1922 yil 14 noyabrdagi Turkiston ASSR XKSning 220-sonli qarori bilan barcha jazoni o‘tash muassasalarini birlashtirish va ustidan nazoratni amalga oshirish uchun Turkiston ASSR Adliya xalq komissarligining ahloq tuzatish-mehnat bo‘limi Turkiston ASSR Ichki ishlar xalq komissarligi jazoni o‘tash muassasalari boshqarmasiga aylantirilgan. 1924 yil 22 noyabrda Turkiston ASSR Ichki ishlar xalq komissarligi jazoni o‘tash muassasalari boshqarmasi O‘rta Osiyodagi o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.
RSFSR IIXK (NKVD)ning RSFSR jazoni o‘tash muassasalari Bosh boshqarmasi va uning mahalliy idoralari to‘g‘risida Nizom, Turkiston ASSR jazoni o‘tash muassasalari boshqarmasi buyruqlari.