SSSR Sanoat xalq komissarligi ta’lim muassasalari Bosh boshqarmasining 1933 yil 28 iyundagi buyrug‘iga ko‘ra, O‘rta Osiyo Geologiya-qidiruv va O‘rta Osiyo qurilish ishchilari fakultetining birlashishi asosida tashkil etilgan. 1939 yilda tugatilgan.
SSSR Rangli metallurgiya xalq komissarligi, SSSR Rangli metallurgiya xalq komissarligi ta’lim muassasalari bosh boshqarmasining buyruqlari va maxsus xatlari; pedagogik kengash, uslubiy komissiya, fizika-matematika, biologik va texnik jarayonlarining fan komissiyasi va fakultet bo‘yicha buyruqlar, o‘quv qismi yig‘ilishlari bayonnomalari; o‘quv dasturlari (1934 – 1939 yillar) va o‘quv qismining hisobotlari (1937 – 1938 yillar).