1917 yil oktyabrda Toshkent temir yo‘llari kasb-hunar bilim yurtidan Toshkent o‘rta-qurilish texnik kasb-hunar bilim yurti qayta tashkil etilgan. Texnik temir yo‘l kasb-hunar bilim yurtlarini o‘rta sifatida qaty tash kil etish 1917 yil iyuldagi Moskvada o‘tkazilgan Butunrossiya texnik, temir yo‘l kasb-hunar bilim yurtlari o‘qituvchilarining qurultoyi qarori bilan amalga oshirilgan.
1917 yil sentyabrda Rossiya Respublikasi Moskva Aloqa Yo‘llari ilmiy bo‘limi tomonidan Toshkent temir yo‘l kasb-hunar bilim yurtiga nizom loyihasi, o‘quv rejalari va o‘rta-qurilish texnik kasb-hunar bilim yurtini ochish bo‘yicha takliflarni yuborgan va bu 1917 yil oktyabrda ijrosi ta’minlangan, ko‘p o‘tmay texnik kasb-hunar bilim yurtlari to‘g‘risida nizom tasdiqlangan.
1918 yilda Toshkentda Turkiston ASSR aloqa yo‘llari Boshqarmasining temir yo‘llari madaniyat-ma’rifat bo‘limi tashkil etilgan, kasb-hunar bilim yurti uning tasarrufiga o‘tkazildi. 1919 yil 25 oktyabrdagi Turkiston temir yo‘llari 3-navbatdagi temir yo‘l qurultoyi bayonnoma qarori ko‘ra Turkiston Assr aloqa yo‘llari Boshqarmasining temir yo‘llari madaniyat-ma’rifat bo‘limini Turkiston ASSR ma’rifat Xalq Komissarlari Kengashi tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Turkiston ASSR ma’rifat Xalq Komissarlari Kengashining 1920 yil 11 oktyabrdagi Hay’ati qarori va Turkiston aloqa yo‘llari okrugining 1920 yil 29 noyabrdagi buyrug‘i bo‘yicha kasb-hunar bilim yurti Turkiston aloqa yo‘llari okrugi temir yo‘llari agentlarini tayyorlash bo‘limi tasarrufiga o‘tkazilgan.
1922 yil 12 oktyabrdagi Turkiston aloqa yo‘llari okrugi ma’rifat Kengashi tomonidan tasdiqlanganTurkiston transport kasb-hunar ta’limi huzuridagi majlis bayonnomasiga ko‘ra, 1924 yil 14 oktyabrdan Toshkent qurilish texnikumi O‘rta Osiyo temir yo‘llari tasarrufidagi o‘tkazilgan.
Turkiston aloqa yo‘llari qurilish texnikumi bayonnomalari, Turkiston Respublikasi aloqa yo‘llari qurilish texnikumi boshqaruv materiali, qurilish texnikumi ish yurituvchi, turli muassasalar bilan yozishmalar va boshqalar.