TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI DAVLAT PLAN KOMISSIYASI (TURKGOSPLAN)
1921 yil 23 noyabrda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Iqtisodiy Kengashi qoshida tuzilgan, 1925 yil 11 mayda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.
BatafsilTURKISTON ASSR MЕHNAT XALQ KOMISSARLIGI
Туркистон ўлкаси Халқ Комиссарлари Советининг 1917 йил 23 ноябрдаги буйруғи билан ташкил топган. 1919 йил ноябрда Меҳнат ва ижтимоий таъминот халқ комиссарлигига айлантирилиб, 1920 йил 6 августда алоҳида Меҳнат Халқ комисасарлиги сифатида яна ажралиб чиқди. Ўрта Осиёнинг миллий-ҳудудий чегараланиш сиёсати натижасида 1924йил 24 декабрда комиссарлик фаолияти тугатилган.
TURKISTON ASSR ISHCHI-DЕHQON INSPЕKSIYASI XALQ KOMISSARLIGI (TURKISTON ASSR NK RKI)
1918 yil 15 mayda Turkiston ASSR Markaziy Davlat nazorati tuzilib, u 1920 yil iyun oyida Turkiston ASSR Ishchi-dehqon inspeksiyasi xalq komissarligi sifatida qayta tashkil etilgan. 1924 yil noyabrda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.
TURKISTON MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI ISH SHTATLARINI QAYTA KO‘RIB CHIQISH KOMISSIYASI
1921 yil 15 noyabrda Turkmaniston Respublikasi Sovetlar Markaziy Qo‘mitasi Prezidiumi qarori bilan Turkmaniston Respublikasi Sovetlar Markaziy Qo‘mitasi Prezidiumi qoshida Turkiston SSR muassasalarini qayta ko‘rib chiqish komissiyasi tashkil etilgan. O‘sha paytda uning qoshida muassaalarni tadqiq etish materiallari va shtatlarni qisqartirish loyihalariga dastlabki qayta ishlov berish uchun Texnik kichik komissiya tashkil etilgan. Turkiston respublikasi Xalq Komissarlari Kengashining 1923 yil 18 sentyabrdagi qarori bilan (30-son jurnal) sovet apparatini qisqartirish bo‘yicha Komissiya qisqartirilgan.
TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI IJTIMOIY TA’MINOT XALQ KOMISSARLIGI (TURKISTON ASSR NARKOMSOBЕS)
1918 yildan Turkiston ASSR Xalq mehnat komissarligi huzurida ijtimoiy ta’minot bo‘limi mavjud bo‘lgan. 1919 yil noyabrda Xalq mehnat komissarligi Xalq mehnat va ijtimoiy ta’minot komissarligi deb qayta nomlangan, 1920 yil 6 avgustda esa Ijtimoiy ta’minot Xalq Komissarligi tashkid etilgan. 1924 yil O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi islohati natijasida uning faoliyati tugatilgan.
TURKISTON O‘LKASI TOG‘-KON SANOATI KORXONALARI ISHCHI VA USTALARI, XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI BOSHQARMASI
1917 yil 1 sentyabrda Skobelevda Turkiston o‘lkasi tog‘-kon korxonalari xodimlar, ishchilar va hunarmandlar kasaba uyushmasi Kengashi tuzildi. Keyinchalik kengash Toshkentga ko‘chirildi va 1919 yil 26 aprel kuni TurkASSR konchilar Ittifoqi Markaziy Kengashiga aylantirildi. 1919 yil 16 iyul kuni Markaziy qo‘mitasiga nomi o‘zgartirildi va 1919 yil 1 dekabr kuni yuqorida aytilgan kasaba uyushmasi viloyat qo‘mitasiga aylantirildi.
1920 yil 1 avgust kuni TurkASSR konchilar kasaba uyushmasi viloyat qo‘mitasi Butunrossiya konchilar kasaba uyushmasi Turkiston tuman byurosiga aylantirildi, 1922 yil Butunittifoq konchilar kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi Turkiston byurosi aylantirildi. 1924 yilda tugatilgan.
BUTUNROSSIYA QURILISH ISHCHILARI UYUSHMASI TURKISTON O‘LKASIDAGI QO‘MITASI (TOSHKЕNT SHAHAR KRAYKOMGOR)
Boshqarma 1920 yil may oyida Toshkent shahrida tashkil etilgan. 19121 yil tugatilgan.
BUTUNROSSIYA KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY KЕNGASHINING TURKISTON BYUROSI
Turkiston kasaba uyushmalarining 1-qurultoyida 1918 yil 22 iyun - 2 iyul Turkiston kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi saylandi; 1921 yil 5 maydagi Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi Plenumining qarori bilan Butunrossiya kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining Turkiston byurosiga (Turkbyuro kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi) aylantirildi.
Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi Rayosatining 1924 yil 14 oktyabrdagi qarori bilan tugatilib, uning vazifalari Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining yangi tashkil etilgan O‘rta Osiyo byurosiga topshirildi.
BUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY KЕNGASHINING TURKISTON BYUROSIDAGI MINTAQAVIY HARBIY OZIQ-OVQAT BYUROSI (TURKVOYENPRODBYURO)
1920 yil 2 fevralda Turkiston kasaba uyushmalari Markaziy Kengashida, 1921 yil 5 maydan - Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining Turkbyuroda tashkil etildi. 1922 yilda tugatilgan.
TURKISTON TЕXNIKLAR, CHIZMACHILAR VA YER O‘LCHOVCHILAR KASABA UYUSHMASI
Turkiston texniklar, chizmachilar va yer o‘lchovchilar kasaba uyushmasi 1917 yil 25 yanvarda tashkil etilgan. Uyushma barcha texniklar, chizmachilar va yer o‘lchovchilarni birlashtirish, a’zolarini iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish, mehnat va unga to‘lanadagina haq sharoitlarini me’yorlashtirish, ishsizlik, kasallik paytida imtiyozli to‘lovlar berish, kutubxona-o‘quvlar, ommaviy ma’ruzalar, klub ochilishini tashkil etish, kechalar, konsertlar tashkil etishni maqsad qilgan. Uyushma umumiy yig‘ilishining 1919 yil 20 iyuldagi qarori bilan Turkiston texniklar, chizmachilar va yer o‘lchovchilar kasaba uyushmasi tarqatib yuborilgan.
TURKISTON RЕSPUBLIKASI TABIBLAR YORDAMCHILARI VA FЕLDSHЕRLAR KASABA UYUSHMASI MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI
Turkiston Respublikasi tabiblar yordamchilari va feldsherlar kasaba uyushmasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi 1918 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Tugatilish sanasi ma’lum emas.
BUTUNITTIFOQ TO‘QIMACHILAR KASABA UYUSHMASI MARKAZIY KOMITЕTINING TURKISTON BYUROSI
1917 yil 5 avgustda O‘rta Osiyo paxta, yog‘, sovun va paxta korxonalari ishchilari, hunarmandlari va xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Komiteti o‘z faoliyatini boshladi.
1920 yil 18 iyun kuni to‘qimachilik ishchilar uyushmasi bilan Khlolmasmyl birlashishi munosabati bilan, Butunrossiya to‘qimachilik ishchilar uyushmasi Turkiston viloyat filiali Birlashgan kasaba uyushmalari Markaziy qo‘mitalari asosida tashkil etilgan, 1922 yil 11 avgust kuni Butunrossiya (1922 yil dekabrdan boshlab Butunittifoq) Markaziy qo‘mitasi to‘qimachilik ishchilari kasaba uyushmasi Turkiston byurosiga aylantirildi. 1925 yil yanvar oyida tugatilgan.
TURKISTONDA DAVLAT TO‘QIMACHILIK FABRIKALALARI QURILISH BO‘YICHA QO‘MITA HUZURIDAGI QURUVCHI ISHCHILAR KASABA UYUSHMASI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI
R-441-son fond R-130 son fond bilan birlashtirib yuborilgan.
TURKISTON O‘LKASI TIKUVCHILIK SANOATI KASABA UYUSHMASI QO‘MITASI
“Ignalar” va “To‘qimachilar”ishlab chiqarish ittifoqlari umumlashgan qurultoyi natijasida va 1920 yil 20 yanvardagi mazkur qurultoyda qabul qilingan qarori natijsida Tikuvchilik sanoati kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi. Toshkent sh. Faoliyat ko‘rsata boshladi.
TURKISTON ASSR QISHLOQ XO‘JALIGI SANOATI KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASI
O‘rmon ishi bo‘yicha ishchilar Ittifoqi Turkiston Qo‘mitasi 1917 yil 17 aprelda tashkil topgan. 1920 yil 13 sanada (oyi ma’lum emas) 2-Ishchilar qurutloyidan keyin o‘rmon ishi bo‘yicha arboblar majlisida dastlab Turkiston ASSR qishloq xo‘jaligi sanoati kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi keyinchalik bog‘bonlar ittifoqi bilan birlashish natijasida yuzaga kelgan. Natijada Qishloq xo‘jaligi sanoati kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi vazifalari kengaygan. Fond tarixini kengroq va to‘liqroq aniqlash imkoniyati cheklangan, sababi kam miqdorda saqlov birliklari saqlangan.
O‘ZSSR YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI TURKISTONDAGI 2-UMUMROSSIYA YER VA SHAHAR AHOLISINI RO‘YXATGA OLISH BO‘LIMI
O‘zSSR Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi Turkistondagi 2-Umumrossiya qishloq-xo‘jalik yer va shahar ro‘yxatga olish bo‘limi 1917 yil vaqtinchalik hukumat tomonidan tashkil etilgan.
BUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY QO‘MITASI TURKISTON BYUROSI HUZURIDAGI BUTUNITTIFOQ MAORIF KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY QO‘MITASI VAKOLATXONASI
Hujjatlardan ko‘rinadiki, 1921 yil avgust oyida tugatilgan Turkiston Respublikasi Maorif va Ijtimoiy madaniyat Ittifoqi O‘lka qo‘mitasi o‘rniga dekabr oyi oxirida Turkiston byurosi huzuridagi Butunittifoq maorif kasaba uyushmalari Markaziy qo‘mitasi Vakolatlisi tashkil etilgan. Mazkur Milliy bo‘linish va 1925 yil 7 yanvarda O‘zbekiston SSR Ittifoq Markaziy Boshqaruvi Tashkiliy byurosi tashkil etilgunga qadar faoliyat ko‘rsatgan.
BUTUNROSSIYA MADANIYAT XODIMLARI KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA BYUROSI
Milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida Toshkent viloyatida 2 ta uyezd qoldi: Mirzacho‘l va Toshkent. Ushbu hududda bitta uyezd tashkiloti va uchta yer va o‘rmon Xodimlari ittifoqi tuman tashkiloti I) Mirzacho‘l uyezd bo‘linmasi va II) Tuman Qo‘mitasi: 1) Kaufman-Pravskiy tuman qo‘mitasi 2) Troitskiy (keyinchalik Kalinin deb qatiy nomlangan), 3) Prigorodniy tuman qo‘mitasi Prigorodniy tuman qo‘mitasi markazi tarkibidan. Yer va o‘rmon Xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan yana 4 ta yangi tuman ajratilgan va tuman qo‘matalari tashkil etilgan: 1) Yer va o‘rmon Xodimlari kasaba uyushmasi Eski-shahar tuman qo‘mitasi 2) Pskent tuman qo‘mitasi, 3) Xonobod tuman qo‘mitasi, 4) Chirchiq tuman qo‘mitasi. Bular 1-Toshkent viloyat Yer va o‘rmon Xodimlari kasaba uyushmasi qurultoyi, ya’ni 1925 yil 18 fevralga tashkil etilgan edi. Mazkur Tuman qo‘mitalari boshqaruvlarini saylovlari Yer va o‘rmon Xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Boshqaruvi tomonidan milliy bo‘linish paytida o‘tkazilgan.
TURKISTON ASSR ISHCHI-DЕHQON INSPЕKSIYA XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SOVЕT VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI
1940 yil 1 avgustda R-545-son fond R-41-son fond bilan birlashtirib yuborilgan
TURKISTON ASSR ADLIYA XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SOVЕT VA JAMOATCHILIK MUASSASLARI ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI №2-SON JAMOA BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI
1922 yil 31 iyulda R-601-son fond R-38-son fond bilan birlashtirib yuborilgan
TURKISTON ASSR SOG‘LIQNI SAQLASH XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI TIBBIY SANITARIYA ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI.
1940 yil 21 avgustda R-603-son fond R-40-son fond bilan birlashtirib yuborilgan
TURKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ KOMISSARLIGI MAJLISI O‘LKA VA SIRDARYO DAVLAT VILOYAT YER-TЕXNIK BO‘LIMI HUZURIDAGI YER XODIMLARI ITTIFOQI, SOVЕT VA JAMOATCHILIK MUASSALARI KASABA UYUSHMASI №7- SON (SOBIQ 28-SON) JAMOASI
1939 yil 31 dekabrda R-447-son fond R-29-son bilan umulashtirib yuborilgan. Tashkilotning tashkil etilgan sanasi ma’lum emas. Biroq hujjatlardan ko‘rinadiki Turkiston Respublikasi Xalq komissarligi majlisi o‘lka davlat viloyat yer-texnik bo‘limi huzuridagiyer xodimlari ittifoqi, sovet va jamoatchilik muassalari kasaba uyushmasi 28-son jamoasi №7-son Yer xodimlari kasaba uyushma Jamoasi deb qayta nomlangan.
TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI YER VA O‘RMON XODIMLARI KASABA UYUSHMASI ISHCHI QO‘MITALARI
Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitalari 1917 yil 23 noyabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Mazkur tashkilot 1924 yil 24 dekabrda tugatilgan.
Mazkur fond umumlashgan fond hisoblanadi.Unga quyidagi ishchi qo‘mitalar kiritilgan: a) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №1-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; b) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №2-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; v) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №4-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; g) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №31-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; d) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №32-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari (sobiq sovet muassasalari kasaba uyushmasi) kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; ye) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №35-son jamoaning qishloq xo‘jaliga xodimlari (sobiq sovet muassasalari kasaba uyushmasi) kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; j) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №44-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi.
O‘RTA OSIYO DAVLAT NASHRIYOTI 2-SON BOSMAXONASI HUZURIDAGI POLIGRAFIYA ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI FABRIKA-ZAVOD QO‘MITASI
O‘rta osiyo davlat nashriyoti 2-son bosmaxonasi huzuridagi poligrafiya ishchilari kasaba uyushmasi fabriko-zavod qo‘mitasi 1924 yil 5 dekabrda tashkil etilgan. Mazkur tashkilotning tugatilish sanasi ma’lum emas.
BIRINCHI O‘RTA OSIYO DAVLAT UNIVЕRSITЕTI MAORIF XODIMLARI, TЕMIR YO‘LCHILAR, TO‘QIMACHILAR KASABA UYUSHMASI IJROIYA BYUROSI
Birinchi O‘rta Osiyo davlat universiteti ma’rifat xodimlari, temir yo‘lchilar, to‘qimachilar kasaba uyushmasi Ijroiya byurosi 1924 yilda tashkil etilgan. Mazkur tashkilotning tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan.
O‘RTA OSIYO DAVLAT UNIVЕRSITЕTI HUZURIDAGI MAORIF XODIMLARI KASABA UYUSHMASI MЕLIORATIV FAKULTЕTI KASABA SEKSIYASI BYUROSI
O‘rta Osiyo davlat universiteti huzuridagi maorif xodimlari kasaba uyushmasi Meliorativ fakulteti kasaba seksiyasi byurosi 1923 yil 9 iyulda tashkil etilgan. Tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan.
7,12,26-SON MAKTABLARI, 5-SON QIRG‘IZ BOLALAR UYI,12-SON BOLALAR ITTIFOQI, 13-SON O‘SMIRLAR UYI, ARXIV ISHI BOSHQARMASI, TURKISTON DAVLAT KUTUBXONASI, TURKISTON QADIMGI ASHYOLAR VA SAN’AT QO‘MITASI JAMOALARINI BIRLASHTIRUVCHI MAORIF XODIMLARI 6-SON KASABA UYUSHMASI BOSHLANG‘ICH QO‘MITASI HUZURIDAGI MЕHNAT ILMIY KЕNGASHI VAQT LIGASI BO‘LINMASI
7,12,26-son maktablari, 5-son Qirg‘iz bolalar uyi,12-son bolalar ittifoqi, 13-son o‘smirlar uyi, Arxiv ishi Boshqarmasi, Turkiston davlat kutubxonasi, Turkiston qadimgi ashyolar va san’at qo‘mitasi jamoalarini birlashtiruvchi maorif xodimlari 6-son kasaba uyushmasi boshlang‘ich qo‘mitasi huzuridagi Mehnat Ilmiy kengashi bo‘linmalar birlashmasi 1924 yilda tashkil etilgan. Tugatilish sanasi ma’lum emas.
TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY QO‘MITASI TAMAKI SANOATI BOSHQARMASI HUZURIDAGI TURKISTON O‘LKASI TAOM VA TA’M SANOATI KASABA UYUSHMASI №22-SON BOSHLANG‘ICH QO‘MITASI
1948 yil 1 dekabrda R-445-fond R-163-fond bilan birlashtirib yuborilgan
TRANSPORT XODIMLARI TURKISTON OKRUGI TA’MINOT BOSHQARMASI HUZURIDAGI SOVЕT VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI 6-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Transport xodimlari Turkiston okrugi ta’minot boshqarmasi huzuridagi sovet va jamoatchilik muassasalari kasaba uyushmasi 6-son mahalliy qo‘mitasi 1921 yil 1 dekabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1922 yilda tugatilgan.
“DAVLAT QURILISH” UMUMROSSIYA MARKAZIY DAVLAT QURILISH IDORASI TURKISTON BO‘LINMASI HUZURIDAGI QURUVCHI ISHCHILAR KASABA UYUSHMASI 1-SON ISHCHI QO‘MITASI
“Davlat qurilish” Umumrossiya markaziy davlat qurilish idorasi Turkiston bo‘linmasi huzuridagi quruvchi ishchilar kasaba uyushmasi 1-son Ishchi qo‘mitasi tashkil etilgan sanasi ma’lum emas. 1924 yilda mazkur tashkilot tugatilgan.
TURKISTON ALOQA YO‘LLARI BO‘LINMASI HUZURIDAGI SOVЕT VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI 6-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Turkiston xabar yo‘llari bo‘linmasi huzuridagi sovet va jamoatchilik muassasalari kasaba uyushmasi 6-son mahalliy qo‘mitasi 1917 yil mart oyida Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1922 yil tugatilgan.
TURKISTON ASSRDA BALIQCHILIK VA BALIQ SANOATI BOSHQARMASI HUZURIDAGI OZIQ-OVQAT SANOATI XODIMLARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI
tashkilotning tashkil topish va tugatilish sanasi ma’lum emas.
TURKISTON ALOQA YO‘LLARI OKRUGI HUZURIDAGI TЕMIR YO‘L TRANSPORTI ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI
Turkiston xabar yo‘llari okrugi huzuridagi temir yo‘l transporti ishchilari kasaba uyushmasi mahalliy qo‘mitasi 1918 yil 23 aprelda Toshkentda tashkil etilgan. Mazkur Tashkilot 1924 yil tugatilgan.
MAORIF XODIMLARI KASABA UYUSHMASI 6-RAYON MAHALLIY QO‘MITASI
Maorif xodimlari kasaba uyushmasi 6-rayon mahalliy qo‘mitasi 1918 yildan 1928 yilgacha faoliyat yuritgan.
Mazkur fondga quyidagi jamoalar kiritilgan: a) Turkiston davlat kutubxonasi b) Turkiston qadimiy ashyolar qo‘mitasi; v) Markaziy arxiv ishi boshqarmasi; g) 7, 26, 12-son maktablar; d) 5 va 6-bolalar uylari; ye) 12-son bolalar bog‘chasi; j) 13-son o‘smirlar uyi.
SOVЕT ISHCHILARI VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITALARI
Sovet va savdo xitmatchilari kasaba uyushmasi mahalliy qo‘mitalari tashkil etilgan sanasi ma’lum emas. 1924 yil 1 dekabrda mazkur qo‘mita tugatilgan.
Mazkur fondga quyidagi qo‘mitalar kiritilgan: a) Turkiston ASSR moliya Xalq Komissarligi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 21-son mahalliy qo‘mitasi; b) Turkiston ASSR moliya Xalq Komissarligi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 2-son mahalliy qo‘mitasi; v) Turkiston ASSR mehnat Xalq Komissarligi va Butunittifoq Kasaba uyushmasining Markaziy Kengashi Turkiston byurosi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 12-son mahalliy qo‘mitasi.
SHIMOLIY-G‘ARBIY AKSIADORLIK SAVDO JAMIYATI HUZURIDAGI SOVЕT VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI
Shimoliy-g‘arbiy aksiadorlik savdo jamiyati huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi mahalliy qo‘mitasi (Petrograf savdo) tashkil etilgan sanasi ma’lum emas. 1924 yil yanvar oyida Shimoliy-g‘arbiy aksiadorlik savdo jamiyati huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi mahalliy qo‘mitasi deb qayta nomlangan (Leningradsavdo).
TURKISTON O‘LKASI ISHLAB CHIQARISH KOOPЕRATSIYASI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 33-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Turkiston o‘lkasi Ishlab chiqarish kooperatsiyasi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 4-son mahalliy qo‘mitasi 1924 yilda Turkiston o‘lkasi Ishlab chiqarish kooperatsiyasi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 33-mon mahalliy qo‘mitasi deb qayta nomlangan.
BUTUNROSSIYA TЕMIR YO‘LCHILAR TA’MINOTI TURKISTON BYUROSI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 6-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Butunrossiya temir yo‘lchilar ta’minoti Turkiston byurosi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 6-son mahalliy qo‘mitasi 1919-1922 yillarda Toshkent shahrida faoliyat yuritgan.
TURKISTON DAVLAT INSHOOTLARI QO‘MITASI SANITAR-QURILISH BOSHQARMASI HUZURIDAGI QURILISH ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI 1-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Turkiston davlat inshootlari qo‘mitasi Sanitar-qurilish boshqarmasi huzuridagi qurilish ishchilari kasaba uyushmasi 1-mon mahalliy qo‘mitasi 1921 yilda tashkil etilgan. 1922 yil 11 yanvarda tugatilgan.
TURKISTON ASSR IJTIMOIY TA’MINOTI XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOAT MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI №31-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Turkiston ASSR ijtimoiy ta’minoti Xalq komissarligi huzuridagi sovet va jamoat muassasalari kasaba uyushmasi №31-sonli Mahalliy Qo‘mitasi 1920 yil 6 avgustda tashkil etilgan. 1924 yil oktyabr oyida tugatilgan.
TURKISTON ASSR ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOAT MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI
Turkiston ASSR ichki ishlar Xalq komissarligi huzuridagi sovet va jamoat muassasalari kasaba uyushmasi №39-sonli Mahalliy Qo‘mitasi 1920 yil Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1924 yil oktyabr oyida tugatilgan.
TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOAT MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI №22-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Turkiston ASSR xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi huzuridagi sovet va jamoat muassasalari kasaba uyushmasi №22-son Mahalliy Qo‘mitasi 1918 yil 1 noyabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1924 yil 1 noyabrda tugatilgan.
ISTЕ’MOLCHILAR JAMIYATLARI TURKISTON ITTIFOQI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA ITTIFOQI 57-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Iste’molchilar jamiyatlari Turkiston ittifoqi huzuridagi sovet va jamoatchilik muassasalari kasaba ittifoqi 57-son mahalliy qo‘mitasi 1919 yil da Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1923 yil 17 dekabrda tugatilgan.
BUTUNITTIFOQ TЕMIRCHI ISHCHILAR KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKASI QO‘MITASI
Butunittifoq temirchi ishchilar kasaba uyushmasi Turkiston tuman Qo‘mitasi 1919 yildan 1924 yillargacha Toshkent shahrida faoliyat yuritgan.
BUTUNITTIFOQ TЕMIRCHI ISHCHILAR KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASINING TURKISTONDAGI VAKOLATXONASI. Toshkent sh.
Butunittifoq temirchi ishchilar kasaba uyushmasi Markaziy Qo‘mitasining Turkistondagi Vakolatxonasi 1921 yildan 1922 yillargacha Toshkent shahrida faoliyat yuritgan.
BUTUNITTIFOQ TANNARX KASB-HUNAR BIRLASHMASINING TURKISTON VILOYAT KOMITЕTI
1
BUTUNROSSIYA KIMYO MЕHNATI ISHCHILARINING KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA BO‘LINMASI. Toshkent sh.
Butunrossiya kimyo mehnati ishchilarining kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka bo‘linmasi 1919 yildan 1921 yilgacha Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatgan.
XALQ OVQATLANISH VA UMUMIY YOTOQXONALAR KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA QO‘MITASI. Toshkent sh.
TURKISTON RЕSPUBLIKASIDA SSSR XALQ OVQATLANISH KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASI VAKOLATXONASI. Toshkent sh.
Turkiston Respublikasida SSSR xalq ovqatlanish kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi Vakolatlisi 1923 yil fevral oyida Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1925 yili tugatilgan.
OZIQ-OVQAT SANOATI ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA QO‘MITASI Toshkent sh.
Taom va ta’m sanoati ishchilari kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi 1920 yildan 1921 yillargacha Toshkent shahrida faoliyat yuritgan.
NONNI TASARRUF ETISH BO‘YICHA TURKISTON MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI VAKOLATLISI BOSHQARMASI HUZURIDAGI SOVЕT VA SAVDO XIZMATLARI KASABA UYUSHMASI 11-BOSHLANG‘ICH QO‘MITASI
Nonni tasarruf etish bo‘yicha Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi vakolatlisi Boshqarmasi huzuridagi sovet va savdo xizmatlari kasaba uyushmasi 11-boshlang‘ich qo‘mitasi 1923 yil 27 martda Toshkent shahrida tashkil etilgan va 1924 yil 18 mayga qadar faoliyat yuritgan.
SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA QO‘MITASI Toshkent sh.
Sovet va jamoatchilik muassasalari kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi 1919 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1924 yilda Sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilgan va shu yili tugatilgan.
TURKISTON BO‘YICHA SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI ISHCHILARI BUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASI VAKOLATXONASI
Turkiston bo‘yicha sovet va jamoatchilik muassasalari ishchilari Butunittifoq kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi Vakolatlisi o‘z vakolatini 1924 yilda Toshkent shahrida boshlagan. Tugatilish sanasi noma’lum.
SSSR TRANSPORT ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASINING TURKISTON RЕSPUBLIKASIDAGI VAKOLATXONASI
SSSR transport ishchilari kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasining Turkiston Respublikasidagi vakolatlisi o‘z faoliyatini 1923 yil 8 iyulda Toshkent shahrida boshlagan. Mazkur fondda 1923 – 1925 yillarga oid hujjatlar maqjud. Tugatilish sanasi noma’lum.
BUTUNROSSIYA YER VA O‘RMON ISHCHILARI ISHLAB CHIQARISH KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA QO‘MITASI Toshkent sh.
Mazkur fond 1919 yil 19 sentyabrda Butunrossiya qishloq xo‘jaligi sanoati ishlab chiqarish kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi o‘rnida Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1920 yil 19 iyunda Butunrossiya yer ishchilari ishlab chiqarish kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi deb qayta nomlangan. 1920 yil 2 oktyabrda Butunrossiya yer va o‘rmon ishchilari ishlab chiqarish kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi deb qayta nomlangan. 1921 yil 2 iyulda tugatilgan.
BUTUN ITTIFOQ ISTЕ’MOLCHILAR JAMIYATLARI ITTIFOQI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 7-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Butun ittifoq iste’molchilar jamiyatlari Ittifoqi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 7-son mahalliy qo‘mitasi 1919 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1923 yil 17 dekabrda tugatilgan.
TURKISTON ASSR BOSH SIYOSIY BOSHQARMASI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOATCHILIK BOSHQARMALARI XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 26-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1921 yildan 1923 yilgacha bo‘lgan davrga oid hujjatlar mavjud.
“NONMAHSULOT” AKSIADORLIK JAMIYATI TURKISTON BYUROSI VAKOLATLISI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 14- MAHALLIY KO‘MITASI
Mazkur fondning tashkil etilish va tugatilish sanasi. 1924 yilga oid hujjatlar mavjud.
TURKISTONDA SSSR TASHQI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI VAKILLIGI TASHQI MUNOSABATLAR BO‘LIMI HUZURIDAGI JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI 38-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Mazkur fond tashkil etilishi va tugatilishi sanasi ko‘rsatilmagan. 1921 yil oktyabrgacha tashqi aloqalar Bo‘limi huzuridagi sovet va jamoatchilik muassasalari ishchilari kasaba uyushmasi 38-son Mahalliy qo‘mitasi deb nomlangan. 1921 yil oktyabrda Turkistonda RSFSR tashqi ishlar Xalq Komissarligi vakilligi tashqi munosabatlar bo‘limi huzuridagi jamoatchilik muassasalari kasaba uyushmasi 38-son mahalliy qo‘mitasi deb qayta nomlangan. 1921 yildan 1922 yillargacha darga oid hujjatlar mavjud.
O‘RTA OSIYODA RSFSR TASHQI SAVDO XALQ KOMISSARLIGI VAKOLATXONASI MARV BO‘LINMASI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 19-SON MAHALLIY QO‘MITASI Marv sh.
Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1921 yildan 1923 yilgacha davrga oid hujjatlar mavjud.
TOSHKЕNT OT-POCHTA STANSIYASI HUZURIDAGI XALQ ALOQASI ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI Toshkent sh.
Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1921 yil davrga oid hujjatlar mavjud.
BUTUNROSSIYA DAVOLASH-SANITARIYA MЕHNATI KASABA UYUSHMASI TURKISTON OKRUG YO‘L BO‘LIMI Toshkent sh.
Mazkur fond tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1918 yildan 1922 yilgacha bo‘lgan davr hujjatlari mavjud.
TURKISTON SOVЕT SOTSIALIST RЕSPUBLIKASI ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SOVЕT VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 22- MAHALLIY QO‘MITASI “BOLALAR DO‘STI” MUXTOR JAMIYATI
ushbu (Fond R-400 fondi bilan birlashtirib yuborilgan) fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1924 yilga oid hujjatlar mavjud.
DAVLAT SIRKI HUZURIDAGI SAN’AT XODIMLARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI Toshkent sh.
SVЕRDLOV NOMIDAGI DAVLAT OPЕRA TЕATRI HUZURIDAGI SAN’AT XODIMLARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI.
Fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1923 yilga oid hujjatlar mavjud.
“TURKISTON XAQIQATI” VA “QIZIL YULDUZ” GAZЕTALARI TAHRIRIYATI HUZURIDAGI MAORIF XODIMLARI KASABA UYUSHMASI 10-SON MAHALLIY QO‘MITASI.
Fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1924 yilga oid hujjatlar mavjud.
TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI O‘RMON XO‘JALIGI BOSHQARMASI HUZURIDAGI BUTUNROSSIYA YER VA O‘RMON XODIMLARI KASABA UYUSHMASI ISHCHI QO‘MITASI. Toshkent sh.
Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1921 yilga oid hujjatlar mavjud.
BUTUNROSSIYA KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY KЕNGASHI TURKISTON BYUROSI HUZURIDAGI SAN’AT ISHCHILARI BUTUNROSSIYA KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASI VAKOLATLI BOSHQARMASI Toshkent sh.
Mazkur fond tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1924 yildan 1925 yilgacha bo‘lgan davr hujjatlari mavjud.
O‘ZBЕKISTON SSR KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY QO‘MITALARI VA RЕSPUBLIKA KOMITЕTLARI
O‘zbekiston SSR kasaba uyushmalarining respublika, tuman va viloyat qurultoylari va konferensiyalari, kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashining O‘rta Osiyo byurosi prezidiumi va plenumlari, O‘zbekiston SSR kasaba uyushmalari Kengashi, kasaba uyushmalari markaziy va respublika qo‘mitalari va kengashlari, zavod ishchilari va ishlab chiqarish rejalari va dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha korxona va tashkilotlarning mahalliy qo‘mitalari, sotsialistik raqobat va mexnat unumdorligini oshirgan ishchilar, mehnatni muhofaza qilish va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha qarorlar va bayonnomalar.
O‘ZBЕKISTON SSR MADANIYAT XODIMLARI KASABA UYUSHMASI RЕSPUBLIKA QO‘MITASI
Kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashi kotibiyatining 1953 yil 13 apreldagi qarori bilan tashkil etilgan. 1957 yilda tugatilgan.
O‘ZBЕKISTON SSR O‘RMON XO‘JALIGI, QOG‘OZ VA YOG‘OCHNI QAYTA ISHLASH SANOATI XODIMLARI KASABA UYUSHMASI RЕSPUBLIKA QO‘MITASI
O‘rmon va qog‘oz sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasining 1953 yil 23 apreldagi birinchi plenumi qarori asosida 1953 yil 15 may kuni Toshkentda O‘zbekiston SSR o‘rmon va qog‘oz sanoati xodimlari kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashkiliy byurosi tashkil etilgan.
Respublika qo‘mitasi prezidiumi a’zolari 1953 yil 30 sentyabrda yig‘ilgan kasaba uyushmasining birinchi respublika konferensiyasida saylangan.
1956 yil 24 avgustdan boshlab ministrliklar qayta tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston SSR o‘rmon xo‘jaligi, qog‘oz va yog‘ochsozlik sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Qo‘mitasi deb nomlangan. 1957 yil 1 oktyabrda tugatilgan.
BatafsilO‘ZBЕKISTON SSR KASABA UYUSHMALARI KЕNGASHI (UZSOVPROF)
O‘zbekiston SSR kasaba uyushmalari kengashi tashkiliy byurosining birinchi yig‘ilishi 1924 yil 3 dekabrda bo‘lib o‘tgan; O‘zbekiston SSR kasaba uyushmalari kengashi 1925 yil 21-26 mart kunlari O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 1-qurultoyi tomonidan saylangan; kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashi prezidiumining 1937 yil 21 maydagi qarori bilan tugatilgan.
SSSR SPIRTLI ICHIMLIKLAR VA VINO SANOATI XODIMLARI KASABA UYUSHMASI O‘RTA OSIYO QO‘MITASI
1934 yilda SSSR spirtli ichimliklar va vino sanoati xodimlari kasaba uyushmasining O‘zbekiston SSR bo‘yicha vakolatli Markaziy Qo‘mitasi tashkil etildi. 1937 yilda O‘zbekiston SSR spirtli ichimliklar va vino sanoati ishchilari Markaziy Kengashiga aylantirilib, keyinchalik O‘zbekiston SSR spirtli ichimliklar sanoati ishchilari uyushmasi Qo‘mitasi deb nomlangan. 1939 yil 15 oktyabrda SSSR spirtli ichimliklar va vino sanoati ishchilari kasaba uyushmasining O‘rta Osiyo qo‘mitasiga aylantirilgan. Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining 1941 yil 14 fevraldagi qarori bilan tugatilgan.
SSSR BOG‘DORCHILIK VA UZUMCHILIK XO‘JALIKLARI ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI O‘RTA OSIYO QO‘MITASI
Ushbu tashkilot 1941 yilda tugatilgan O‘zbekiston Respublikasi bog‘dorchilik va uzumchilik davlat xo‘jaliklari ishchilari uyushmasi negizida tashkil etilgan. SSSR oziq-ovqat sanoati ishchilari kasaba uyushmasining 1949 yil 30 m
SSSR KONSЕRVA SANOATI XODIMLARI KASABA UYUSHMASI O‘RTA OSIYO QO‘MITASI
1936 yil dekabrda O‘rta Osiyo konserva sanoati xodimlari kasaba uyushmasining tashkiliy byurosi tashkil etilgan.
1937 yil iyul oyida konserva sanoati xodimlarining O‘rta Osiyo konferensiyasida SSSR konserva sanoati ishchilari ittifoqining O‘rta Osiyo qo‘mitasi tuzilgan.
1948 yil 1 noyabrda konserva sanoati ishchilari kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi oziq-ovqat sanoati ishchilari kasaba uyushmasiga qo‘shib yuborilishi munosabat bilan 1948 yil 20 dekabrda kasaba uyushmaning O‘rta Osiyo qo‘mitasi tugatilgan.
BatafsilSSSR RANGLI MЕTALLURGIYA XODIMLARI KASABA UYUSHMASINING O‘RTA OSIYODAGI RЕSPUBLIKALARARO QO‘MITASI
1938 avgust 8 yilda oltin va platina qazib oluvchilar kasaba uyushmasining O‘rta Osiyo okrug qo‘mitasi tashkil etildi. 1941 yilda oltin va platina qazib olish bo‘yicha ishchilar kasaba uyushmasining O‘rta Osiyo respublikalararo qo‘mitasiga aylantirilgan. Rangli metallurgiya ishchilari kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi prezidiumining 1947 yil 3 oktyabrdagi qarori bilan SSSR rangli metallurgiya ishchilari kasaba uyushmasining O‘rta Osiyo respublikalararo qo‘mitasiga aylantirilgan. Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining 1951 yil 9 oktyabrdagi qarori va rangli metallurgiya ishchilari kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasining 1951 yil 20 oktyabrdagi qarori bilan tugatildi.
O‘RTA OSIYO TЕMIR YO‘LCHILAR KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASI
1934 yil noyabr oyida Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining qarori bilan tashkil etilgan. Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining 1918 yil 13 oktyabrdagi qarori bilan tugatildi.
SSSR SOVЕT PAXTACHILIK XO‘JALIKLARI VA MASHINA-TRAKTOR STANSIYALARI ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASI
Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining 6 yil 1934 oktyabrdagi IV Plenumi qarori asosida tashkil etilib, 1948 yil 16 noyabr kuni tugatilgan.
BUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY KЕNGASHINING O‘RTA OSIYO BYUROSIDA PROLЕTAR TALABALARINING O‘RTA OSIYO BYUROSI
.
BatafsilSUV TRANSPORTI XODIMLARI BUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMASI O‘RTA OSIYO OKRUGI QO‘MITASI
.
BatafsilSSSR SOVЕT XO‘JALIKLARI QISHLOQ XO‘JALIGI XODIMLARI KASABA UYUSHMASINING O‘RTA OSIYO QO‘MITASI
.
BatafsilQISHLOQ VA O‘RMON XO‘JALIGI XODIMLARI BUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMASINING O‘RTA OSIYO BYUROSI
.4
BatafsilPAXTA SANOATI XODIMLARI BUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMASI O‘RTA OSIYO MINTAQAVIY QO‘MITASI
.
BatafsilBUTUNITTIFOQ TO‘QIMACHILAR KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASINING O‘RTA OSIYO BYUROSI
.
BatafsilSSSR KONCHILAR KASABA UYUSHMASINING O‘RTA OSIYO QO‘MITASI
.
BatafsilSSSR KO‘MIR SANOATI XODIMLARI KASABA UYUSHMASI O‘RTA OSIYO MINTAQAVIY QO‘MITASI
.
BatafsilMЕTALL ISHCHILAR BUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMASI O‘RTA OSIYO QO‘MITASI
Qo‘mita 1925 yilda tashkil etilgan. Fond tarkibida tashkilotning tugatilish haqida hujjatlar to‘liq saqlanmagan.
SSSR KASABA UYUSHMALARINING O‘RTA OSIYO QO‘MITALARI VA BYUROLARI
1925 yil 16-20 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan kasaba uyushmalarining 1-O‘rta Osiyo konferensiyasida qabul qilingan O‘rta Osiyo kasaba uyushmalarining tuzilishiga ko‘ra, O‘rta Osiyo qo‘mitalari, byurolari yoki ayrim kasaba uyushmalarining vakolatli Markaziy qo‘mitalari butun O‘rta Osiyo respublikalararo boshqaruv organlari sifatida tashkil etilgan. Ushbu boshqaruv organlari aynan O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tasarrufidagi birlashma tashkilotlarda tashkil etilgan.
1934 yil oktyabrda butun O‘rta Osiyo tashkilotlari tugatilishi munosabati bilan byurolar faoliyati tugatilgan.
BatafsilBUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY KЕNGASHINING O‘RTA OSIYO BYUROSI
Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi priyezidiumining 1924 yil 14 oktyabrdagi qarori bilan Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining Turkiston byurosi Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining O‘rta Osiyo byurosiga aylantirilgan. 1934 yilda tugatilgan.
BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI KASABA UYUSHMALAR MARKAZIY KЕNGASHI Buxoro sh.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi kasaba uyushmalar Markaziy Kengashi tashkil etilish sanasi noma’lum. 1924 yilda tugatilgan. Fond tarkibida 1922 – 1924 yillarga oid hujjatlar mavjud.
BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI SAVDO VA SANOAT XALQ KOMISSARLIGI (NAZORATI) HUZURIDAGI KOOPЕRATSIYA VA DAVLAT SAVDO ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI Buxoro sh.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi savdo va sanoat Xalq Komissarligi (Nazorati) huzuridagi kooperatsiya va davlat savdo ishchilari kasaba uyushmasi mahalliy qo‘mitasi 1921 yil 13 martda tashkil etilib, 1924 yilda tugatilgan.