Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

TURKISTON ISHCHI VA DЕHQON DЕPUTATLAR KЕNGASHI MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI XUZURIDAGI ARXIV ISHI MARKAZIY BOSHQARMASI

Fond raqami:
P-399
Saqlov birligi:
366
Davriy chegarasi:
1919 - 1922

Tashkilot tarixi

1919 yil 30 oktyabrdagi Turkiston respublikasi Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi qaroriga asosan Turkiston respublikasi butun hududida arxiv ishi boshqarish va Davlat arxiv fondini yuritish maqsadida Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi ta’sis etilgan.

Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi Turkiston Respublikasi ma’rifat Xalq Komissarligi huzurida alohida boshqaruv organi huquqida bo‘lib, o‘zining mustaqil smetasiga ega bo‘lgan. Turkiston Respublikasi Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi rahbarligida respublika Xalq Komissarlari Kengashi tomonidan tayinlanadigan RSFSR Bosh arxiv ishi Boshqarmasi vakolatlisi, Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi bosh boshqaruvchisi turgan.

Turkiston respublikasi hududida bo‘lgan barcha arxiv va ish yurituv hujjatlari viloyat arxiv fondlari boshqarmasi boshqaruvida bo‘lib, Yagona Davlat Arxiv Fondining qismi hisoblangan har bir viloyat uchun alohida viloyat arxiv fondini tashkil etgan. Viloyat arxiv fondi rahbarligida viloyat vakolatlisi turgan.

1922 yil 16 mayda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi qaroriga muvofiq Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi Turkiston Respublikasi ma’rifat Xalq Komissarligi huzuridan chiqarilib, Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tizimiga alohida boshqarma huquqiy asosida, mustaqil smetasi bilan o‘tkazilgan


Fond sharhi

Qarorlar, farmoyishlar, bayonnomalar, yozishmalar va boshqalar.