TURKISTON ASSR SOG‘LIQNI SAQLASH XALQ KOMISSARLIGI
Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917-yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan tuzilgan. O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy –hududiy chegaralanish siyosati munosabati bilan 1924 yil 24 noyabrda tugatilgan.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlari Soveti
1920 yil 8 sentyabrda tashkil qilingan. O‘rta Osiyoning milliy chegaralanishi munosabati bilan TurMIQ, BuxMIQ va XorMIQ ning qo‘shma qaroriga ko‘ra 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Sog‘liqni saqlash markaziy boshqarmasi
1920 yil 31 oktabrda Buxoro XSR Sog‘liqni saqlash xalq nozirligi tuzildi; 1921 yil 4 mayda u BXSR Sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta’minot xalq nozirligi deb o‘zgartirildi; 1923 yil may oyidan BXSR Ichki ishlar nozirligining Sog‘liqni saqlash markaziy bo‘limi, 1923 yil dekabrdan - BXSR Sog‘liqni saqlash markaziy boshqarmasi deb o‘zgartirildi va u 1924 yil 28 noyabrda tugatildi.
TURKISTON ASSRDAGI ROSSIYA QIZIL XOCH JAMIYATI VAKOLATLISI BOSHQARMASI HUZURIDAGI DAM OLISH UYI Toshkent stansiyasi. Troitskiy qishlog‘i.
Rossiya qizil xoj jamiyati vakolatlisi Boshqarmasi huzuridagi Dam olish uyi 1923 yil 19 may kuni tashkil etilgan. 1923 yil 10 sentyabrda tugatilgan. 1924 yil 24 aprelda qayta ochilgan va Rossiya qizil xoj jamiyati vakolatlisi Boshqarmasi huzuridagi Dam olish uyi sifatida faoliyatini davom ettirgan. Yozgi mavsum paytlarida, may, iyun, iyul, avgust oylarida ochilgan va yana yopilgan. 1924,1925 yillardagi va undan keyingi faoliyati haqida fondda hujjatlar mavjud emas.
BUTUNITTIFOQ DAVOLASH-SANITARIYA XODIMLARI SANOAT ITTIFOQI TURKISTON BO‘LIMI O‘LKA QO‘MITASI
Butunittifoq davolash-sanitar ishi xodimlari sanoat ittifoqi Turkiston bo‘limi O‘lka qo‘mitasi 1919 yil noyabr oyida Tibbiy-sanitariya xodimlari 1 O‘lka Qurultoyida tashkil etilgan. 1921 yil 25 iyul kuni Butunittifoq Kasaba uyushmasining Markaziy Kengashi Turkiston byurosi Qaroriga asosan amalda tugatilgan.
Butunittifoq davolash-sanitar ishi xodimlari sanoat ittifoqi Turkiston bo‘limi O‘lka qo‘mitasining Tibbiyot xodimlari Ittifoqi viloyat bo‘limlaridan kelgan vakillari ishtirokidagi 1921 yil 21 iyuldagi kengaytirilgan Plenumida Butunittifoq davolash-sanitar ishi xodimlari kasba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi Turkiston byurosi tashkil etildi.
TURKISTON RЕSPUBLIKASI TABIBLAR YORDAMCHILARI VA FЕLDSHЕRLAR KASABA UYUSHMASI MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI
Turkiston Respublikasi tabiblar yordamchilari va feldsherlar kasaba uyushmasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi 1918 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Tugatilish sanasi ma’lum emas.
TURKISTON ASSR SOG‘LIQNI SAQLASH XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI TIBBIY SANITARIYA ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI.
1940 yil 21 avgustda R-603-son fond R-40-son fond bilan birlashtirib yuborilgan
DAM OLISH, SANATORIYA VA DAM OLISH UYLARINI BOSHQARISH O‘ZBЕKISTON VA QIRG‘IZISTON SSR KASABA UYUSHMALARI BUTUNITTIFOQ MARKAZIY KЕNGASHI
O‘zbekiston SSR Kasaba uyushmalari Kengashi Prezdiumining 8 oktyabr 1934 yildagi qarori asosida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Kengashi dam olish uylari va sanatoriyalar boshqaruvi tuzilgan. 1937 yil 13 sentyabrda O‘zbekiston SSR kasaba uyushmalari tugatilishi munosabati bilan Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining O‘zbekistondagi dam olish uylari va sanatoriyalari boshqarmasiga aylantirilgan.
Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi kotibiyatining 1941 yil 28 avgustdagi qaroriga muvofiq Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining O‘zbekistondagi dam olish uylari va sanatoriyalari boshqarmasi O‘zbekiston va Qirg‘iziston SSRdagi Butunittifoq kasaba uyushmalari shifoxonalari Markaziy Kengashi boshqaruviga aylantirilgan. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin gospitallarni tugatilishi munosabati bilan 1946 yil mart oyida gospitallar boshqarmasi O‘zbekiston va Qirg‘iziston SSR Kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashining kurortlar, sanatoriyalari va dam olish uylari boshqarmasiga aylantirilgan. Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi Prezidiumining 1956 yil 7 apreldagi qarori asosida tugatilgan.
BatafsilO‘RTA OSIYO VA QOZOG‘ISTON ASSR (SRЕDAZKURORT) KURORTLARINI FOYDALANISH DAVLAT AKSIYADORLIK KOMPANIYASI
1923 yil iyun oyida Turkiston ASSR kurort ma’muriyati tuzilib, 1925 yil yanvar oyida milliy hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.
1925 yil yanvar oyida O‘rta Osiyo dam olish maskanlari ma’muriyati tashkil etilgan bo‘lsa-da, ushbu ma’muriyat 1927 yil oktyabr oyida O‘rta Osiyo respublikalari Sog‘liqni saqlash xalq komissarliklari tasarrufiga o‘tkazilishi munosabati bilan tugatilib, 1927 yil oktyabr oyida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston ASSR dam olish joylari Davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etilgan. 1931 yil fevral oyida tugatilgan.
BatafsilO‘ZBЕKISTON SSR SOG‘LIQNI SAQLASH XALQ KOMISSARLIGI
O‘zbekiston SSR Inqilobiy qo‘mitasining 1924 yil 22 noyabrdagi qarori bilan tashkil etilgan.
O‘ZBЕKISTON SSR MINISTRLAR SOVЕTI QOSHIDAGI QO‘RIQXONA VA HAYVONOT BOG‘LARI BOSHQARMASI
O‘zbekiston SSR XKSning 1939 yil 14 oktyabrdagi qarori bilan tashkil etilgan. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1951 yil 12 oktyabrdagi qarori bilan tugatilgan.
O‘ZBЕKISTON SSR DAVLAT JAMOAT KUTUBXONASI
1870 yilda Toshkent kutubxonasi tashkil etilgan. 1919 yil fevralda Toshkent Xalq Kutubxonasi, 1920 yil may oyida Turkiston Davlat kutubxonasi deb o‘zgartirilgan. O‘rta Osiyo tugatish komissiyasining 1925 yil 4 apreldagi qarori bilan O‘zbekiston SSR Xalq komissarligi qoshidagi O‘rta Osiyo Davlat kutubxonasiga aylantirilgan.
1934 yilda O‘rta Osiyo respublikalari muassasalarni faoliyatini tugatilishi munosabati bilan kutubxona nomi O‘zbekiston SSR Davlat jamoat kutubxonasi deb o‘zgartirilgan.
BatafsilO‘RTA OSIYO KO‘RGAZMA QO‘MITASI
1918 yil 19 iyulda Turkiston hunarmandchilik qo‘mitasining milliylashtirilgan jamg‘armasi asosida Turkiston Respublikasi Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashining sanoat va savdo bo‘limi huzurida viloyat hunarmandchilik muzeyi tashkil etildi; 1922 yil noyabrda Turkiston qo‘lyozmalarining doimiy ko‘rgazmasi deb nomlangan. 1922 yil 11 dekabrda Turkiston ASSR XKS qarori bilan Turkiston ASSR Davlat rejalashtirish qo‘mitasi huzurida Turkiston ko‘rgazma qo‘mitasi tashkil etildi; 1923 yil aprelidan boshlab O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tasarrufiga o‘tkazilib, O‘rta Osiyo ko‘rgazmalar qo‘mitasiga aylantirilgan.
1923 yil 5 dekabrdagi Turkiston ASSR MIQ va XKS qarori bilan tugatilgan.
BatafsilO‘RTA OSIYO BOSH MUZЕYI
1918 yil 22 mayda Turkiston Xalq universiteti kengashining qarori bilan muzey tashkil etilib, unga Turkiston Xalq muzeyi nomi berildi. Turkiston ASSR XKSning 1918 yil 31 maydagi buyrug‘i bilan muzey Turkiston ASSR Maorif xalq komissarligiga topshirilib, 1922 yilda muzey Turkiston Bosh muzeyiga aylantirilgan. Turkiston tarixiy, san’at va tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish qo‘mitasiga, 1925 yildan esa O‘rta Osiyo tarixiy, san’at va tabiat yodgoriklarini muhofaza qilish qo‘mitasiga bo‘ysungan. 1928 yilda O‘rta Osiyo Bosh muzeyi O‘rta Osiyoning tarixiy va davriy tabiati va madaniyati o‘lkashunoslik muzeyi sifatida faoliyat olib borgan. O‘rta Osiyo tarixiy, san’at va tabiat yodgorliklarni muhofaza qilish qo‘mitasining tugatilishi munosabati bilan O‘zbekiston SSR Maorif xalq komissarligi tasarrufiga topshirilgan.
O‘RTA OSIYO BOSH MUZЕYI
1918 yil 22 mayda Turkiston Xalq universiteti kengashining qarori bilan muzey tashkil etilib, unga Turkiston Xalq muzeyi nomi berildi. Turkiston ASSR XKSning 1918 yil 31 maydagi buyrug‘i bilan muzey Turkiston ASSR Maorif xalq komissarligiga topshirilib, 1922 yilda muzey Turkiston Bosh muzeyiga aylantirilgan. Turkiston tarixiy, san’at va tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish qo‘mitasiga, 1925 yildan esa O‘rta Osiyo tarixiy, san’at va tabiat yodgoriklarini muhofaza qilish qo‘mitasiga bo‘ysungan. 1928 yilda O‘rta Osiyo Bosh muzeyi O‘rta Osiyoning tarixiy va davriy tabiati va madaniyati o‘lkashunoslik muzeyi sifatida faoliyat olib borgan. O‘rta Osiyo tarixiy, san’at va tabiat yodgorliklarni muhofaza qilish qo‘mitasining tugatilishi munosabati bilan O‘zbekiston SSR Maorif xalq komissarligi tasarrufiga topshirilgan.
O‘RTA OSIYO TARIXIY, SAN’AT VA TABIAT YODGORLIKLARINI MUHOFAZA QILISH QO‘MITASI (SRЕDAZKOMSTARIS)
Turkiston ASSR MIQning 1920 yil 30 yanvardagi qarori bilan fan va san’atning barcha tarixiy yodgorliklarini muhofaza qilish vazifasi Turkiston arxivlari Markaziy boshqarmasi komissiyasiga topshirilgan. 1921 yil 21 mayda Turkiston ASSR XKSning qarori bilan Turkiston ASSRning tarixiy, san’at va tabiat yodgorliklar muzeylari va ularni himoya qilish qo‘mitasi (Turkomstaris) tashkil etildi. 1924 yil 26 dekabrda Turkomstaris O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashiga bo‘ysungan holda Turkiston ASSRning tarixiy, san’at va tabiat yodgorliklar muzeylari va ularni himoya qilish qo‘mitasiga aylantirildi.
1928 yil 7 aprel O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi qarori bilan tugatilgan.
BatafsilO‘RTA OSIYO ILMIY JAMIYATLARI BYUROSI
1925 yil 7 aprelda tashkil etilgan byuro O‘rta Osiyo ilmiy jamiyati, Rossiya botanika va geografiya jamiyatlarining Turkiston bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qilgan. O‘rta Osiyo Davlat universiteti qoshidagi ilmiy pedagogik jamiyat, Dermatologlar va venereologlar jamiyati, O‘rta Osiyo tibbiyot jamiyati, Turkiston psixiatr va nevropatologlar jamiyati, ilmiy va veterinariya jamiyati. Tojikiston va Eron millatlarini o‘z chegaralaridan tashqarida o‘rganish jamiyatlari, Otolaringologik jamiyat, ko‘z jamiyati, Pediatriya shifokorlari jamiyati, Butunrossiya muhandislar uyushmasining O‘rta Osiyo bo‘limi va Filatelistlar jamiyati. Jamiyat 1926 yilda tugatilgan.
O‘ZBЕKISTON ILMIY MUHANDISLIK-TЕXNIKA JAMIYATLARI KЕNGASHI (UZNITO)
1941 yil 29 noyabrda O‘zbekiston ilmiy muhandislik-texnika jamiyati vakillarining konferensiyasida O‘zbekiston ilmiy muhandislik-texnika jamiyati Kengashi tuzilib, uning Nizomi O‘zbekiston SSR XKSning 1941 yil 2 dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston ilmiy-muhandislik jamiyati Kengashining vazifalariga quyidagilar kirgan:
a) O‘zbekiston SSR sohaviy ilmiy-texnika jamiyatiga ularning ish rejalaridan kelib chiqib, eng muhim sanoat-texnik vazifalarni bajarishda ko‘maklashish, shuningdek, korxonalarga texnologiyalarni joriy etish va mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish;
b) sohaviy ilmiy-muhandislik jamiyati o‘rtasida ilmiy-ishlab chiqarish va texnik tajribani tashkil etish va tajriba almashish;
v) O‘zbekiston SSR ilmiy-muhandislik jamiyati ishini sohalariga ko‘ra muvofiqlashtirish va yo‘naltirish;
d) kadrlar tayyorlash va ilmiy-texnik bilimlar darajasini oshirishga ko‘maklashish;
ye) Xalq xo‘jaligi tomonidan ilgari surilgan ilmiy, texnikaviy, iqtisodiy va ishlab chiqarish masalalarini hal etish.
Jamiyat faoliyati Butunittifoq ilmiy muhandislik-texnik jamiyatlari Kengashining 1953 yil 8 apreldagi qarori bilan tugatilgan.
BatafsilO‘RTA OSIYO ILMIY MUHANDISLIK-TЕXNIKA JAMIYATLARI KЕNGASHI
Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining 1931 yil 19 noyabrdagi qarori va Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining qarori bilan O‘rta Osiyoda ilmiy muhandislik-texnika jamiyatlarining bir nechta tarmoqlari tashkil etildi;
1) O‘rta Osiyo ilmiy muhandislik jamiyatlari Kengashi;
2) ilmiy muhandislik jamiyatlari Kengashining Respublika tashkiliy byurolari;
3) ilmiy muhandislik jamiyatlarining O‘rta Osiyo byurolari (temiryo‘lchilar, irrigatorlar, neftchilar, ko‘mirchilar, paxtachilar, energetika, suv ta’minoti va sanitariya texnikasi, kimyogarlar;
4) quruvchilar, mashinasozlar, avtotransport, mahalliy transport, sement va keramika sanoati ilmiy muhandislik jamiyatlarining respublika tashkiliy byurolari.
O‘rta Osiyo Kengashi va ilmiy muhandislik-texnika jamiyatlarining sohaviy byurolari 1934 yilda tugatilgan.
BatafsilO‘ZBЕKISTON SSR OZIQ-OVQAT SANOATI ILMIY TADQIQOT INSTITUTI
O‘zbekiston SSR XXKSning 1939 yil 22 fevraldagi qaroriga asosan tashkil etilib, 1941 yil iyun oyida tugatilgan.
BUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY KЕNGASHI HUZURIDAGI MЕHNATNI TASHKIL ETISH VA MUHOFAZA QILISH O‘RTA OSIYO ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining 1930 yil 26 iyuldagi qarori bilan O‘rta Osiyo Mehnat muhofazasi instituti tashkil etilgan; 1930 yil 4 dekabrda O‘rta Osiyo gigiyena, patologiya va mehnat xavfsizligi instituti deb o‘zgartirilgan. 1932 yilda SSSR Mehnat xalq komissarligining O‘rta Osiyodagi vakolatxonasi qoshida mehnatni tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha O‘rta Osiyo Davlat tashkilotlar va mehnatni muxofaza qilish instituti deb o‘zgartirilgan; 1933 yilda Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi huzuridagi tashkilotlar va mehnatni muhofaza qilish O‘rta Osiyo Davlat ilmiy-tadqiqot instituti deb o‘zgartirilgan. 1936 yil iyulda institut tugatilgan.
O‘ZBЕKISTON DAVLAT EKSPЕRIMЕNTAL TIBBIYOT ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
O‘zbekiston SSR XKSning 1934 yil 1 apreldagi qarori bilan O‘zbekiston SSR Sog‘liqni saqlash xalq komissarligi qoshida tashkil etilgan. O‘zbekiston SSR Sog‘liqni saqlash xalq komissarligining 1940 yil 4 oktyabrdagi buyrug‘i bilan tugatilgan.
O‘RTA OSIYO DAVLAT RЕJALASHTIRISH KOMISSIYASI QOSHIDAGI IQTISODIY TADQIQOTLAR INSTITUTI
1928 yil 15 noyabrda SSSR MIQ qoshidagi Olimlar va ta’lim muassasalarini boshqarish qo‘mitasi qarori bilan, 1921 yildan beri faoliyat yuritib kelgan O‘rta Osiyo Davlat universitetining Iqtisodiy tadqiqotlar byurosi va Qishloq xo‘jaligi fakultetining ilmiy- tadqiqot byurosini birlashtirish natijasida O‘rta Osiyo Davlat universiteti qoshidagi Iqtisodiyot ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilgan.
Iqtisodiyot instituti Nizomiga ko‘ra uning vazifalariga quyidagilar kirgan: O‘rta Osiyo milliy iqtisodiyotini o‘rganish, O‘rta Osiyo shart-sharoitlarida tadqiqot olib borish metodologiyasini, xalq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha iqtisodiy rejalarni ishlab chiqish, malakali iqtisodchilarni tayyorlash.
O‘rta Osiyo davlat universiteti Iqtisodiyot instituti SSSR MIQ qoshidagi Olimlar va ta’lim muassasalari qo‘mitasining 1930 yildagi qaroriga ko‘ra, O‘rta Osiyo rejalashtirish komissiyasi tarkibiga o‘tkazilgan va institut nomi Iqtisodiy tadqiqotlar instituti deb o‘zgartirilgan. 1934 yil 13 oktyabrda O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining buyrug‘i bilan institut tugatilgan.
BatafsilO‘ZBЕKISTON SSR MAORIF XALQ KOMISSARLIGI QOSHIDAGI RЕSPUBLIKA SIYOSIY VA TA’LIM XODIMLARI MAKTABI
1937 yil 15 oktyabrda tashkil etilgan. O‘zbekiston SSR Maorif xalq komissarligining 1941 yil 20 oktyabrdagi buyrug‘iga asosan tugatilgan.
BUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY KЕNGASHINING TOSHKЕNT MAKTABI
1947 yil 1 yanvarda SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1946 yil 28 noyabrdagi qarori asosida tashkil etilgan. Maktabda o‘qish davri ikki yil bo‘lib, uning vazifalariga quyidagilar kirgan: respublika, viloyat kasaba uyushma qo‘mitalari boshliqlari va yirik korxonalar tarkibidagi fabrika zavodlarning mahalliy qo‘mitalariga raislarini tayyorlash. Kasaba Uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashi kotibiyatining 1956 yil 9 fevraldagi qarori asosida tugatildi.
TOSHKЕNT TЕATR VA RASSOMCHILIK TЕXNIKUMI
SSSR Ministrlar Sovetining 1947 yil 8 iyuldagi qarori va SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi san’at ishlari bo‘limining 1947 yil 25 iyuldagi buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi San’at Ishlari Boshqarmasining 1952 iyun 21 yildagi buyrug‘i asosida tugatilgan.
TURKISTON O‘LKASI MAHALLIY AHOLI VAKILLARI TIBBIYOT KOLLЕJI
1924 yil mart oyida 1920 yilda tashkil etilgan musulmon feldsherlik maktabi, akusherlik kurslari va Kollontay nomidagi hamshiralar maktabining birlashishi asosida tashkil etilgan. 1927 yilda tugatilgan.
I.V. STALIN NOMIDAGI O‘RTA OSIYO SANOAT AKADЕMIYASI
1929 yilda O‘rta Osiyo xo‘jalik va qizil direktorlar kurslari asosida tashkil etilgan; 1933 yilgacha u SSSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi tasarrufida, 1933 yildan 1938 yilgacha SSSR Yengil sanoat xalq komissarligi tasarrufida va 1938 yildan SSSR To‘qimachilik sanoati xalq komissarligi tasarrufida bo‘lgan. SSSR To‘qimachilik sanoati xalq komissarligining 1940 yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan tugatilgan.
O‘RTA OSIYO YAGONA SANOAT ISHCHILARI FAKULTЕTI
SSSR Sanoat xalq komissarligi ta’lim muassasalari Bosh boshqarmasining 1933 yil 28 iyundagi buyrug‘iga ko‘ra, O‘rta Osiyo Geologiya-qidiruv va O‘rta Osiyo qurilish ishchilari fakultetining birlashishi asosida tashkil etilgan. 1939 yilda tugatilgan.
TOSHKЕNT GЕOLOGIK-QIDIRUVCHILAR FAKULTЕTI
1930 yil 31 avgustda SSSR Og‘ir sanoat xalq komissarligi ta’lim muassasalari Bosh boshqarmasining buyrug‘i asosida tashkil etilgan. SSSR Og‘ir sanoat xalq komissarligining ta’lim muassasalari Bosh boshqarmasining 1933 yil 28 iyundagi buyrug‘iga ko‘ra, O‘rta Osiyodagi yagona sanoat ishchilar fakulteti tarkibiga kiritilgan.
O‘RTA OSIYO QURUVCHILAR FAKULTЕTI
SSSR Sanoat xalq komissarligi ta’lim muassasalari Bosh boshqarmasining 1933 yil 28 iyundagi buyrug‘iga ko‘ra, 1931 yil avgustda tashkil etilgan hamda O‘rta Osiyodagi yagona sanoat ishchilari fakulteti tarkibiga kiritilgan
O‘ZBЕKISTON ERKAKLAR TA’LIM INSTITUTI (UZINPROS)
1918 yil 31 may kuni, Turkiston musulmon o‘qituvchilar instituti tashkil etilgan. Keyinchalik birinchi O‘zbek Pedagogika kolleji deb qayta nomlanib, Mehnat Pedagogika maktabiga aylantirildi. Ushbu maktab negizida Turkiston ASSR Maorif xalq komissarligining 1920 yil 1 sentyabrdagi buyrug‘iga ko‘ra O‘zbekiston Erkaklar Ta’lim Instituti (Uzinpros) tashkil etilgan va institut 1928 yilda tugatilgan.
O‘RTA OSIYO QURILISH INSTITUTI
O‘rta Osiyo qurilish instituti 1931 yil mart oyida O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining qarori bilan O‘rta Osiyo paxtachilik irrigatsiya va politexnika institutidan ajralib chiqqan Qurilish fakulteti negizida tashkil etilgan.
O‘RTA OSIYO QISHLOQ XO‘JALIK INSTITUTI (SASXI)
Institut 1930 yil 6 iyunda O‘rta Osiyo Davlat universitetining Qishloq xo‘jaligi fakulteti negizida tashkil etilib, SSSR Yer ishlari xalq komissarligi tasarrufida bo‘lgan. 1931 yilda uning faoliyati tugatilgan.
V.I. LЕNIN NOMIDAGI O‘RTA OSIYO DAVLAT UNIVЕRSITЕTI (SAGU)
1918 йил 21 апрель куни Туркистон ўлкаси ХКС буйруғи асосида Тошкентда Туркистон Халқ университети очилиб, 1920 йил 7 сентябрда ХКС қарори билан Туркистон давлат университети этиб ташкил этилган. 1924 йил 16 февралда Маориф халқ комиссарлиги қарори билан Ўрта Осиё Давлат университети деб ўзгартирилган (САГУ).