Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Iqtisodiyot

TURKISTON ASSR ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGINING AHOLINI EVAKUATSIYA QILISH MARKAZIY BOSHQARMASI (TURKSЕNTROEVAK)

Fond raqami: R-621 Saqlov birligi: 140 Davriy chegarasi: 1920 - 1922
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining 1919 yil 22 iyuldagi dekreti bilan Turkiston o‘lkasi aholini ko‘chirish boshqarmasi (Turkkrayevak) tuzilib, 1920 yil 22 iyulda Turkiston ASSR IIXK (NKVD) ning Aholini (ko‘chirish) Evakuatsiya qilish Markaziy Boshqarmasi (Turksentroevak) deb nomlandi.

Turk ASSR Xalq Komissarlari Sovetining 1922 yil 27 oktyabrdagi qarori asosida aholini ko‘chirish organlari faoliyati tugatilib, ularning vazifalari qisman Yer ishlari Xalq komissarligiga o‘tkazilgan.

Batafsil

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI MOLIYA XALQ KOMISSARLIGI (TURKISTON ASSR NARKOMFIN)

Fond raqami: R-37 Saqlov birligi: 2901 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi: Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917 yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan tuzilgan.O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 21 noyabrda tugatilgan. Batafsil

TURKISTON XALQ BANKI

Fond raqami: R-337 Saqlov birligi: 297 Davriy chegarasi: 1918 - 1920
Tashkilot tarixi: Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 18 maydagi buyrug‘i bilan tuzilgan. Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1920 yil 26 maydagi dekreti bilan tugatilgan. Batafsil

TURKISTON ASSR YER ISHLARI KOMISSARLIGI (NARKOMZЕM, TURKISTON ASSR)

Fond raqami: R-29 Saqlov birligi: 3618 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917-yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan tuzilgan.O‘rta Osiyodagi milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 24 dekabrda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI QOSHIDAGI O‘RMONCHILIK BOSHQARMASI

Fond raqami: R-182 Saqlov birligi: 661 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Xalq Komissarlarining 1918 yil 31 yanvardagi buyrug‘i bilan tuzilgan. O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati munosabati bilan 1924 yil 24 dekabrda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR QISHLOQ XO‘JALIGI XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI DAVLAT YILQICHILIK BOSHQARMASI

Fond raqami: R-184 Saqlov birligi: 288 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Qishloq xo‘jaligi xalq komissarligining 1918 yil 25 iyundagi buyrug‘iga asosan shu komissarlikning Chorvachilik boshqarmasi qoshida tashkil etilgan. Turkiston ASSRning 1920 yil 24 fevraldagi qaroriga asosan Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi huzuridagi davlat Yilqichilik bo‘limi sifatida, 1923 yilda Turkiston ASSR Qishloq xo‘jaligi xalq komissarligi huzuridagi Yilqichilik bosh Boshqarmasiga aylantirilgan. 1924 yil oxirida uning faoliyati tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR YER ISHLARI KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SUV XO‘JALIGI BOSHQARMASI (TURKVODXOZ)

Fond raqami: R-215 Saqlov birligi: 1654 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

1918 yil 17 iyunda Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Turkiston suv xo‘jaligi boshqarmasining 1924 yil 22 noyabrdagi buyrug‘i bilan tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR OZIQ-OVQAT XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI BALIQCHILIK VA BALIQ SANOATI BOSHQARMASI

Fond raqami: R-149 Saqlov birligi: 95 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi: 1918 yil 21 oktabrda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi qoshida Orolbo‘yi baliqchilik sanoati boshqarmasi, 1921 yil 24 sentyabrda Turkiston ASSR oziq-ovqat komissarligi qoshidagi baliqchilik va baliqchilik sanoati boshqarmasiga aylantirilgan.  1923 yil 10 oktabrda tashkilot faoliyati tugatilgan Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI (TURKISTON ASSR SSNX)

Fond raqami: R-27 Saqlov birligi: 2048 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 21 martdagi buyrug‘i bilan Turkiston o‘lka Xalq ishlab chiqarish kengashi tuzildi, 1918 yil may oyida Turkiston Respublikasi Sanoat Komissarligiga aylantirildi. 1918 yil 1 noyabrdan Xalq xo‘jaligi markaziy kengashiga aylantirilgan. O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 1 noyabrda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI QOSHIDAGI BIRINCHI TURKISTON MANUFAKTURASI (TURKMANUFAKTURA)

Fond raqami: R-130 Saqlov birligi: 77 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi:

TASSR Xalq Komissarlari Sovetining 1922 yil 1 apreldagi dekreti bilan tugatilgan Turkiston Respublikasi Davlat to‘qimachilik zavodlarini qurish qo‘mitasi (Komtekstroy)  tugatilib, uning negizida 1922 yil 1 mayda Turkiston Manufakturasi tashkil etilgan.  Nizom Turk ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Prezidiumining 1923 yil 16 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan. Birinchi Turkiston manufakturasi trest sifatida faoliyat yuritib, uning tarkibida Yettisuv gazlama fabrikasi va Bo‘zsuv GESi bo‘lgan. 1925 yil 4 yanvarda Turkiston ASSR organlarini tugatish bo‘yicha tashkil etilgan komissiya qaroriga ko‘ra 1924 yil 31 dekabrda uning faoliyati tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHINING DAVLAT MЕTALLNI QAYTA ISHLASH KORXONALAR UYUSHMALARI BOSHQARMASI

Fond raqami: R-125 Saqlov birligi: 130 Davriy chegarasi: 1920 - 1922
Tashkilot tarixi:

1920 yil 23 yanvarda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashining metall bo‘limi tashkil etildi; 1921 yil 30 iyulda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy kengashi qoshidagi Metallurgiya sanoati boshqarmasiga aylantirildi; 1922 yil 20 martda Turkiston  ASSR Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi Davlat metallni qayta ishlash korxonalari uyushmasi (Prommetall) bo‘limiga aylantirildi. 1922 yil 1 sentyabrda tashkilot faoliyati tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHINING DAVLAT UN-TЕGIRMON TRЕSTI (TURKGOSMUKTRЕST)

Fond raqami: R-142 Saqlov birligi: 193 Davriy chegarasi: 1921 - 1923
Tashkilot tarixi:

1921 yil fevral oyida Turkiston ASSR (Turkmuk) Xalq xo‘jaligi markaziy kengashi qoshidagi Oziq-ovqat boshqarmasida Un tegirmon tresti tashkil etilgan. 1923 yil 2 oktabrda Turkiston Oziq-ovqat qo‘mitasining Turkiston don maxsulotlari va Tegirmonchilk bo‘limlarining qo‘shilishi natijasida  Xalq Xo‘jaligi Markaziy kengashi qoshida Turkiston un tegirmon tresti tashkil etildi. 1924 yil 15 mayda Turkiston MIQ qoshidagi Turkiston Davlat un tegirmon tresti va don maxsulotlarinin tarqatish Boshqarmasi   Turkiston qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash va sotish davlat tresti sifatida tashkil etilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI QOSHIDAGI TAMAKI SANOATI BOSH BOSHQARMASI (TURKTABAK)

Fond raqami: R-163 Saqlov birligi: 153 Davriy chegarasi: 1919 - 1922
Tashkilot tarixi:

Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1919 yil 13 martdagi farmoni bilan “Tamakimonopol” davlat tamaki monopoliyasi tuzilib, 1921 yil 9 avgustda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi markaziy kengashining Tamaki sanoati Bosh boshqarmasiga aylantirildi (Turktabak). 1922 yil 2 noyabrda tashkilot faoliyati tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHININGDAVLAT SANOAT VA SAVDO KORXONALARI BO‘LIMI (GOSPROMTORG)

Fond raqami: R-43 Saqlov birligi: 187 Davriy chegarasi: 1922 - 1923
Tashkilot tarixi:

1922 yil 22 aprelda Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Prezidiumining buyrug‘i bilan Turkiston ASSR Markaziy Xalq xo‘jaligi Kengashining Savdo va ta’minot Bosh boshqarmasi (Turktorgsnab) tashkil etilib, u 1922 yil 1 avgustda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashining Davlat sanoat va tijorat korxonalari boshqarmasi sifatida tashkil etilgan. 1923 yil yanvar oyida tashkilot faoliyati tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR MARKAZIY STATISTIKA BOSHQARMASI

Fond raqami: R-21 Saqlov birligi: 1397 Davriy chegarasi: 1919 - 1924
Tashkilot tarixi: Turkiston MIQning 1919 yil 17 dekabrdagi farmoni bilan tashkil etilgan. 1924 yil dekabrda tashkilot faoliyati tugatilgan. Batafsil

Turkiston ASSR davlat ko‘mir va neft korxonalari tresti (Ugleneft)

Fond raqami: R-101 Saqlov birligi: 326 Davriy chegarasi: 1918 - 1922
Tashkilot tarixi:

Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 5 apreldagi buyrug‘i bilan Turkiston o‘lka xalq ishlab chiqarish kengashining kon bo‘limi tuzilib, 1919-yil 6 dekabrda Turkiston ASSR konchilik sanoati boshqarmasiga aylantirildi. TurkASSR; 1922 yil 15 yanvarda Turkiston ASSR Davlat ko‘mir va neft korxonalari tresti (Ugleneft) sifatida qayta tashkil etilgan va 1922 yil 15 sentyabrda tashkilot faoliyati tugatilgan.

Batafsil

Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi markaziy kengashi huzuridagi Turkiston davlat tog‘-kon-yonilg‘i tresti (Turktoptrest)

Fond raqami: R-663 Saqlov birligi: 355 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Xalq xo‘jalgi Markaziy kengashi prezidiumining 1923 yil 10 sentyabrdagi farmoni bilan tashkil etilggan. Trest o‘tin yoqilg‘isini g‘amlash, qo‘mir, neft ozokeritoltingugurt va boshqa yoqilg‘i manbalarini qazib olish va sotish vazifalarini bajargan.  1924 yil 24 dekabrda O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida uning faoliyati tugatilgan.

Batafsil

Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi To‘qimachilik sanoati bosh boshqarmasi

Fond raqami: R-128 Saqlov birligi: 159 Davriy chegarasi: 1919 - 1921
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy kengashining 1919 yil 12 iyuldagi buyrug‘i asosida uning qoshida To‘qimachilik boshqarmasi (Turktekstil) tashkil etilib, 1921 yil 22 martda Turkiston ASSR To‘qimachilik sanoati Bosh boshqarmasiga aylantirilgan. Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Prezidiumining 1921 yil 20 sentyabrdagi qarori asosida tashkilot faoliyati tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON OKRUGI POCHTA-TЕLЕGRAF BOSHQARMASI HUZURIDAGI DAFN G‘AZNASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-716 Saqlov birligi: 126 Davriy chegarasi: 1919 - 1920
Tashkilot tarixi: Turkiston pochta-telegraf okrugi Boshqarmasi huzuridagi pochta-telegraf dafn g‘aznasi 1919 yildan 1920 yilga qadar Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatgan. Batafsil

TURKISTON G‘AZNA PALATASI XIZMATCHILARI ITTIFOQI KЕNGASHI Toshkent sh.

Fond raqami: P-812 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1918 - 1918
Tashkilot tarixi: Turkiston g‘azna palatasi xizmatchilari ittifoqi Kengashi 1918 yil 22 aprelda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1918 yil 26 avgust kuni tugatilgan. Batafsil

TURKISTON ASSR “QO‘SHCHI” ITTIFOQI MARKAZIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-44 Saqlov birligi: 210 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: “Qo‘shchi” ittifoqi 1919 yil 30 oktyabrda Turkiston ASSR Markaziy ijroiya qo‘mitasi tomonidan ziroatchi-dehqonlar, shuningdek chorikor-mardikorlarning mehnatkash qatlami tashkiloti sifatida, ovul, qishloqlardagi ziroatchi va chorvador aholining qambag‘al qatlamini boylar va quloqlar tomonidan ezib ishlatilishidan himoyalash maqsadida tuzilgan. 1924 yil 29 dekabrda O‘rta Osiyodagi milliy hududiy chegaralanish siyosati natijasida Turkiston ASSR “Qo‘shchi” ittifoqi Markaziy qo‘mitasining faoliyati tugatilgan. Batafsil

RSFSR YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI TOSHKЕNT HUDUDLARINI KO‘CHIRISH PUNKTI Toshkent sh.

Fond raqami: P-224 Saqlov birligi: 26 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi:

1922 yil 27 oktyabrdagi Xalq komissarlari Kengashi Qaroriga va 1923 yil 15 yanvardagi ko‘chib o‘tuvchilarining harakatlanishi bo‘yicha Boshqarma buyrug‘iga ko‘ra 1922 yil 21 dekabrda Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ko‘chirish punkti tashkil etiladi.

1923 yil 28 apreldagi 33-son Buyrug‘iga asosan Toshkent liniyali ko‘chirish punkti RSFSR ziroatchilik Xalq Komissarligi Turkiston rayon ko‘chirish punkti sifatida qayta nomlanadi. 1923 yil 1 avgust kuni RSFSR Yer ishlari Xalq Komissarligi Turkiston ko‘chirish punkti deb nomlanadi. Yer ishlari Xalq Komissarligining 1923 yil 15 dekabrdagi yozmasi bilan 1924 yil 15 yanvarda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON RЕSPUBLIKASI YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI YER JOYLASHTIRISH BOSHQARMASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-1597 Saqlov birligi: 61 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: Tashkil etilgan sanasi noma’lum. 1924 yil 24 dekabrda tugatilgan. 1921 yildan 1924 yilgacha hujjatlar mavjud. Batafsil

BUTUNROSSIYA MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI VA TURKISTON ISHLARI BO‘YICHA RSFSR XALQ KOMISSARLARI KЕNGASHI KOMISSIYASI HUZURIDAGI TURKISTON MUXTOR YER KOMISSIYASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-1793 Saqlov birligi: 6 Davriy chegarasi: 1922 - 1923
Tashkilot tarixi: Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Turkiston ishlari bo‘yicha RSFSR Xalq Komissarlari Kengashi komissiyasi huzuridagi Turkiston muxtor yer komissiyasi 1922 yil 25 noyabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1923 yilda tashkilot faoliyati tugatilgan. Batafsil

TURKISTON ASSR YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI TURKISTON ENTOMOLOGIK STANSIYASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-385 Saqlov birligi: 107 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi Turkiston entomologik stansiyasi 1917 yil 5 yanvarda tashkil etilgan.

Entomologik stansiya hujjatlarining chekka sanasi 1924 yil aprel bilan yakunlanmoqda. Tashkilot keyinchalik faoliyat olib borganligi yoki olib bormaganligini aniqlovchi hujjatlarni aniqlash imkoniyati cheklangan, ammo hujjatlardan tashkilshot tugatilmaganligi ko‘rinib turibdi.

Batafsil

O‘RTA OSIYODA KO‘CHIRISH BO‘YICHA ROSSIYA SOVЕT FЕDЕRATIV SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI VAKOLATLI BOSHQARMASI. Toshkent sh.

Fond raqami: P-874 Saqlov birligi: 26 Davriy chegarasi: 1922 - 1923
Tashkilot tarixi: O‘rta Osiyoda ko‘chirish bo‘yicha Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi vakolatli Boshqarmasi 1922 yil 1 yanvarda Toshkent shahrida tashkil etilgan.Tugatilgan sanasi noma’lum. Batafsil

TURKISTON ASSR YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGINING 7-SON SOVXOZI (Kaufman stansiyasi)

Fond raqami: P-208 Saqlov birligi: 2 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: Turkiston ASSR Yer ishlari bo‘yicha Xalq Komissarligi 7-son sovxozi 1920 yilda tashkil etilgan. Tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI HUZURIDAGI BIRINCHI TURKISTON MANUFAKTURASINI TUGATISH KOMISSIYASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-130 Saqlov birligi: 87 Davriy chegarasi: 1922 - 1925
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSRda davlat to‘qimachilik fabrikalarini ularning tizimidagi ishlab chiqaruvchilari bilan birgalikda barpo etish va ishlatish uchun

1922 yil 1 mayda Birinchi Turkiston manufakturasi tashkil etildi. 1924 yil 31 dekabrda Turkiston Manufakturasi Tugatish komissiyasi tashkil etildi.

Tugatish bo‘yicha boshqaruv hujjatlari aniqlanmagan, ammo tashkilotni tugatish komissiyasining oxirgi buyrug‘i 1925 yil 2 mart kuni qabul qilingan.

Batafsil

BUTUNITTIFOQ TO‘QIMACHILIK SINDIKATI TOSHKЕNT AGЕNTLIGI Toshkent sh.

Fond raqami: P-666 Saqlov birligi: 69 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi:

Butunittifoq to‘qimachilik sindikati Toshkent bo‘linmasi 1922 yil 1 noyabrda Butunittifoq to‘qimachilik sindikati Boshqaruvi qarori bilan tashkil etilgan. Butunrossiya To‘qimachilik Sindikati Toshkent bo‘linmasi 1922 yil 6 dekabrda Umumiy sanoat va savdo ishlari bo‘yicha Bosh Boshqarmasida №2-son bilan ro‘yxatga olingan.

1923 yil 15 martda Butunrossiya To‘qimachilik sindikati huzurida Sharq bo‘limi tashkil etiladi. Buxoro bo‘linmasi 1 martdan ochilgan, ammo amalda amaliyot 1923 yil 23 apreldan boshlangan.

Butunittifoq to‘qimachilik sindikati Toshkent bo‘linmasi manufaktura mollari bilan savdo qilgan.

Batafsil

TURKISTON O‘LKASI OZIQ-OVQAT QO‘MITASI

Fond raqami: P-42 Saqlov birligi: 2 Davriy chegarasi: 1917 - 1917
Tashkilot tarixi: 1917 yil mart oyida Turkiston o‘lkasi oziq-ovqat majlisi tashkil etilib, o‘lka, viloyat va tuman oziq-ovqat qo‘mitalari tashkil etilgan. Turkiston o‘lkasi oziq-ovqat majlisi tarkibi ishchi deputatlar, kopperativlar, qishlooq xo‘jaligi uyushmalari va ittifoqlari Kengashi vakillari hisobiga to‘ldirib borilgan. Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Kengashining 1918 yil 15 iyundagi 195-son buyrug‘iga asosan oziq-ovqat qo‘mitalari tarqatib yuborilgan. Barcha vakolat va Oziq-ovqat ishini yuritish bo‘yicha javobgarlik oziq-ovqat komissarlariga yuklatilgan. Batafsil

TURKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI JAMIYATI QOSHIDAGI MUZLATGICHLARDA ZAHIRALASH ISHLARI BO‘YICHA TURKISTON QO‘MITASI. TOSHKЕNT sh.

Fond raqami: P-161 Saqlov birligi: 11 Davriy chegarasi: 1923 - 1923
Tashkilot tarixi: Toshkent shahridagi Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati qoshidagi muzlatgich ishlari bo‘yicha Turkiston qo‘mitasi 1923 yil 21 may kuni tashkil etilgan. Mazkur ma’lumot Tashkiliy majlis yig‘ilishi Bayonnomasidan olingan. Batafsil

TOG‘-O‘RMON MЕVALARINI TAYYORLASH BO‘YICHATURKISTON O‘LKA OZIQ-OVQAT DIRЕKTORIYASI XIZMATLARI ITTIFOQI Toshkent sh.

Fond raqami: P-440 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1919 - 1919
Tashkilot tarixi: 1917 yil 26 noyabrda Toshkegnt shahrida Tog‘o‘rmon mevalarini tayyorlash bo‘yicha Turkiston o‘lka oziq-ovqat direktoriyasi xizmatlari Ittifoqi tashkil topgan. Batafsil

O‘RTA OSIYO IQTISODIY KЕNGASHI HUZURIDAGI O‘LKADA HOSILNI TAQSIMLASH BO‘YICHA TURKISTON MIQ VAKOLATXONASI

Fond raqami: P-249 Saqlov birligi: 85 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

 

Batafsil

TЕRI SANOATI MARKAZIY BOSHQARMASI (SЕNTROKOJ)

Fond raqami: P-699 Saqlov birligi: 366 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

1918 yil 4 iyundagi Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Kengashi qarori bilan tashqil topgan Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi Turkiston respublikasi iqtisodiy xayoti boshqaruvining Markaziy idorasi hisoblangan.

1921 yil 26 oktyabrda “Sentrokoj” boshqarmasi tarqatib yuborilib, umumiy rahbarlik, kelishish va ishlarning tashkillashtirish Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi xuzuridagi teri seksiyasi- SPO xuzuridagi kojseksiyasiga o‘tkazilgan.

Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi xuzuridagi Teri sanoati markaziy boshqarmasi o‘zgarishsin 19224 yilgacha faoliyatini davom ettirgan. 1924 yil noyabda O‘rta Osiyodagi milliy bo‘linish va Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi tugatilishi munosabati bilan boshqarma faoliyati tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON SSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI HUZURIDAGI JUN SANOATI BOSHQARMASI

Fond raqami: P-137 Saqlov birligi: 14 Davriy chegarasi: 1919 - 1922
Tashkilot tarixi:

1919 yil 1 yanvarda Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi jun sho‘basi tashkil etildi. Shu yili Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi xuzuridagi Jun bo‘limi sifatidan qayta nomlangan va 1919 yil 3 oktyabrda Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi huzuridagi Jun Boshqarmasi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlagan, ammo hech qanday bunga doir qarorsiz, biroq saqlanib qolgan arxiv materiallari asosida.

Batafsil

TURKISTON DAVLAT INSHOOTLARI QO‘MITASI HUZURIDAGI SANITAR-QURILISH BOSHQARMASI. Toshkent sh.

Fond raqami: P-176 Saqlov birligi: 4 Davriy chegarasi: 1921 - 1922
Tashkilot tarixi:

Materiallar to‘liq bo‘lmaganligi sababli tashkilotning tashkil topish sanasini aniqlash imkoni bo‘madi. 1922 yil 11 yanvardagi tugatish komissiyasini tuzish xaqidagi Buyruqqa sosan Turkiston davlat inshootlari Qo‘mitasi huzuridagi Sanitar-qurilish Boshqarmasi tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI HUZURIDAGI TURKISTON OG‘IRLIK VA O‘LCHOV MARKAZIY BYUROSI. Toshkent sh.

Fond raqami: P-266 Saqlov birligi: 6 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston o‘lchov va tarozi Markaziy byurosi 1923 yil 18 aprelda Ichki savdoni muvofiqlashtirish Qo‘mitasi huzurida tashkil etilgan. Tashkil etilgan sanasi Turkiston Respublikasi Moliya Xalq Komissarligi nomiga Ichki savdoni muvofiqlashtirish Qo‘mitasitomonidan yozilgan xatdan olingan. Tugatilish sanasini aniqlash hujjatlarni to‘g‘liq bo‘lmaganligi sababli imkoniyati cheklangan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI QOVUNCHI SHAKAR ZAVODI Kaufman stansiyasi.

Fond raqami: P-162 Saqlov birligi: 208 Davriy chegarasi: 1919 - 1941
Tashkilot tarixi: Turkiston ASSR Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi Kauchinsk shakar zavodi 1918 yilda tashkil topgan. Tashkilotning tugatilish sanasi ma’lum emas. Batafsil

TURKISTON DAVLAT INSHOOTLARI QO‘MITASI HUZURIDAGI TURKISTON ASSRDA TO‘QIMACHILIK FABRIKALARINI JOYLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘MITA

Fond raqami: P-129 Saqlov birligi: 17 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi: Turkiston davlat inshootlari qo‘mitasi huzuridagi Turkiston ASSRda to‘qimachilik fabrikalarini joylashtirish bo‘yicha Qo‘mita 1921 yil 7 martda tashkil topgan. Tashkilotning tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. Batafsil

KOMMUNAL XIZMATI XODIMLARI ITTIFOQI TURKISTON O‘LKA QO‘MITASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-798 Saqlov birligi: 6 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi: Mazkur fond tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1920 yildan 1921 yilgacha bo‘lgan davr hujjatlari mavjud. Batafsil

TURKISTON ASSR ZIROATCHILIK XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI QISHLOQ XO‘JALIK OMBORLARI TURKISTON DAVLAT BOSHQARUVI

Fond raqami: P-605 Saqlov birligi: 142 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi: Turkiston ASSR ziroatchilik Xalq Komissarligi huzuridagi qishloq xo‘jalik omborlari Turkiston davlat boshqaruvi 1923 yil 1 mayda Toshkent shahrida tashkil etilgan va 1924 yil 1 oktyabrga qadar foaliyat olib borgan. Batafsil

XILKOVO STANSIYASI HUZURIDAGI DAVLAT MIRZACHO‘L SEMENT ZAVODINI QURISH BO‘YICHA BOSHQARMASI

Fond raqami: P-177 Saqlov birligi: 6 Davriy chegarasi: 1918 - 1921
Tashkilot tarixi: mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1918 yildan 1921 yilgacha bo‘lgan davrga oid hujjatlar mavjud. Batafsil