Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

RSFSR YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI TOSHKЕNT HUDUDLARINI KO‘CHIRISH PUNKTI Toshkent sh.

Fond raqami:
P-224
Saqlov birligi:
26
Davriy chegarasi:
1922 - 1924

Tashkilot tarixi

1922 yil 27 oktyabrdagi Xalq komissarlari Kengashi Qaroriga va 1923 yil 15 yanvardagi ko‘chib o‘tuvchilarining harakatlanishi bo‘yicha Boshqarma buyrug‘iga ko‘ra 1922 yil 21 dekabrda Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ko‘chirish punkti tashkil etiladi.

1923 yil 28 apreldagi 33-son Buyrug‘iga asosan Toshkent liniyali ko‘chirish punkti RSFSR ziroatchilik Xalq Komissarligi Turkiston rayon ko‘chirish punkti sifatida qayta nomlanadi. 1923 yil 1 avgust kuni RSFSR Yer ishlari Xalq Komissarligi Turkiston ko‘chirish punkti deb nomlanadi. Yer ishlari Xalq Komissarligining 1923 yil 15 dekabrdagi yozmasi bilan 1924 yil 15 yanvarda tugatilgan.


Fond sharhi

Turkiston ASSR Yer ishlari Xalq Komissarligi hay’ati majlislarining jurnali, buyruqlar, ma’ruzalar va ko‘chirish punkti bilan sirkulyarlar, ko‘chirilayotganlar haqida hisob-nazorat ma’lumotlari, ocharlikda qolganlar ro‘yxati va boshqalar.