Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Jamoat organlari

TURKISTON ASSR ISHCHI-DЕHQON INSPЕKSIYASI XALQ KOMISSARLIGI (TURKISTON ASSR NK RKI)

Fond raqami: R-41 Saqlov birligi: 2040 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

1918 yil 15 mayda Turkiston ASSR Markaziy Davlat nazorati tuzilib, u 1920 yil iyun oyida Turkiston ASSR Ishchi-dehqon inspeksiyasi xalq komissarligi sifatida qayta tashkil etilgan. 1924 yil noyabrda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI IJTIMOIY TA’MINOT XALQ KOMISSARLIGI (TURKISTON ASSR NARKOMSOBЕS)

Fond raqami: P-606 Saqlov birligi: 540 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi:

1918 yildan Turkiston ASSR Xalq mehnat komissarligi huzurida ijtimoiy ta’minot bo‘limi mavjud bo‘lgan. 1919 yil noyabrda Xalq mehnat komissarligi Xalq mehnat va ijtimoiy ta’minot komissarligi deb qayta nomlangan, 1920 yil 6 avgustda esa Ijtimoiy ta’minot Xalq Komissarligi tashkid etilgan. 1924 yil O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi islohati natijasida uning faoliyati tugatilgan.

Batafsil

URUSH NOGIRONLARI, BЕMOR VA YARADOR QIZILARMIYA ASKARLARI VA ULARNING OILALARIGA YORDAM KO‘RSATISH TURKISTON QO‘MITASI (TURKOMPOM)

Fond raqami: P-419 Saqlov birligi: 110 Davriy chegarasi: 1922 - 1923
Tashkilot tarixi:

1922 yil 20 iyundagi Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi qarori bilan Turkiston Ijroiya qo‘mitasi (Armiya bo‘yicha Markaziy Qo‘mita) qoshida qizil armiya askarlariga yordam ko‘rsatish Markaziy komissiyasi tashkil etilgan. Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1924 yil 13 yanvardagi buyrug‘i bilan Urush nogironlari, bemor va yarador qizilarmiya askarlari va ularning oilalariga yordam ko‘rsatish Turkiston qo‘mitasi (Turkompom) etib qayta tashkil etilgan. Qo‘mita O‘zbekiston SSR Inqiloyat Qo‘mitasi qarori bilan 1924 yil 28 dekabrdagi qarori bilan tugatilgan.

Batafsil

7,12,26-SON MAKTABLARI, 5-SON QIRG‘IZ BOLALAR UYI,12-SON BOLALAR ITTIFOQI, 13-SON O‘SMIRLAR UYI, ARXIV ISHI BOSHQARMASI, TURKISTON DAVLAT KUTUBXONASI, TURKISTON QADIMGI ASHYOLAR VA SAN’AT QO‘MITASI JAMOALARINI BIRLASHTIRUVCHI MAORIF XODIMLARI 6-SON KASABA UYUSHMASI BOSHLANG‘ICH QO‘MITASI HUZURIDAGI MЕHNAT ILMIY KЕNGASHI VAQT LIGASI BO‘LINMASI

Fond raqami: P-495 Saqlov birligi: 4 Davriy chegarasi: 1924 - 1924
Tashkilot tarixi:

7,12,26-son maktablari, 5-son Qirg‘iz bolalar uyi,12-son bolalar ittifoqi, 13-son o‘smirlar uyi, Arxiv ishi Boshqarmasi, Turkiston davlat kutubxonasi, Turkiston qadimgi ashyolar va san’at qo‘mitasi jamoalarini birlashtiruvchi maorif xodimlari 6-son kasaba uyushmasi boshlang‘ich qo‘mitasi huzuridagi Mehnat Ilmiy kengashi bo‘linmalar birlashmasi 1924 yilda tashkil etilgan. Tugatilish sanasi ma’lum emas.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOAT MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI №22-SON MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-548 Saqlov birligi: 16 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi huzuridagi sovet va jamoat muassasalari kasaba uyushmasi №22-son Mahalliy Qo‘mitasi 1918 yil 1 noyabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1924 yil 1 noyabrda tugatilgan.

Batafsil

ISTЕ’MOLCHILAR JAMIYATLARI TURKISTON ITTIFOQI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA ITTIFOQI 57-SON MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-549 Saqlov birligi: 3 Davriy chegarasi: 1919 - 1923
Tashkilot tarixi:

Iste’molchilar jamiyatlari Turkiston ittifoqi huzuridagi sovet va jamoatchilik muassasalari kasaba ittifoqi 57-son mahalliy qo‘mitasi 1919 yil da Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1923 yil 17 dekabrda tugatilgan.

Batafsil

SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA QO‘MITASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-813 Saqlov birligi: 88 Davriy chegarasi: 1919 - 1924
Tashkilot tarixi:

Sovet va jamoatchilik muassasalari kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi 1919 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1924 yilda Sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilgan va shu yili tugatilgan.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SSR MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI QOSHIDAGI "BOLALAR DO‘STI" JAMIYATI MARKAZIY KЕNGASHI

Fond raqami: R-424 Saqlov birligi: 120 Davriy chegarasi: 1928 - 1935
Tashkilot tarixi:

1928 yil 22 avgustda boshpanasizlikni butunlay yo‘q qilish, kommunistik ta’lim va kashshoflik harakatini rivojlantirish uchun proletar jamoatchilik kuchlari va vositalarini safarbar qilish uchun tashkil etilgan. 1935 yil 19 noyabrda O‘zbekiston SSR MIQ qarori bilan tugatilgan.

Batafsil

ROSSIYA QIZIL XOCH JAMIYATINING O‘RTA OSIYODAGI VAKOLATLI VAKILI BOSHQARMASI (UPOLNOMOCHЕNNЫY ROKK V SRЕDNЕY AZII)

Fond raqami: R-348 Saqlov birligi: 58 Davriy chegarasi: 1923 - 1925
Tashkilot tarixi:

1922 yil 8 aprel kuni, Turkiston ASSR uchun vakolatli Rossiya Qizil xoch jamiyati vakolatxonasi tashkil etilgan. 1924 yil 21 yanvar buyrug‘i bilan O‘rta Osiyoda vakolatli Rossiya qizil xoch jamiyati vakolatxonasi deb o‘zgartirildi. 1925  yil 1 dekabrda tugatilgan.

Batafsil

OBODONLASHTIRISHGA KO‘MAKLASHISH JAMIYATINING MARKAZIY KЕNGASHI

Fond raqami: R-239 Saqlov birligi: 207 Davriy chegarasi: 1930 - 1935
Tashkilot tarixi:

1930 yil 25 aprelda tashkil topib, 1935 yilda tugatilgan.

Batafsil

MUDOFAAA, AVIATSIYA VA KIMYO QURILISHIGA KO‘MAKLASHISH JAMIYATINING O‘RTA OSIYO KЕNGASHI (OSOAVIAXIM)

Fond raqami: R-423 Saqlov birligi: 696 Davriy chegarasi: 1928 - 1934
Tashkilot tarixi:

1927 yil dekabrda tashkil etilib, SSSR Mudofaaa, aviatsiya va kimyoviy qurilishni rivojlantirish jamiyati Markaziy Kengashining 1934 yil 4 oktyabrdagi qarori bilan tugatilgan.

Batafsil

BUTUNITTIFOQ SIYOSIY MAHKUMLAR VA SURGUN QILINGAN KO‘CHMANCHILAR JAMIYATINING O‘ZBЕKISTON BO‘LIMI

Fond raqami: R-840 Saqlov birligi: 8 Davriy chegarasi: 1934 - 1935
Tashkilot tarixi:

1934 yil 17 noyabrda tashkil etilib, SSSR MIQ plenumining qarori bilan 1935 yil 25 iyunda tugatilgan.

Batafsil

BUTUNITTIFOQ SIYOSIY MAHKUMLAR VA SURGUN QILINGAN KO‘CHMANCHILAR JAMIYATINING O‘RTA OSIYO BO‘LIMI

Fond raqami: R-406 Saqlov birligi: 16 Davriy chegarasi: 1931 - 1934
Tashkilot tarixi:

1931 йилда ташкил этилиб, 1934 йилда 17 ноябрда жамиятнинг Ўрта Осиё республикаларида ташкил этилиши муносабати билан тугатилган.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SSR INQILOB KURASHCHILARIGA YORDAM BЕRISH XALQARO JAMIYATI MARKAZIY QO‘MITASI (SK MOPR Uzbekskoy SSR)

Fond raqami: R-126 Saqlov birligi: 105 Davriy chegarasi: 1925 - 1947
Tashkilot tarixi:

1925 yil 1 aprelda tashkil etilgan. SSSR inqilob jangchilariga yordam berish xalqaro jamiyati Markaziy qo‘mitasi Plenumining 1948 yil 12 fevraldagi qarori asosida tugatilgan.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SSR QO‘SHCHI ITTIFOQI MARKAZIY QO‘MITASI (Vseuzobkom)

Fond raqami: R-245 Saqlov birligi: 312 Davriy chegarasi: 1925 - 1928
Tashkilot tarixi:

1924 yil 14 dekabrda tashkil etilib, 1927 yilda ittifoq qishloq kambag‘allarining ommaviy ko‘ngilli tashkilotiga aylantirilgan.

1930 yilda Qo‘shchi Ittifoqi tugatilgan.

Batafsil

1924 yil 24 noyabrda O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosatidan so‘ng respublikalar o‘rtasida mulklarni taqsimlash va davlat apparatini qayta tashkil etish maqsadida tashkil etilgan. 1925 yil 23 fevralda tashkilot faoliyati tugatilgan

Fond raqami: R-11 Saqlov birligi: 149 Davriy chegarasi: 1924 - 1925
Tashkilot tarixi:

1924 yil 24 noyabrda O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosatidan so‘ng  respublikalar o‘rtasida mulklarni taqsimlash  va davlat apparatini qayta tashkil etish maqsadida tashkil etilgan. 1925 yil 23 fevralda tashkilot faoliyati tugatilgan

Batafsil

SSSR XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI O‘RTA OSIYO IQTISODIY KЕNGASHI (SRЕDAZEKOSOS)

Fond raqami: R-9 Saqlov birligi: 3682 Davriy chegarasi: 1926 - 1934
Tashkilot tarixi:

O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish siyosatidan so‘ng O‘rta Osiyo Iqtisodiy kengashi tugatilib, uning vazifalari SSSR Mehnat va Mudofaaa Kengashining O‘rta Osiyodagi vakolatli boshqarmasiga topshirildi. 1926 yil iyul oyida boshqarma faoliyati tugatilib, 1926 yil 30 iyulda O‘zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston SSR va Qirg‘iziston avtonom viloyatining iqtisodiy aloqalarini SSSR bilan mustaxkamlash va nazorat qilish maqsadida qayta tashkil etilgan. 1934 yilda SSSR XKS va VKP (b) MK ning buyrug‘i bilan tashkilot faoliyati tugatilgan.

Batafsil

SSSR MЕHNAT VA MUDOFAAA KЕNGASHINING O‘RTA OSIYODAGI VAKOLATLI BOSHQARMASI (Upol.STO SSSR v Sredney Azii)

Fond raqami: R-1 Saqlov birligi: 828 Davriy chegarasi: 1924 - 1926
Tashkilot tarixi:

1924 yil 25 noyabrda O‘rta Osiyo respublikalari va viloyatlarini xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan. Vakolatxona qoshida O‘rta Osiyo respublikalarining ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganish,  Kelishuv (arbitraj) komissiyasi, O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda suvdan foydalanish tartib qoidalari va qonunchiligini ishlab chiqish, Qishloq va ovullarni o‘rganish kabi komissiyalar faoliyat olib borgan. 1926 yilda tashkilot faoliyati tugatilib, uning vazifalari O‘rta Osiyo Iqtisodiy kengashiga o‘tkazilgan.

Batafsil

O‘RTA OSIYO RЕSPUBLIKALARI IQTISODIY KЕNGASHI (SЕS)

Fond raqami: R-2027 Saqlov birligi: 132 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

O‘rta Osiyo respublikalarining I iqtisodiy konferensiyasida (1923 yil 5 mart, 1923 yil 5 mart) Turkiston ASSR, BXSR va XXSR Xalq xo‘jaligini muvofiqlashtirish va nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan.

1924 yil 25 noyabrda milliy hududiy chegaralanish siyosati natijasida O‘rta Osiyo respublikalarining Iqtisodiy kengashi tugatildi va uning vazifalari SSSRning Mehnat va Mudofaaa Kengashining O‘rta Osiyodagi vakolatxonasiga topshirilgan.

Batafsil

XORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI IQTISODIY KЕNGASHI (XNSR EKOSO) Xiva sh.

Fond raqami: R-73 Saqlov birligi: 100 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi:

1921 yil iyunda tuzilgan, 1924 yil noyabrda tugatilgan.

Batafsil

XORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI SAVDO VA SANOAT NOZIRLIGINING BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASIDAGI VAKOLATXONASI Chorjo‘y sh.

Fond raqami: R-65 Saqlov birligi: 7 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

1922 yil iyulda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi bilan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi o‘rtasida iqtisodiy kelishuv tuzilgan (Fond: R-73, 1-ruyxat, 1-yig‘majild 13, 71-varaqlar). Kelishuvga ko‘ra, ikki tomon o‘rtasida erkin savdo munosabatlari o‘rnatilgan. Ikki respublikadan tranzit bilan chet davlatlarga olib o‘tiladigan tovarlar har qanday soliq va yig‘imlardan ozod qilingan. Tez orada Chorjo‘ydagi savdo agenti Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Savdo va Sanoat Nozirligi Vakolatxonasiga almashtirilgan. 1 sentyabrdan nozirlik idorasi 3 nafar xodim shtat birligida o‘zining Chorjo‘ydagi bo‘linmasini ochdi (Fond: R-75, 1-ro‘yxat, 1-yig‘majild, 40, 154-varaqlar). 1923 yil boshida Chorjo‘y bo‘linmasi Buxoro Xalq Sovet Respublikasidagi Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Savdo va Sanoat Nozirligi Vakolatxonasi deb qayta nomlangan. Iyul oyida  nozirlik bo‘linmasi tugatilgan bo‘lsa-da, Buxoro Xalq Sovet Respublikasidagi Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Savdo va Sanoat Nozirligi vakolatxonasi nomi saqlanib qolgan. 1923 yil 1 sentyabrdan Xorazm Iqtisodiy Kengashi huzuridagi savdo va sanoat bo‘limidan yangi vakil tayinlangan.

Batafsil

TURKISTON ASSR ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI JINOYAT QIDIRUV MARKAZIY BOSHQARMASI

Fond raqami: R-340 Saqlov birligi: 164 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Ichki ishlar xalq komissarligi huzuridagi jinoyat qidiruv Markaziy boshqarmasi 1920 yil Toshkentda tashkil etilib, tashkilot 1924 yil 25 noyabrda tugatilgan.

Batafsil

SOVЕT VA PARTIYA ISHI MARKAZIY MAKTABI HUZURIDAGI TURKISTON ASSR ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI KURSLARI

Fond raqami: R-353 Saqlov birligi: 23 Davriy chegarasi: 1919 - 1921
Tashkilot tarixi:

1919 yilda Toshkent shahrida Turkiston ASSR Ichki va tashqi ishlar xalq komissarligi huzurida militsiya nozirlarini kurslari faoliyat ko‘rsatgan. Kurslar to‘g‘risidagi Nizom 1918 yil 30 noyabrdagi Turkiston ASSR Ichki va tashqi ishlar Xalq Komissarligi Hay’ati yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va qabul qilingan.

1919 yil 18 martda kurslar ochilgan. 1920 yil 19 iyunda Turkiston ASSR Ichki ishlar xalq komissarligi kurslarini  sovet va partiya ishchilari o‘lka kurslari bilan birlashtirilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI JAZONI O‘TASH MUASSASALARI BOSHQARMASI

Fond raqami: R-1683 Saqlov birligi: 463 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi:

1922 yil 14 noyabrdagi Turkiston ASSR XKSning 220-sonli qarori bilan barcha jazoni o‘tash muassasalarini birlashtirish va ustidan nazoratni amalga oshirish uchun Turkiston ASSR Adliya xalq komissarligining ahloq tuzatish-mehnat bo‘limi Turkiston ASSR Ichki ishlar xalq komissarligi jazoni o‘tash muassasalari boshqarmasiga aylantirilgan. 1924 yil 22 noyabrda Turkiston ASSR Ichki ishlar xalq komissarligi jazoni o‘tash muassasalari boshqarmasi O‘rta Osiyodagi o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI MILITSIYA BOSH BOSHQARMASI

Fond raqami: R-339 Saqlov birligi: 965 Davriy chegarasi: 1919 - 1931
Tashkilot tarixi:

1917 yil 28 oktyabrdagi Rossiya Ichki ishlar xalq komissarligining “Ishchi militsiyasi to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, yangi turdagi militsiya tashkil etilgan. Unga ko‘ra, “barcha Ishchilar va askar deputatlari Kengashlariga inqilobiy intizomni yo‘lga qo‘yish va ushlab turish uchun “ishchi militsiyasi”ni ta’sis etish belgilangan.

Batafsil

TURKISTON ASSR NKVD KOMMUNAL XO‘JALIK BOSH BOSHQARMASI

Fond raqami: R-342 Saqlov birligi: 96 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR NKVD kommunal xo‘jalik Bosh Boshqarmasi 1922 yil 11-18 iyunda 1-Umumturkiston viloyat va uyezd-shahar kommunal boshqarmalari mudirlari, militsiya boshliqlari va shahar kommunal bo‘limlari mudirlari qurultoyida tashkil etilgan. 37 ta kommunal xo‘jalik Boshqarmasi tizim idoralari faoliyat ko‘rsatgan. Turkiston ASSR NKVD kommunal xo‘jalik Bosh Boshqarmasi 1924 yilda tugatilgan.

Batafsil