Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

SSSR ALOQA YO‘LLARI TURKISTON OKRUGI TOSHKЕNT TЕMIR YO‘LLARI BOSHQARMASI

Fond raqami:
P-609
Saqlov birligi:
3776
Davriy chegarasi:
1936 - 1964

Tashkilot tarixi

Toshkent temir yo‘o‘lari 1917 yil 1 yanvarda tashkil etilgan. SSSR Xalq Komissarlari Kengani va SK VPK(b) ning 1936 yil 13 maydagi qarori va NKPS ning 1936 yil 14 maydagi № 62/TS-son buyrug‘iga asosan mavjud O‘rta-Osiyo temir yo‘llari Ashxobod va Toshkent temir yo‘llariga bo‘lingan. NKPSning 1936 yil 19 iyuldagi №102/a sonli va Toshkent temir yo‘llari boshlig‘ining 1936 yil №143/N-son buyrug‘iga asosan Toshkent temir yo‘llari 1936 yil 1 iyuldan quyidagi hududiy chegaralar bo‘yiche ekspluatatsiyaga-foydalanishga topshirilgan: Oxirgi bekat Ashxobod temir yo‘llari Ziadin (hozirgi vaqtda Ziyovuddin) stansiyasidan, Orenburg temir yo‘llari Jusali stansiyasi va Turkiston-Sibir temir yo‘llari stansiyasi.

Barcha hujjatlar shaxsiy kelib chiquvchi hujjatlar bo‘lganligi sababli tashkilotning tugatilgan sanasini aniqlash imkoniyati cheklangan.


Fond sharhi

kapital qo‘yilmalar rejasi, kapital qo‘yilmalar rejasining bajarilish hisobotlari, umumlashgan yillik buxgalteriya hisobotlari, attestatsiya komissiyasi qaror va bayonnomalari, Toshkent temir yo‘llari Boshqarmasi buyruqlari va boshqalar.