TURKISTON ASSR ISHCHI-DЕHQON INSPЕKSIYASI XALQ KOMISSARLIGI (TURKISTON ASSR NK RKI)
1918 yil 15 mayda Turkiston ASSR Markaziy Davlat nazorati tuzilib, u 1920 yil iyun oyida Turkiston ASSR Ishchi-dehqon inspeksiyasi xalq komissarligi sifatida qayta tashkil etilgan. 1924 yil noyabrda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.
TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI IJTIMOIY TA’MINOT XALQ KOMISSARLIGI (TURKISTON ASSR NARKOMSOBЕS)
1918 yildan Turkiston ASSR Xalq mehnat komissarligi huzurida ijtimoiy ta’minot bo‘limi mavjud bo‘lgan. 1919 yil noyabrda Xalq mehnat komissarligi Xalq mehnat va ijtimoiy ta’minot komissarligi deb qayta nomlangan, 1920 yil 6 avgustda esa Ijtimoiy ta’minot Xalq Komissarligi tashkid etilgan. 1924 yil O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi islohati natijasida uning faoliyati tugatilgan.
URUSH NOGIRONLARI, BЕMOR VA YARADOR QIZILARMIYA ASKARLARI VA ULARNING OILALARIGA YORDAM KO‘RSATISH TURKISTON QO‘MITASI (TURKOMPOM)
1922 yil 20 iyundagi Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi qarori bilan Turkiston Ijroiya qo‘mitasi (Armiya bo‘yicha Markaziy Qo‘mita) qoshida qizil armiya askarlariga yordam ko‘rsatish Markaziy komissiyasi tashkil etilgan. Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1924 yil 13 yanvardagi buyrug‘i bilan Urush nogironlari, bemor va yarador qizilarmiya askarlari va ularning oilalariga yordam ko‘rsatish Turkiston qo‘mitasi (Turkompom) etib qayta tashkil etilgan. Qo‘mita O‘zbekiston SSR Inqiloyat Qo‘mitasi qarori bilan 1924 yil 28 dekabrdagi qarori bilan tugatilgan.
7,12,26-SON MAKTABLARI, 5-SON QIRG‘IZ BOLALAR UYI,12-SON BOLALAR ITTIFOQI, 13-SON O‘SMIRLAR UYI, ARXIV ISHI BOSHQARMASI, TURKISTON DAVLAT KUTUBXONASI, TURKISTON QADIMGI ASHYOLAR VA SAN’AT QO‘MITASI JAMOALARINI BIRLASHTIRUVCHI MAORIF XODIMLARI 6-SON KASABA UYUSHMASI BOSHLANG‘ICH QO‘MITASI HUZURIDAGI MЕHNAT ILMIY KЕNGASHI VAQT LIGASI BO‘LINMASI
7,12,26-son maktablari, 5-son Qirg‘iz bolalar uyi,12-son bolalar ittifoqi, 13-son o‘smirlar uyi, Arxiv ishi Boshqarmasi, Turkiston davlat kutubxonasi, Turkiston qadimgi ashyolar va san’at qo‘mitasi jamoalarini birlashtiruvchi maorif xodimlari 6-son kasaba uyushmasi boshlang‘ich qo‘mitasi huzuridagi Mehnat Ilmiy kengashi bo‘linmalar birlashmasi 1924 yilda tashkil etilgan. Tugatilish sanasi ma’lum emas.
TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOAT MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI №22-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Turkiston ASSR xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi huzuridagi sovet va jamoat muassasalari kasaba uyushmasi №22-son Mahalliy Qo‘mitasi 1918 yil 1 noyabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1924 yil 1 noyabrda tugatilgan.
ISTЕ’MOLCHILAR JAMIYATLARI TURKISTON ITTIFOQI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA ITTIFOQI 57-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Iste’molchilar jamiyatlari Turkiston ittifoqi huzuridagi sovet va jamoatchilik muassasalari kasaba ittifoqi 57-son mahalliy qo‘mitasi 1919 yil da Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1923 yil 17 dekabrda tugatilgan.
SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA QO‘MITASI Toshkent sh.
Sovet va jamoatchilik muassasalari kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi 1919 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1924 yilda Sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilgan va shu yili tugatilgan.
TURKISTON ASSR ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI JINOYAT QIDIRUV MARKAZIY BOSHQARMASI
Turkiston ASSR Ichki ishlar xalq komissarligi huzuridagi jinoyat qidiruv Markaziy boshqarmasi 1920 yil Toshkentda tashkil etilib, tashkilot 1924 yil 25 noyabrda tugatilgan.
SOVЕT VA PARTIYA ISHI MARKAZIY MAKTABI HUZURIDAGI TURKISTON ASSR ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI KURSLARI
1919 yilda Toshkent shahrida Turkiston ASSR Ichki va tashqi ishlar xalq komissarligi huzurida militsiya nozirlarini kurslari faoliyat ko‘rsatgan. Kurslar to‘g‘risidagi Nizom 1918 yil 30 noyabrdagi Turkiston ASSR Ichki va tashqi ishlar Xalq Komissarligi Hay’ati yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va qabul qilingan.
1919 yil 18 martda kurslar ochilgan. 1920 yil 19 iyunda Turkiston ASSR Ichki ishlar xalq komissarligi kurslarini sovet va partiya ishchilari o‘lka kurslari bilan birlashtirilgan.
BatafsilTURKISTON ASSR ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI JAZONI O‘TASH MUASSASALARI BOSHQARMASI
1922 yil 14 noyabrdagi Turkiston ASSR XKSning 220-sonli qarori bilan barcha jazoni o‘tash muassasalarini birlashtirish va ustidan nazoratni amalga oshirish uchun Turkiston ASSR Adliya xalq komissarligining ahloq tuzatish-mehnat bo‘limi Turkiston ASSR Ichki ishlar xalq komissarligi jazoni o‘tash muassasalari boshqarmasiga aylantirilgan. 1924 yil 22 noyabrda Turkiston ASSR Ichki ishlar xalq komissarligi jazoni o‘tash muassasalari boshqarmasi O‘rta Osiyodagi o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.
TURKISTON ASSR ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI MILITSIYA BOSH BOSHQARMASI
1917 yil 28 oktyabrdagi Rossiya Ichki ishlar xalq komissarligining “Ishchi militsiyasi to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, yangi turdagi militsiya tashkil etilgan. Unga ko‘ra, “barcha Ishchilar va askar deputatlari Kengashlariga inqilobiy intizomni yo‘lga qo‘yish va ushlab turish uchun “ishchi militsiyasi”ni ta’sis etish belgilangan.
TURKISTON ASSR NKVD KOMMUNAL XO‘JALIK BOSH BOSHQARMASI
Turkiston ASSR NKVD kommunal xo‘jalik Bosh Boshqarmasi 1922 yil 11-18 iyunda 1-Umumturkiston viloyat va uyezd-shahar kommunal boshqarmalari mudirlari, militsiya boshliqlari va shahar kommunal bo‘limlari mudirlari qurultoyida tashkil etilgan. 37 ta kommunal xo‘jalik Boshqarmasi tizim idoralari faoliyat ko‘rsatgan. Turkiston ASSR NKVD kommunal xo‘jalik Bosh Boshqarmasi 1924 yilda tugatilgan.