TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI DAVLAT PLAN KOMISSIYASI (TURKGOSPLAN)
1921 yil 23 noyabrda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Iqtisodiy Kengashi qoshida tuzilgan, 1925 yil 11 mayda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.
BatafsilTURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI POCHTA VA TЕLЕGRAF XALQ KOMISSARLIGI (TURKASSR POCHTA XALQ KOMISSARLIGI, TURKASSR NKPT)
Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917-yil 23 noyabrdagi dekreti asosida tuzilgan; 1922 yil 9 sentyabrda O‘rta Osiyo aloqa okrugiga aylantirilgan.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Iqtisodiy Kengashi (BNSR ECOSO, Bux ECOSO)
TURKISTON OKRUGI TRANSPORT XODIMLARI BILAN TA’MINLASH BOSHQARMASI (TURKPRODPUT)
TOSHKЕNT SHAHAR POCHTA-TЕLЕGRAF IDORASI HUZURIDAGI OZIQ-OVQAT QO‘MITASI
ROSSIYA TЕLЕGRAF AGЕNTLIGINING TURKISTON BO‘LINMASI
Rossiya telegraf agentligi Turkiston bo‘linmasi “TurkRosTA” 1919 yil noyabr oyidan faoliyat ko‘rsata boshlagan. 1922 yil 8 yanvarda Turkiston respublikasi Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan Turkiston Telegraf Agentligi TurkTA to‘g‘risida Nizom tasdiqlangan. Rossiya telegraf agentligi Turkiston bo‘linmasini Turkiston Telegraf Agentligi Turk TA deb qayta nomlanganligi haqida ma’lumotlar aniqlanmagan.
Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1922 yil 1 avgustdagi Qarori bilan TurkTA faqat telegraf axboroti apparatiga aylantirilgan 1923 yil 1 apreldan Rossiya telegraf agentligi Turkiston bo‘linmasi huzurida Tijorat Telegraf agentligi Turkiston bo‘linmasi TurkKomTA tashkil etilgan. 1923 yil 24 noyabrdan Rossiya Telegraf Agentligining xay’at yig‘ilishida Rossiya telegraf agentligi Turkiston bo‘linmasi va Rossiya Telegraf Agentligining O‘rta Osiyo bo‘linmasini qayta tashkil etish masalari ko‘rib chiqilgan. SredazEkoso Prezidiumining 1924 yil 10 apreldagi yig‘ilishida Rossiya Telegraf Agentligining O‘rta Osiyo bo‘linmasi va Rossiya telegraf agentligi Turkiston bo‘linmasi Rossiya Telegraf Agentligining O‘rta Osiyo bo‘linmasi sifatida qayta tashkil etilgan.
BatafsilSSSR ALOQA YO‘LLARI TURKISTON OKRUGI TOSHKЕNT TЕMIR YO‘LLARI BOSHQARMASI
Toshkent temir yo‘o‘lari 1917 yil 1 yanvarda tashkil etilgan. SSSR Xalq Komissarlari Kengani va SK VPK(b) ning 1936 yil 13 maydagi qarori va NKPS ning 1936 yil 14 maydagi № 62/TS-son buyrug‘iga asosan mavjud O‘rta-Osiyo temir yo‘llari Ashxobod va Toshkent temir yo‘llariga bo‘lingan. NKPSning 1936 yil 19 iyuldagi №102/a sonli va Toshkent temir yo‘llari boshlig‘ining 1936 yil №143/N-son buyrug‘iga asosan Toshkent temir yo‘llari 1936 yil 1 iyuldan quyidagi hududiy chegaralar bo‘yiche ekspluatatsiyaga-foydalanishga topshirilgan: Oxirgi bekat Ashxobod temir yo‘llari Ziadin (hozirgi vaqtda Ziyovuddin) stansiyasidan, Orenburg temir yo‘llari Jusali stansiyasi va Turkiston-Sibir temir yo‘llari stansiyasi.
Barcha hujjatlar shaxsiy kelib chiquvchi hujjatlar bo‘lganligi sababli tashkilotning tugatilgan sanasini aniqlash imkoniyati cheklangan.
BUTUNROSSIYA POCHTA-TЕLЕGRAF ITTIFOQINING TURKISTON O‘LKASIDAGI POCHTA-TЕLЕGRAF QO‘MITASI
1917 yil 19 iyunda Toshkent shahrida Butunrossiya pochta-telegraf ittifoqi Turkiston o‘lka pochta-telegraf qo‘mitasi tashkil etilgan. 1918 yil 27 fevralda Butunrossiya pochta-telegraf ittifoqi Turkiston vaqtinchalik inqilobiy o‘lka pochta-telegraf qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilgan.
TURKISTON ALOQA YO‘LLARI OKRUGINING O‘LKADAGI MAHALLIY TRANSPORT BOSHQARMASINING YUKLARNI YUKLASH BYUROSI
1919 yil 14 aprelda Turkiston xabar yo‘llari okrugi O‘lka Boshqarmasi (Turkput) qayta tashkil etilgan.
1920 yil 12 aprelda Turkiston xabar yo‘llari okrugi deb qayta nomlangan. Uning tarkibiga quyidagi bo‘limlar kirgan: ma’muriy, xo‘jalik, yo‘llar va telegraflar, tibbiy yordam, moliyaviy, Harbiy-xalq qo‘riqchiligi.
1923 yil 21 maydan mahalliy transport Turkiston okrugi Boshqarmasi Yuklash byurosi deb qayta nomlangan.
TURKISTON ALOQA YO‘LLARI OKRUGI (TXO‘O)
1917 yil 23 noyabrdagi Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Kengashi buyrug‘i bilan xabarlar yo‘llari Komissarligi tashkil etilgan;1918 yil 14 aprelda u Toshkent xabar yo‘llari o‘lka boshqarmasi (Turkyo‘l) sifatida qaytatashkil etilgan. 1920 yil 12 apreldagi RSFSR xabar yo‘llari Xalq komissarligi buyrug‘i bilan Turkiston xabarlar yo‘llari okrugi tashkil etilgan. Okrug 1922 yil oktyabrda tugatilgan, uning vazifalari RSFSRning O‘rta Osiyodagi xabarlar yo‘llari Xalq Komissarligiga o‘tgan.
TURKISTON RЕSPUBLIKASI OZIQ-OVQAT XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI TURKISTON AVTO-BAZASI.
Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ma’lum emas. Fondda 1921 yildan 1922 yilga qadar davr hujjatlari saqlanmoqda.
TURKISTON ASSR XALQ KOMISSARLARI KЕNGASHI HUZURIDAGI TURKISTON BOJXONA NAZORATI BOSHQARMASI.
Dastlab RSFSR Tashqi savdo xalq komissarligi Turkiston bo‘limi qoshidagi Bojxona nazorati boshqarmasiga tegishli R-331-sonli fond nomi bilan 14 turdagi yig‘majildlar asosida shakllantirilgan. 1928 yilda ushbu fondga tegishli bo‘lmagan 244-sahifa SSSR Ittifoqi Bosh bojxona boshqarmasining R-1703-O‘rta Osiyo bo‘limi fondiga o‘tkazilgan. 1975 va 1980 yillarda shakllantirilgan ro‘yxatalar asosida RSFSRning tashqi savdo Xalq komissarligi Turkiston bo‘limi Bojxona okrugi boshqarmasi Toshkent shaharning R-330 fondi hujjatlari bilan birlashtirilib yuborilib, Turkiston ASSR XKS qoshidagi Turkiston bojxona nazorati boshqarmasi nomi ataldi.
TRANSPORT XODIMLARI TURKISTON OKRUGI TA’MINOT BOSHQARMASI HUZURIDAGI SOVЕT VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI 6-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Transport xodimlari Turkiston okrugi ta’minot boshqarmasi huzuridagi sovet va jamoatchilik muassasalari kasaba uyushmasi 6-son mahalliy qo‘mitasi 1921 yil 1 dekabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1922 yilda tugatilgan.
TURKISTON ALOQA YO‘LLARI BO‘LINMASI HUZURIDAGI SOVЕT VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI 6-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Turkiston xabar yo‘llari bo‘linmasi huzuridagi sovet va jamoatchilik muassasalari kasaba uyushmasi 6-son mahalliy qo‘mitasi 1917 yil mart oyida Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1922 yil tugatilgan.
TURKISTON ALOQA YO‘LLARI OKRUGI HUZURIDAGI TЕMIR YO‘L TRANSPORTI ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI
Turkiston xabar yo‘llari okrugi huzuridagi temir yo‘l transporti ishchilari kasaba uyushmasi mahalliy qo‘mitasi 1918 yil 23 aprelda Toshkentda tashkil etilgan. Mazkur Tashkilot 1924 yil tugatilgan.
SSSR TRANSPORT ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASINING TURKISTON RЕSPUBLIKASIDAGI VAKOLATXONASI
SSSR transport ishchilari kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasining Turkiston Respublikasidagi vakolatlisi o‘z faoliyatini 1923 yil 8 iyulda Toshkent shahrida boshlagan. Mazkur fondda 1923 – 1925 yillarga oid hujjatlar maqjud. Tugatilish sanasi noma’lum.
TOSHKЕNT OT-POCHTA STANSIYASI HUZURIDAGI XALQ ALOQASI ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI Toshkent sh.
Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1921 yil davrga oid hujjatlar mavjud.
SSSR ALOQA XALQ KOMISSARLIGINING O‘RTA OSIYODAGI VAKILINING BOSHQARMASI
1930 yil 1 oktyabrda O‘rta Osiyo aloqa okrugi direksiyasi o‘rniga SSSR Aloqa xalq komissarligining O‘rta Osiyodagi pochta va telegraflar boshqarmasi tashkil etilgan; 1932 yil 1 fevraldagi buyrug‘i bilan SSSR Aloqa xalq komissarligining O‘rta Osiyodagi vakilining boshqarmasi deb o‘zgartirilgan. SSSR Aloqa xalq komissarligining 1934 yil 5 oktyabrdagi buyrug‘i bilan boshqarma tugatilgan.
O‘RTA OSIYO ALOQA OKRUGI BOSHQARMASI
Butunrossiya MIQ Prezidiumi 1922 yil 7 sentyabrdagi qarori bilan tashkil etilib, 1930 yil 1 oktyabrda tugatilgan.
MINISTRLAR SOVЕTI HUZURIDAGI DARYO TRANSPORTI BOSHQARMASI
SSSR Ministrlar Sovetining 1949 yil 20 avgustdagi qarori asosida O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzurida kichik daryolarni transportda rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilgan. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1953 yil 25 iyundagi qarori bilan Daryo transporti bosh boshqarmasiga aylantirilib, O‘zbekiston SSR yo‘l va transport xo‘jaligi ministrligiga topshirilgan. SSSR Ministrlar Sovetining 1954 yil 7 avgustdagi qarori asosida Daryo transporti bosh boshqarmasi O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti qoshidagi Daryo transporti boshqarmasiga aylantirilgan. Boshqaruv funksiyalariga, daryolar va magistral kanallar orqali mahalliy yuk tashishni rivojlantirish, flotni qurish va uning moddiy-texnik ta’minoti, respublikadagi barcha yuk tashish kemalarini ishga tushirish, kichik daryolar va kanallarda kemalarda yuk tashish va ulardan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish kirgan. O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti va O‘zbekiston Kommunistik Partiyasi Markaziy Qo‘mitasining 1956 yil 12 noyabrdagi qarori asosida tugatildi.
CHORJO‘Y SHAHRIDAGI O‘RTA OSIYO DAVLAT DARYO TRANSPORT XIZMATI BOSHQARMASI
SSSR Temir yo‘llari xalq komissarligining ichki suv yo‘llari Markaziy boshqarmasi buyrug‘i bilan 1923 yil 8 avgustda tashkil etilgan.
BUTUNITTIFOQ AVTOMOBIL, OT, OMBORXONA VA TRANSPORT-EKSPЕDITORLIK ISHLARI BIRLASHMASINING O‘RTA OSIYODAGI VAKOLATLI BOSHQARMASI
1931 yil 27 dekabrda tashkil etilib, 1932 yil 11 dekabrda tugatilgan.
O‘RTA OSIYO OKRUG MAHALLIY TRANSPORT BOSHQARMASI
Boshqarma 1925 yilda tashkil etilib, 1929 yilda uning faoliyati tugatilgan.
SSSR OG‘IR SANOAT VAKORLI XALQ KOmissariyatining O‘rta Osiyodagi BO‘LIMASI (O‘rta Osiyodagi SSSR UPOLNARKOTYAZHPROMA)
1932 yil yanvarda yaratilgan; SSSR NKTPning 1934 yil 17 oktyabrdagi buyrug'i bilan tugatilgan.
O‘RTA OSIYO TЕMIR YO‘LLARI BOSHQARMASI. Ashxobod sh.
SSSR XKS va Butunittifoq kommunistik partiyasi MQning 1936 yil 13 maydagi O‘rta Osiyo temir yo‘lini Toshkent va Ashxobod temir yo‘llariga ajratish to‘g‘risidagi qarori bilan tugatilgan.
BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI XALQ NOZIRLARI KЕNGASHI HUZURIDAGI BUXORO POCHTA-TЕLЕGRAF AGЕNTLIGI Buxoro sh.
Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1921 – 1922 yillarga oid hujjatlar mavjud.
BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASIDAGI TURKISTON ASSR POCHTA VA TЕLЕGRAFLARI XALQ KOMISSARLIGI VAKOLATXONASI
Turkistonda Butunrossiya kasaba uyushmalari vakolatxonalari 1917–1919 yillarda ushbu uyushmalarning Vakolatxonasi yoki o‘lka qo‘mitalari sifatida tashkil topgan. 1924–1925 yillarda O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy hududiy chegaralanish siyosatidan so‘ng vakolatxona faoliyati tugutilgan.