Turkiston texniklar, chizmachilar va yer o‘lchovchilar kasaba uyushmasi 1917 yil 25 yanvarda tashkil etilgan. Uyushma barcha texniklar, chizmachilar va yer o‘lchovchilarni birlashtirish, a’zolarini iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish, mehnat va unga to‘lanadagina haq sharoitlarini me’yorlashtirish, ishsizlik, kasallik paytida imtiyozli to‘lovlar berish, kutubxona-o‘quvlar, ommaviy ma’ruzalar, klub ochilishini tashkil etish, kechalar, konsertlar tashkil etishni maqsad qilgan. Uyushma umumiy yig‘ilishining 1919 yil 20 iyuldagi qarori bilan Turkiston texniklar, chizmachilar va yer o‘lchovchilar kasaba uyushmasi tarqatib yuborilgan.
Texniklar va chizmachilar umumiy yig‘ilishi bayonnomalari, Uyushma faoliyati to‘g‘risida ma’ruza.