Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

SSSR DAVLAT BANKINING O‘RTA OSIYO BO‘LIMI

Fond raqami:
R-1680
Saqlov birligi:
186
Davriy chegarasi:
1925 - 1934

Tashkilot tarixi

RSFSR XKSning 1921 yil 12 yanvardagi buyrug‘i bilan RSFSR Davlat banki tashkil etilib, o‘sha yilning noyabr oyida uning O‘rta Osiyo bo‘limi ochilgan. 1923 yilda uning nomi SSSR Davlat bankining O‘rta Osiyo bo‘limi deb o‘zgartirilgan.

Butunittifoq Bolsheviklar Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi va SSSR Xalq Komissarlari Sovetining 1934 yil 3 oktyabrdagi qarori bilan bank faoliyati tugatilgan.


Fond sharhi

SSSR Davlat banki Boshqaruvining sirkulyarlari va ko‘rsatmalari va O‘rta Osiyo idorasining buyruqlari. Davlat bankining O‘rta Osiyo bo‘limi boshqaruvchisining O‘rta Osiyodagi pul muomalasi, qishloq xo‘jaligini kreditlash, Kerki viloyatining iqtisodiy ahvoli, O‘rta Osiyo respublikalarida savdo va kooperatsiyani tashkil etish masalalari bo‘yicha ma’ruzalari Davlat bankining O‘rta Osiyo bo‘limlari va idoralari; savdo davlat va kooperativ tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar va bitimlar; Surxondaryo viloyatidan olib kelingan va eksport qilinadigan xomashyo ro‘yxatlari.