Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

TURKISTON TЕXNIKLAR, CHIZMACHILAR VA YER O‘LCHOVCHILAR KASABA UYUSHMASI

Fond raqami:
P-770
Saqlov birligi:
1
Davriy chegarasi:
1917 - 1919

Tashkilot tarixi

Turkiston texniklar, chizmachilar va yer o‘lchovchilar kasaba uyushmasi 1917 yil 25 yanvarda tashkil etilgan. Uyushma barcha  texniklar, chizmachilar va yer o‘lchovchilarni birlashtirish, a’zolarini iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish, mehnat va unga to‘lanadagina haq sharoitlarini me’yorlashtirish, ishsizlik, kasallik paytida imtiyozli to‘lovlar berish, kutubxona-o‘quvlar, ommaviy ma’ruzalar, klub ochilishini tashkil etish, kechalar, konsertlar tashkil etishni maqsad qilgan. Uyushma umumiy yig‘ilishining 1919 yil 20 iyuldagi qarori bilan Turkiston texniklar, chizmachilar va yer o‘lchovchilar kasaba uyushmasi tarqatib yuborilgan.


Fond sharhi

Texniklar va chizmachilar umumiy yig‘ilishi bayonnomalari, Uyushma faoliyati to‘g‘risida ma’ruza.