniga  Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti qoshida paxta qo‘mitasi (Turkxlopkom) tuzilgan. 1924 yil 20 dekabrda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGINING AHOLINI EVAKUATSIYA QILISH MARKAZIY BOSHQARMASI (TURKSЕNTROEVAK)

Fond raqami: R-621 Saqlov birligi: 140 Davriy chegarasi: 1920 - 1922
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining 1919 yil 22 iyuldagi dekreti bilan Turkiston o‘lkasi aholini ko‘chirish boshqarmasi (Turkkrayevak) tuzilib, 1920 yil 22 iyulda Turkiston ASSR IIXK (NKVD) ning Aholini (ko‘chirish) Evakuatsiya qilish Markaziy Boshqarmasi (Turksentroevak) deb nomlandi.

Turk ASSR Xalq Komissarlari Sovetining 1922 yil 27 oktyabrdagi qarori asosida aholini ko‘chirish organlari faoliyati tugatilib, ularning vazifalari qisman Yer ishlari Xalq komissarligiga o‘tkazilgan.

Batafsil

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI MOLIYA XALQ KOMISSARLIGI (TURKISTON ASSR NARKOMFIN)

Fond raqami: R-37 Saqlov birligi: 2901 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi: Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917 yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan tuzilgan.O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 21 noyabrda tugatilgan. Batafsil

TURKISTON XALQ BANKI

Fond raqami: R-337 Saqlov birligi: 297 Davriy chegarasi: 1918 - 1920
Tashkilot tarixi: Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 18 maydagi buyrug‘i bilan tuzilgan. Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1920 yil 26 maydagi dekreti bilan tugatilgan. Batafsil

TURKISTON ASSR YER ISHLARI KOMISSARLIGI (NARKOMZЕM, TURKISTON ASSR)

Fond raqami: R-29 Saqlov birligi: 3618 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917-yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan tuzilgan.O‘rta Osiyodagi milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 24 dekabrda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI QOSHIDAGI O‘RMONCHILIK BOSHQARMASI

Fond raqami: R-182 Saqlov birligi: 661 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Xalq Komissarlarining 1918 yil 31 yanvardagi buyrug‘i bilan tuzilgan. O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati munosabati bilan 1924 yil 24 dekabrda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR QISHLOQ XO‘JALIGI XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI DAVLAT YILQICHILIK BOSHQARMASI

Fond raqami: R-184 Saqlov birligi: 288 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Qishloq xo‘jaligi xalq komissarligining 1918 yil 25 iyundagi buyrug‘iga asosan shu komissarlikning Chorvachilik boshqarmasi qoshida tashkil etilgan. Turkiston ASSRning 1920 yil 24 fevraldagi qaroriga asosan Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi huzuridagi davlat Yilqichilik bo‘limi sifatida, 1923 yilda Turkiston ASSR Qishloq xo‘jaligi xalq komissarligi huzuridagi Yilqichilik bosh Boshqarmasiga aylantirilgan. 1924 yil oxirida uning faoliyati tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR YER ISHLARI KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SUV XO‘JALIGI BOSHQARMASI (TURKVODXOZ)

Fond raqami: R-215 Saqlov birligi: 1654 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

1918 yil 17 iyunda Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Turkiston suv xo‘jaligi boshqarmasining 1924 yil 22 noyabrdagi buyrug‘i bilan tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR MARKAZIY STATISTIKA BOSHQARMASI

Fond raqami: R-21 Saqlov birligi: 1397 Davriy chegarasi: 1919 - 1924
Tashkilot tarixi: Turkiston MIQning 1919 yil 17 dekabrdagi farmoni bilan tashkil etilgan. 1924 yil dekabrda tashkilot faoliyati tugatilgan. Batafsil

TURKISTON OKRUGI POCHTA-TЕLЕGRAF BOSHQARMASI HUZURIDAGI DAFN G‘AZNASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-716 Saqlov birligi: 126 Davriy chegarasi: 1919 - 1920
Tashkilot tarixi: Turkiston pochta-telegraf okrugi Boshqarmasi huzuridagi pochta-telegraf dafn g‘aznasi 1919 yildan 1920 yilga qadar Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatgan. Batafsil

TURKISTON G‘AZNA PALATASI XIZMATCHILARI ITTIFOQI KЕNGASHI Toshkent sh.

Fond raqami: P-812 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1918 - 1918
Tashkilot tarixi: Turkiston g‘azna palatasi xizmatchilari ittifoqi Kengashi 1918 yil 22 aprelda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1918 yil 26 avgust kuni tugatilgan. Batafsil

TURKISTON ASSR “QO‘SHCHI” ITTIFOQI MARKAZIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-44 Saqlov birligi: 210 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: “Qo‘shchi” ittifoqi 1919 yil 30 oktyabrda Turkiston ASSR Markaziy ijroiya qo‘mitasi tomonidan ziroatchi-dehqonlar, shuningdek chorikor-mardikorlarning mehnatkash qatlami tashkiloti sifatida, ovul, qishloqlardagi ziroatchi va chorvador aholining qambag‘al qatlamini boylar va quloqlar tomonidan ezib ishlatilishidan himoyalash maqsadida tuzilgan. 1924 yil 29 dekabrda O‘rta Osiyodagi milliy hududiy chegaralanish siyosati natijasida Turkiston ASSR “Qo‘shchi” ittifoqi Markaziy qo‘mitasining faoliyati tugatilgan. Batafsil

RSFSR YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI TOSHKЕNT HUDUDLARINI KO‘CHIRISH PUNKTI Toshkent sh.

Fond raqami: P-224 Saqlov birligi: 26 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi:

1922 yil 27 oktyabrdagi Xalq komissarlari Kengashi Qaroriga va 1923 yil 15 yanvardagi ko‘chib o‘tuvchilarining harakatlanishi bo‘yicha Boshqarma buyrug‘iga ko‘ra 1922 yil 21 dekabrda Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ko‘chirish punkti tashkil etiladi.

1923 yil 28 apreldagi 33-son Buyrug‘iga asosan Toshkent liniyali ko‘chirish punkti RSFSR ziroatchilik Xalq Komissarligi Turkiston rayon ko‘chirish punkti sifatida qayta nomlanadi. 1923 yil 1 avgust kuni RSFSR Yer ishlari Xalq Komissarligi Turkiston ko‘chirish punkti deb nomlanadi. Yer ishlari Xalq Komissarligining 1923 yil 15 dekabrdagi yozmasi bilan 1924 yil 15 yanvarda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON RЕSPUBLIKASI YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI YER JOYLASHTIRISH BOSHQARMASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-1597 Saqlov birligi: 61 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: Tashkil etilgan sanasi noma’lum. 1924 yil 24 dekabrda tugatilgan. 1921 yildan 1924 yilgacha hujjatlar mavjud. Batafsil

BUTUNROSSIYA MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI VA TURKISTON ISHLARI BO‘YICHA RSFSR XALQ KOMISSARLARI KЕNGASHI KOMISSIYASI HUZURIDAGI TURKISTON MUXTOR YER KOMISSIYASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-1793 Saqlov birligi: 6 Davriy chegarasi: 1922 - 1923
Tashkilot tarixi: Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Turkiston ishlari bo‘yicha RSFSR Xalq Komissarlari Kengashi komissiyasi huzuridagi Turkiston muxtor yer komissiyasi 1922 yil 25 noyabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1923 yilda tashkilot faoliyati tugatilgan. Batafsil

TURKISTON ASSR YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI TURKISTON ENTOMOLOGIK STANSIYASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-385 Saqlov birligi: 107 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi Turkiston entomologik stansiyasi 1917 yil 5 yanvarda tashkil etilgan.

Entomologik stansiya hujjatlarining chekka sanasi 1924 yil aprel bilan yakunlanmoqda. Tashkilot keyinchalik faoliyat olib borganligi yoki olib bormaganligini aniqlovchi hujjatlarni aniqlash imkoniyati cheklangan, ammo hujjatlardan tashkilshot tugatilmaganligi ko‘rinib turibdi.

Batafsil

O‘RTA OSIYODA KO‘CHIRISH BO‘YICHA ROSSIYA SOVЕT FЕDЕRATIV SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI VAKOLATLI BOSHQARMASI. Toshkent sh.

Fond raqami: P-874 Saqlov birligi: 26 Davriy chegarasi: 1922 - 1923
Tashkilot tarixi: O‘rta Osiyoda ko‘chirish bo‘yicha Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi vakolatli Boshqarmasi 1922 yil 1 yanvarda Toshkent shahrida tashkil etilgan.Tugatilgan sanasi noma’lum. Batafsil

TURKISTON ASSR YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGINING 7-SON SOVXOZI (Kaufman stansiyasi)

Fond raqami: P-208 Saqlov birligi: 2 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: Turkiston ASSR Yer ishlari bo‘yicha Xalq Komissarligi 7-son sovxozi 1920 yilda tashkil etilgan. Tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. Batafsil