Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

TURKISTON ASSR YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI QOSHIDAGI O‘RMONCHILIK BOSHQARMASI

Fond raqami:
R-182
Saqlov birligi:
661
Davriy chegarasi:
1918 - 1924

Tashkilot tarixi

Turkiston ASSR Xalq Komissarlarining 1918 yil 31 yanvardagi buyrug‘i bilan tuzilgan. O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati munosabati bilan 1924 yil 24 dekabrda tugatilgan.


Fond sharhi

O‘rmon ishchilarining delegatsiya kongresslari (1917) va o‘rmon ishchilarining birinchi se’zdi (1921) bayonnomalari. O‘rmonchilik boshqarmasi, o‘rmon xo‘jaligi va qo‘riqxonalarni boshqarish to‘g‘risidagi Nizom; Turkiston ASSR Xalq komissarligi kengashi yig‘ilishlarining o‘rmon ishi bo‘yicha buyruqlari va bayonnomalari, o‘rmonlarni boshqarish to‘g‘risidagi buyruqlar.