1921 yil iyunda tuzilgan, 1924 yil noyabrda tugatilgan.
XXR MIQ, Xalq Nozirlari Soveti, EKOSO va XXSR Davlat reja qo‘mitasi yig‘ilishlari, O‘rta Osiyo II Iqtisodiy konferensiyasi yig‘ilishlari, Buxoro va Xorazm vakillarining iqtisodiy majlislari bayonnomalari.
XXSR Xalq xo‘jaligi rejalari (1923); Qishloq xo‘jaligi banki, Tijorat banki, “Turkipak” hissadorlik jamiyati, Rossiya-Xorazm davlat paxta hissadorlik shirkati ustavlari, yillik hisobotlari va boshqaruv kengashi yig‘ilishlari bayonnomalari.
Xorazm ko‘rgazma qo‘mitasining ishi, paxta tozalash zavodlarining ahvoli to‘g‘risidagi, XXSRning SSSRdagi va Turkiston ASSRdagi bosh konsulliklari faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzalar, ma’lumotlar va yozishmalar.