Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy kengashining 1919 yil 12 iyuldagi buyrug‘i asosida uning qoshida To‘qimachilik boshqarmasi (Turktekstil) tashkil etilib, 1921 yil 22 martda Turkiston ASSR To‘qimachilik sanoati Bosh boshqarmasiga aylantirilgan. Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Prezidiumining 1921 yil 20 sentyabrdagi qarori asosida tashkilot faoliyati tugatilgan.
Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Prezidiumi va Turkiston to‘qimachilik boshqarmasi hay’at kengashining qarorlari, farmoyishlari va majlis bayonnomalari. Paxtasanoat bosh boshqarmasi, to‘qimachilik sanoati hududiy boshqarmalarining Andijon va Samarqand shaharlaridagi jun va ipak tolalarini xarid qilish, ip-kalava ishlab chiqarish va zig‘ir ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha ma’ruza va hisobotlar.