1922 yil 27 oktyabrdagi Xalq komissarlari Kengashi Qaroriga va 1923 yil 15 yanvardagi ko‘chib o‘tuvchilarining harakatlanishi bo‘yicha Boshqarma buyrug‘iga ko‘ra 1922 yil 21 dekabrda Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ko‘chirish punkti tashkil etiladi.
1923 yil 28 apreldagi 33-son Buyrug‘iga asosan Toshkent liniyali ko‘chirish punkti RSFSR ziroatchilik Xalq Komissarligi Turkiston rayon ko‘chirish punkti sifatida qayta nomlanadi. 1923 yil 1 avgust kuni RSFSR Yer ishlari Xalq Komissarligi Turkiston ko‘chirish punkti deb nomlanadi. Yer ishlari Xalq Komissarligining 1923 yil 15 dekabrdagi yozmasi bilan 1924 yil 15 yanvarda tugatilgan.