Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Fan

ТУРКИСТОН АССР МАОРИФ ХАЛҚ КОМИССАРЛИГИ

Fond raqami: P-34 Saqlov birligi: 3355 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi:

Туркистон ўлкаси Халқ Комиссарлари Советининг 1917 йил 23 ноябрдаги буйруғи асосида тузилган.Ўрта Осиёдаги миллий-ҳудудий чегараланиш сиёати натижасида 1924 йил ноябрда комиссарлик фаолияти тугатилган.

Batafsil

TURKISTON ASSR MILLIY ISHLAR BO‘YICHA XALQ KOMISSARLIGI (NARKOMNATS TURKASSR, TURKOMNATS)

Fond raqami: P-36 Saqlov birligi: 208 Davriy chegarasi: 1918 - 1922
Tashkilot tarixi:

Turkiston Sovetlarining 1918 yil 30 apreldagi V qurultoyi qarori bilan Turkiston millatlar ishlari bo‘yicha xalq komissarligi tashkil etilgan. Uning vazifalari quyidagilardan iborat edi: Sovet hokimiyati g‘oyalarini tegishli millatlar o‘rtasida o‘z ona tilida amalga oshirish; respublika hududida istiqomat qiluvchi millatlar orasida madaniy va sinfiy ongni yuksaltirish uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rish; barcha milliy ko‘rinishlardagi aksilinqilobga qarshi kurash; milliy-burjua hukumatlariga qarshi kurash; millatlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plash.


Turkiston millatlar ishlari bo‘yicha xalq komissarligi 1919 yil 10 dekabrda o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatib, Turkiston ASSR MIQning 1921 yil 21 sentyabrdagi qarori bilan yana tiklandi. Turkiston millatlar ishlari bo‘yicha xalq komissarligi Turkiston ASSR MIQning 1922 yil 14 iyuldagi buyrug‘i bilan tugatilgan.

Batafsil

POLTORATSKIY NOMIDAGI TURKISTON PЕDAGOGIKA BILIM YURTI

Fond raqami: P-366 Saqlov birligi: 62 Davriy chegarasi: 1915 - 1918
Tashkilot tarixi:

Toshkent O‘qituvchilar bilim yurti 1915 yil 1 iyulda tashkil etilgan bo‘lib, 1918 yil oxirida Poltoratskiy nomidagi Turkiston pedagogika bilim yurti sifatida qayta nomlangan.

Batafsil

TOSHKЕNT O‘RTA OSIYO TЕMIR YO‘LLARI QURILISH TЕXNIKUMI

Fond raqami: P-362 Saqlov birligi: 66 Davriy chegarasi: 1919 - 1922
Tashkilot tarixi:

1917 yil oktyabrda Toshkent temir yo‘llari kasb-hunar bilim yurtidan Toshkent o‘rta-qurilish texnik kasb-hunar bilim yurti qayta tashkil etilgan. Texnik temir yo‘l kasb-hunar bilim yurtlarini o‘rta sifatida qaty tash kil etish 1917 yil iyuldagi Moskvada o‘tkazilgan Butunrossiya texnik, temir yo‘l kasb-hunar bilim yurtlari o‘qituvchilarining qurultoyi qarori bilan amalga oshirilgan.

1917 yil sentyabrda Rossiya Respublikasi Moskva Aloqa Yo‘llari ilmiy bo‘limi tomonidan Toshkent temir yo‘l kasb-hunar bilim yurtiga nizom loyihasi, o‘quv rejalari va o‘rta-qurilish texnik kasb-hunar bilim yurtini ochish bo‘yicha takliflarni yuborgan va bu 1917 yil oktyabrda ijrosi ta’minlangan, ko‘p o‘tmay texnik kasb-hunar bilim yurtlari to‘g‘risida nizom tasdiqlangan.

1918 yilda Toshkentda Turkiston ASSR aloqa yo‘llari Boshqarmasining temir yo‘llari madaniyat-ma’rifat bo‘limi tashkil etilgan, kasb-hunar bilim yurti uning tasarrufiga o‘tkazildi. 1919 yil 25 oktyabrdagi Turkiston temir yo‘llari 3-navbatdagi temir yo‘l qurultoyi bayonnoma qarori ko‘ra Turkiston Assr aloqa yo‘llari Boshqarmasining temir yo‘llari madaniyat-ma’rifat bo‘limini Turkiston ASSR ma’rifat Xalq Komissarlari Kengashi tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Turkiston ASSR ma’rifat Xalq Komissarlari Kengashining 1920 yil 11 oktyabrdagi Hay’ati qarori  va Turkiston aloqa yo‘llari okrugining 1920 yil 29 noyabrdagi  buyrug‘i bo‘yicha kasb-hunar bilim yurti Turkiston aloqa yo‘llari okrugi temir yo‘llari agentlarini tayyorlash bo‘limi tasarrufiga o‘tkazilgan.

1922 yil 12 oktyabrdagi Turkiston aloqa yo‘llari okrugi ma’rifat Kengashi tomonidan tasdiqlanganTurkiston transport kasb-hunar ta’limi huzuridagi majlis bayonnomasiga ko‘ra, 1924 yil 14 oktyabrdan Toshkent qurilish texnikumi O‘rta Osiyo temir yo‘llari tasarrufidagi o‘tkazilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR MAORIF XALQ KOMISSARLARI KЕNGASHI HUZURIDAGI K.K.TIMIRYAZOV NOMIDAGI XALQ MAORIFI INSTITUTI

Fond raqami: P-365 Saqlov birligi: 44 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR maorif Xalq Komissarlari Kengashining 1920 yil 24 sentyabrdagi buyrug‘i bilan Toshkentda 1920 yil 1 oktyabrdan K.K.Timiryazov nomidagi Xalq maorifi instituti tashkil etilgan.

Turkiston ASSR maorif Xalq Komissarlari Kengashi Hay’atining 1921 yil 24 maydagi qaroriga asosan K.K.Timiryazov nomidagi Xalq Maorifi instituti 1921 yil 1 iyundan yopilgan va to‘liq shaxsiy tarkibi, mulklari, o‘quv-yordamchi muassasalari Turkiston Davlat universiteti tasarrufiga o‘tkazilgan.

Batafsil

TURKISTON MЕTЕRЕOLOGIYA INSTITUTI

Fond raqami: P-384 Saqlov birligi: 44 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi:

1921 yil 7 maydagi Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Kengashi qarori bilan tashkil etilgan; 1923 yil mart oyigacha TurkASSR Xalq ma’rifat komissarligi tizimida bo‘lgan, undan so‘ng esa Turkiston ASSR Yer ishlari Xalq Komissarligi tizimiga o‘tgan. 1924 yilda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR MAORIF XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI TURKISTON PЕDAGOGIKA LABORATORIYASI

Fond raqami: P-1866 Saqlov birligi: 15 Davriy chegarasi: 1917 - 1920
Tashkilot tarixi:

Turkiston pedagogik laboratoriyasi 1918 yil 1 sentyabrda Toshkent shahridagi Turkiston ASSR maorif Xalq Komissarligi huzuridagi Turkiston pedagogik muzey bazasida tashkil etilgan. Muzeyning o‘zi esa 1917 yil 23 noyabrdan 1918 yil 1 sentyabriga qadar faoliyat ko‘rsatgan.

Batafsil

TURKISTON ASSRNING №217 QURILISH ISHLARINI TARG‘IB QILISH BOSHQARMASI (Turkkraykultstroy)

Fond raqami: P-785 Saqlov birligi: 14 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi:

Xalq ta’limi mahalliy bo‘limlari tomonidan xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda qurilish ishlab chiqarishidagi ishchilar o‘rtasida barcha ma’rifiy ishlarni umumiy rahbarligi, moliyalashtirilishi va ma’muriy boshqaruvini umumlashtirish uchun Turkiston ma’rifat Xalq Komissarligi tomonidan nizomga ko‘ra Turkiston respublikasi quruvchi proletariatining ma’rifat bo‘yicha O‘lka boshqarmasi ta’sis etiladi. U tashkilot Turkiston ma’rifat Xalq Komissarligi tizimidagi, unga bo‘ysunivchi xalq ta’limi viloyat bo‘limi huquqi asosidagi tashkilot hisoblanadi. Turkiston ASSR quruvchi proletariatining maorif bo‘yicha O‘lka boshqarmasi tezkor proletariat bilan aloqalari O‘lka Boshqarmasi Hay’ati tarkibiga quruvchi ishchilar ittifoqi O‘lka Qo‘mitasi vakillari kirishi orqali ta’minlangan. Faoliyati bo‘lyi O‘lka Boshqarmasi Turkiston Maorif Xalq Komissarligi, RSFSR Kultstroy Markaziy Qo‘mitasi va tarkibiga quruvchi ishchilar ittifoqi O‘lka Qo‘mitasiga bo‘ysungan.

RSFSR Madaniyat ishlari Markaziy Qo‘mitasining 1920 yil 5 oktyabrdagi 152/3465-son ko‘rsatmasiga asosan 1920 yil 21 dekabrda Turkiston ma’rifat Xalq Komissarligi tomonidan Turkiston respublikasi quruvchi proletariatining maorif bo‘yicha 217-son O‘lka boshqarmasi “Turkkraykultstroy” tashkil etilgan va u faoliyatini 1921 yil 1 yanvardan boshlagan. Mazkur tashkilotning tugatilish sanasi ma’lum emas.

Batafsil

TURKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ TA’LIMI KOMISSARLIGI HUZURIDAGI TURKISTON XALQ UNIVЕRSITЕTI

Fond raqami: P-1630 Saqlov birligi: 31 Davriy chegarasi: 1917 - 1920
Tashkilot tarixi:

1917 yil 17 oktyabrda Toshkent shahrida universitet ochilishi bo‘yicha Qo‘mita tuzilgan. Xalq Komissarlari Kengashining 1918 yil 16 martdagi №48-son Buyrug‘iga ko‘ra Xalq Universiteti tashkil etilgan bo‘lib, unda beshta tarix-filologiya, ijtimoiy-iqtisodiys, tabiiy-matematika, qishloq-xo‘jaligi, texnik fakultet bo‘lgan. Turkiston Xalq Universiteti 1920 yil 11 sentyabrdagi Markaziy hukumatning Toshkent shahrida Turkiston universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi Dekretiga muvofiq Turkiston Universiteti sifatida qayta tashkil etilgan.

Batafsil

TURKISTON XALQ UNIVЕRSITЕTI TЕXNIKA FAKULTЕTI HUZURIDAGI YERO‘LCHASH KURSLARI

Fond raqami: P-355 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1918 - 1919
Tashkilot tarixi:

Turkiston Xalq Universiteti Texnika fakulteti huzuridagi yero‘lchash kurslari 1918 yil 1 dekabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Tugatilish sanasi ma’lum emas. 1918 yildan 1919 yilgacha bo‘lgan davr uchun hujjatlar mavjud.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ MAORIFI KOMISSARLIGI MUSIQA BO‘LIMI

Fond raqami: P-415 Saqlov birligi: 3 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi:

R-415-fond R-34-fond bilan birlashtirib yuborilgan.

Batafsil

O‘RTA OSIYO PAXTA QOG‘OZ SANOATI ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI O‘LKA KO‘MITASI HUZURIDAGI O‘RTA OSIYO ILMIY MUHANDIS-TЕXNIK JAMIYATI.

Fond raqami: P-768 Saqlov birligi: 8 Davriy chegarasi: 1931 - 1934
Tashkilot tarixi:

O‘rta Osiyo paxta qog‘oz sanoati ishchilari kasaba uyushmasi o‘lka ko‘mitasi huzuridagi O‘rta Osiyo ilmiy muhandis-texnik jamiyati 1931 yildan 1934 yilgacha Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ KOMISSARLARI KЕNGASHI HUZURIDAGI OLIMLAR TURMUSH TARZINI YAXSHILASH BO‘YICHA KOMISSIYA

Fond raqami: P-1896 Saqlov birligi: 16 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Kengashi huzuridagi olimlar turmush tarzini yaxshilash bo‘yicha Komissiya 1922 yil 13 noyabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1924 yil 2 iyulda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI DAVLAT APPARATINI MAHALLIY SHAROITLARGA MOSLASHTIRISH VA ISH YURITIRSHNI MAHALLIY AHOLI TILLARIGA O‘GIRISH BO‘YICHA KOMISSIYASI

Fond raqami: P-26 Saqlov birligi: 65 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

1923 yil 15 avgustda Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Kengashi Davlat Apparatini Mahalliy sharoitlarga moslashtirish va Ish yuritishni mahalliy aholi tillariga o‘girish bo‘yicha Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Kengashi Komissiyasini tuzish bo‘yicha 124-sonli qarori qabul qilingan. 1924 yil 25 yanvarda Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Katta Prezidiumi majlisida Davlat Apparatini Mahalliy sharoitlarga moslashtirish va Ish yuritishni mahalliy aholi tillariga o‘girish bo‘yicha Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Kengashi Komissiyasini tugatish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Uning vazifalari Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tashkiliy bo‘limiga o‘tkazilgan.

Batafsil

TURKISTON ISHCHI VA DЕHQON DЕPUTATLAR KЕNGASHI MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI XUZURIDAGI ARXIV ISHI MARKAZIY BOSHQARMASI

Fond raqami: P-399 Saqlov birligi: 366 Davriy chegarasi: 1919 - 1922
Tashkilot tarixi:

1919 yil 30 oktyabrdagi Turkiston respublikasi Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi qaroriga asosan Turkiston respublikasi butun hududida arxiv ishi boshqarish va Davlat arxiv fondini yuritish maqsadida Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi ta’sis etilgan.

Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi Turkiston Respublikasi ma’rifat Xalq Komissarligi huzurida alohida boshqaruv organi huquqida bo‘lib, o‘zining mustaqil smetasiga ega bo‘lgan. Turkiston Respublikasi Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi rahbarligida respublika Xalq Komissarlari Kengashi tomonidan tayinlanadigan RSFSR Bosh arxiv ishi Boshqarmasi vakolatlisi, Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi bosh boshqaruvchisi turgan.

Turkiston respublikasi hududida bo‘lgan barcha arxiv va ish yurituv hujjatlari viloyat arxiv fondlari boshqarmasi boshqaruvida bo‘lib, Yagona Davlat Arxiv Fondining qismi hisoblangan har bir viloyat uchun alohida viloyat arxiv fondini tashkil etgan. Viloyat arxiv fondi rahbarligida viloyat vakolatlisi turgan.

1922 yil 16 mayda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi qaroriga muvofiq Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi Turkiston Respublikasi ma’rifat Xalq Komissarligi huzuridan chiqarilib, Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tizimiga alohida boshqarma huquqiy asosida, mustaqil smetasi bilan o‘tkazilgan

Batafsil

TURKISTON SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI

Fond raqami: P-374 Saqlov birligi: 55 Davriy chegarasi: 1918 - 1925
Tashkilot tarixi:

1918 yil noyabrda tashkil etilgan, 1925 yilda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR MAORIF XALQ KOMISSARLIGI MA’RUZACHILAR KURSI

Fond raqami: P-352 Saqlov birligi: 8 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi:

1952 yil 17 mayda R-352-fondi R-34-son fond bilan birlashtirib yuborilgan. Turkiston ASSR maorif Xalq Komissarligi Ma’ruzachilar kursi 1920 yilda tashkil etilgan. 1921 yilda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON MUSIQA TЕXNIKUMI (Turkiston xalq konservatoriyasi)

Fond raqami: P-414 Saqlov birligi: 129 Davriy chegarasi: 1918 - 1922
Tashkilot tarixi:

1918 yil 14 may kuni Turkiston xalq universiteti xodimlarining birinchi umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi, unda Xalq Konservatoriyasini yaratish maqsadida 5 kishi (Karelin, Kox, Mironov, Cheriyavskiy va Savokich)dan iborat komissiya saylangan.

1918 yil 2 iyul kuni xalq konservatoriyasini tashkil etish bo‘yicha Komissiya yig‘ilishida Turkiston xalq universiteti Boshqaruvi Tashkiliy komissiya a’zolarini Xalq Konservatoriyasi Boshqaruvi a’zolari bo‘lib hisoblanishni taklif etdi. Bu organ bir muncha keng huquq va vakolatlarga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

1918 yil 22 noyabrdagi Turknarkompros Hay’ati Qarori bilan konservatoriya Boshqaruvi tarqatib yuborilgan va barcha konservatoriyalarni yuritish uchun Xay’at tashkil etilgan. Turkiston xalq konservatoriyasi Hay’atiga Xalq konservatoriyasi nizomi musiqa maktabi sifatida loyihasini ishlab chiqish va taqdim etish yuklatilgan.

Mazkur Nizom 1919 yil 16 avgustda Turkiston Respublikasi xalq ta’limi Komissarligi tomonidan maqsadga muvofiq emasligi ko‘rsatilib bekor qilingan.1920 yil 10 avgustda Turkiston Respublikasi Kakomprom Hay’ati tomonidan tasdiqlangan Turkiston davlat konservatoriyasi to‘g‘risida vaqtinchalik nizom ishlab chiqilgan.

Turkiston davlat konservatoriyasi Turkiston musiqa texnikumi deb qayta nomlangan va professional musiqa maktabi maqomini olgan.

Batafsil

BUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY QO‘MITASI TURKISTON BYUROSI HUZURIDAGI BUTUNITTIFOQ MAORIF KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY QO‘MITASI VAKOLATXONASI

Fond raqami: P-787 Saqlov birligi: 11 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi:

Hujjatlardan ko‘rinadiki, 1921 yil avgust oyida tugatilgan Turkiston Respublikasi Maorif va Ijtimoiy madaniyat Ittifoqi O‘lka qo‘mitasi o‘rniga dekabr oyi oxirida Turkiston byurosi huzuridagi Butunittifoq maorif kasaba uyushmalari Markaziy qo‘mitasi Vakolatlisi tashkil etilgan. Mazkur Milliy bo‘linish va 1925 yil 7 yanvarda O‘zbekiston SSR Ittifoq Markaziy Boshqaruvi Tashkiliy byurosi tashkil etilgunga qadar faoliyat ko‘rsatgan.

Batafsil

O‘RTA OSIYO DAVLAT UNIVЕRSITЕTI HUZURIDAGI MAORIF XODIMLARI KASABA UYUSHMASI MЕLIORATIV FAKULTЕTI KASABA SEKSIYASI BYUROSI

Fond raqami: P-486 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

O‘rta Osiyo davlat universiteti huzuridagi maorif xodimlari kasaba uyushmasi Meliorativ fakulteti kasaba seksiyasi byurosi 1923 yil 9 iyulda tashkil etilgan. Tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan.

Batafsil

7,12,26-SON MAKTABLARI, 5-SON QIRG‘IZ BOLALAR UYI,12-SON BOLALAR ITTIFOQI, 13-SON O‘SMIRLAR UYI, ARXIV ISHI BOSHQARMASI, TURKISTON DAVLAT KUTUBXONASI, TURKISTON QADIMGI ASHYOLAR VA SAN’AT QO‘MITASI JAMOALARINI BIRLASHTIRUVCHI MAORIF XODIMLARI 6-SON KASABA UYUSHMASI BOSHLANG‘ICH QO‘MITASI HUZURIDAGI MЕHNAT ILMIY KЕNGASHI VAQT LIGASI BO‘LINMASI

Fond raqami: P-495 Saqlov birligi: 4 Davriy chegarasi: 1924 - 1924
Tashkilot tarixi:

7,12,26-son maktablari, 5-son Qirg‘iz bolalar uyi,12-son bolalar ittifoqi, 13-son o‘smirlar uyi, Arxiv ishi Boshqarmasi, Turkiston davlat kutubxonasi, Turkiston qadimgi ashyolar va san’at qo‘mitasi jamoalarini birlashtiruvchi maorif xodimlari 6-son kasaba uyushmasi boshlang‘ich qo‘mitasi huzuridagi Mehnat Ilmiy kengashi bo‘linmalar birlashmasi 1924 yilda tashkil etilgan. Tugatilish sanasi ma’lum emas.

Batafsil

MAORIF XODIMLARI KASABA UYUSHMASI 6-RAYON MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-592 Saqlov birligi: 2 Davriy chegarasi: 1918 - 1928
Tashkilot tarixi:

Maorif xodimlari kasaba uyushmasi 6-rayon mahalliy qo‘mitasi 1918 yildan 1928 yilgacha faoliyat yuritgan.
Mazkur fondga quyidagi jamoalar kiritilgan: a) Turkiston davlat kutubxonasi b) Turkiston qadimiy ashyolar qo‘mitasi; v) Markaziy arxiv ishi boshqarmasi; g) 7, 26, 12-son maktablar; d) 5 va 6-bolalar uylari; ye) 12-son bolalar bog‘chasi; j) 13-son o‘smirlar uyi.

Batafsil

V.I. LЕNIN NOMIDAGI O‘RTA OSIYO DAVLAT UNIVЕRSITЕTI (SAGU)

Fond raqami: R-368 Saqlov birligi: 1558 Davriy chegarasi: 1918 - 1934
Tashkilot tarixi:

1918 йил 21 апрель куни Туркистон ўлкаси ХКС буйруғи асосида Тошкентда Туркистон Халқ университети очилиб, 1920 йил 7 сентябрда ХКС қарори билан Туркистон давлат университети этиб ташкил этилган. 1924 йил 16 февралда Маориф халқ комиссарлиги қарори билан Ўрта Осиё Давлат университети деб ўзгартирилган (САГУ).

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI MAORIF XALQ KOMISSARLIGI

Fond raqami: R-94 Saqlov birligi: 982 Davriy chegarasi: 1925 - 1929
Tashkilot tarixi:

O‘zbekiston SSR  Inqilobiy qo‘mitasining 1924 yil 25 noyabrdagi qarori bilan tashkil etilgan.

Batafsil