Dastlab RSFSR Tashqi savdo xalq komissarligi Turkiston bo‘limi qoshidagi Bojxona nazorati boshqarmasiga tegishli R-331-sonli fond nomi bilan 14 turdagi yig‘majildlar asosida shakllantirilgan. 1928 yilda ushbu fondga tegishli bo‘lmagan 244-sahifa SSSR Ittifoqi Bosh bojxona boshqarmasining R-1703-O‘rta Osiyo bo‘limi fondiga o‘tkazilgan. 1975 va 1980 yillarda shakllantirilgan ro‘yxatalar asosida RSFSRning tashqi savdo Xalq komissarligi Turkiston bo‘limi Bojxona okrugi boshqarmasi Toshkent shaharning R-330 fondi hujjatlari bilan birlashtirilib yuborilib, Turkiston ASSR XKS qoshidagi Turkiston bojxona nazorati boshqarmasi nomi ataldi.
bojxona ishi faoliyatiga taaluqli qarorlar, sirkulyarlar, hukumat va mahalliy organlar bayonnomalari, sud qarorlari, hisobotlar, ish rejalari, dalolatnomalar, bildirishnomalar, qoralama xatlar, grafik, jadval, tekshiruv xulosalari.