Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O‘RTA OSIYO YAGONA SANOAT ISHCHILARI FAKULTЕTI

Fond raqami:
R-632
Saqlov birligi:
1195
Davriy chegarasi:
1933 - 1939

Tashkilot tarixi

SSSR Sanoat xalq komissarligi ta’lim muassasalari Bosh boshqarmasining 1933 yil 28 iyundagi buyrug‘iga ko‘ra, O‘rta Osiyo Geologiya-qidiruv va O‘rta Osiyo qurilish ishchilari  fakultetining birlashishi asosida tashkil etilgan. 1939 yilda tugatilgan.


Fond sharhi

SSSR Rangli metallurgiya xalq komissarligi, SSSR Rangli metallurgiya xalq komissarligi ta’lim muassasalari bosh boshqarmasining buyruqlari va maxsus xatlari; pedagogik kengash, uslubiy komissiya, fizika-matematika, biologik va texnik jarayonlarining fan komissiyasi va fakultet bo‘yicha buyruqlar, o‘quv qismi yig‘ilishlari bayonnomalari; o‘quv dasturlari (1934 – 1939 yillar) va o‘quv qismining hisobotlari (1937 – 1938 yillar).