Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O‘ZBЕKISTON SSR QO‘SHCHI ITTIFOQI MARKAZIY QO‘MITASI (Vseuzobkom)

Fond raqami:
R-245
Saqlov birligi:
312
Davriy chegarasi:
1925 - 1928

Tashkilot tarixi

1924 yil 14 dekabrda tashkil etilib, 1927 yilda ittifoq qishloq kambag‘allarining ommaviy ko‘ngilli tashkilotiga aylantirilgan.

1930 yilda Qo‘shchi Ittifoqi tugatilgan.


Fond sharhi

O‘zbekiston SSR  MIQ va XKSning Qo‘shchi Ittifoqi faoliyati to‘g‘risidagi qarorlari va sirkulyarlari. O‘zbekiston Qo‘shchi Ittifoqining 1-(1925) va 2-(1926) respublika qurultoylari, Qo‘shchi Ittifoqi faollarining O‘zbekistondagi 1-yig‘ilishi, viloyat kongresslari va konferensiyalari, Qo‘shchi Ittifoqi viloyat va tuman qo‘mitalarining plenumlari; xotin-qizlar o‘rtasida ishlash, savodxonlikni oshirish ittifoq sirkulyarlari va ko‘rsatmalari; xotin-qizlar o‘rtasida ishlash va madaniy-ma’rifiy ishlar bo‘limlari faoliyati bo‘yicha rejalar, ma’ruzalar va hisobotlar.