Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

O‘RTA OSIYO RЕSPUBLIKALARI IQTISODIY KЕNGASHI (SЕS)

Fond raqami:
R-2027
Saqlov birligi:
132
Davriy chegarasi:
1923 - 1924

Tashkilot tarixi

O‘rta Osiyo respublikalarining I iqtisodiy konferensiyasida (1923 yil 5 mart, 1923 yil 5 mart) Turkiston ASSR, BXSR va XXSR Xalq xo‘jaligini muvofiqlashtirish va nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan.

1924 yil 25 noyabrda milliy hududiy chegaralanish siyosati natijasida O‘rta Osiyo respublikalarining Iqtisodiy kengashi tugatildi va uning vazifalari SSSRning Mehnat va Mudofaaa Kengashining O‘rta Osiyodagi vakolatxonasiga topshirilgan.


Fond sharhi

SSSR MIQ, XKS, Mehnat va Mudofaaa kengashi va Moliya komissarligining qarorlari; O‘rta Osiyo iqtisodiy kengashining buyruqlar, majlis bayonnomalari.

XXSR MIQ va XKS dekretlari, XXSR Iqtisodiy kengashining majlis bayonnomalari, Xorazmdagi paxta kooperatsiyalari tarixiga oid ma’ruzalar. Rus-Xorazm davlatlarining paxta sherikchiligi bo‘yicha ma’ruzalari.

Aksionerlik jamiyatlari, kooperativ sherikchilik, ittifoqchilik, trestlar, banklar, savdo va sanoat tashkilotlari, vakolatxonalarning ustavlari, ish rejalari, hisobotlari, sharh va ma’ruzalari. O‘rta Osiyo Xalq xo‘jaligi bo‘yicha konyuktur sharhlari. 

O‘rta Osiyo I iqtisodiy konferensiyasi ishtirokchilarining tezis ma’ruzalari; tashqi savdo masalasida O‘rta Osiyo respublikalarini birlashtirish, Xorazm va Buxorodagi turkmanlarga yer berish haqidagi iqtisodiy rejalar, O‘rta Osiyo hududida qirg‘iz va qozoq millati yashaydigan hududlarda olib borilgan iqtisodiy tadbirlar.  

O‘rta Osiyo iqtisodiy kengashi bo‘limlarining suv, sanoat transport, kredit-moliya, qishloq xo‘jaligi, paxta masalalari bo‘yicha hisobotlari.

O‘rta Osiyo uchun yagona xomashyo bazasini tashkil  etish, Nijegorodsk yarmarkasida qatnashish, O‘rta Osiyoni yoqilg‘i bilan ta’minlash, sanoat tovarlarini olib kelish, Buxoro va Xorazmda Zarafshon daryosining suv taqsimoti. Turkiston ASSR Yer ishlari va Moliya komissarlari bilan yerdan foydalanish, pul munosabatlari va O‘rta Osiyoni moliyalashtirish haqidagi yozishmalar.