Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

TURKISTON ALOQA YO‘LLARI OKRUGI (TXO‘O)

Fond raqami:
P-233
Saqlov birligi:
3280
Davriy chegarasi:
1917 - 1922

Tashkilot tarixi

1917 yil 23 noyabrdagi Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Kengashi buyrug‘i bilan xabarlar yo‘llari Komissarligi tashkil etilgan;1918 yil 14 aprelda u Toshkent xabar yo‘llari o‘lka boshqarmasi (Turkyo‘l) sifatida qaytatashkil etilgan. 1920 yil 12 apreldagi RSFSR xabar yo‘llari  Xalq komissarligi buyrug‘i bilan  Turkiston xabarlar yo‘llari okrugi tashkil etilgan. Okrug 1922 yil oktyabrda tugatilgan, uning vazifalari RSFSRning O‘rta Osiyodagi xabarlar yo‘llari Xalq Komissarligiga o‘tgan.


Fond sharhi

RSFSR temir yo‘llari umumiy Nizomi, Turkyo‘llari, TXO‘O, TXO‘O bo‘limlari va xizmatlari to‘g‘risida nizomlar, xabar yo‘llari Komissarligi, Turkyo‘l va TXO‘O buyruqlari va sirkulyarlari, turkiston temir yo‘llari Bosh ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishlari bayonnomalari. Turkrespublikalari Inqilob Harbiy kengashi, Turkfront, Toshkent sovet jangovar drujinasi buyruqlari, V.I.Leninga suiqasd va uning sog‘ayishi munosabati bilan ishchi-temiryo‘lchiar telegrammasi (1918 y).