Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

TURKISTON ASSR YER ISHLARI KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SUV XO‘JALIGI BOSHQARMASI (TURKVODXOZ)

Fond raqami:
R-215
Saqlov birligi:
1654
Davriy chegarasi:
1918 - 1924

Tashkilot tarixi

1918 yil 17 iyunda Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Turkiston suv xo‘jaligi boshqarmasining 1924 yil 22 noyabrdagi buyrug‘i bilan tugatilgan.


Fond sharhi

Turkiston suv xo‘jaligi va uning mahalliy organlari, Turkiston ASSRda suvdan foydalanish hamda suv va yer imtiyozlari to‘g‘risidagi Nizomlar. Turkiston ASSR Yer ishlari komissarligi va uning Suv xo‘jaligi boshqarmasi uchun ordenlar. Turkvodxoz va uning mahalliy organlarining ish rejalari (1919-1924); viloyat suv xo‘jaligi boshqarmalarining ilmiy-qidiruv ish rejalari (1919-1924).