Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

CHORJO‘Y SHAHRIDAGI O‘RTA OSIYO DAVLAT DARYO TRANSPORT XIZMATI BOSHQARMASI

Fond raqami:
R-244
Saqlov birligi:
733
Davriy chegarasi:
1923 - 1934

Tashkilot tarixi

SSSR Temir yo‘llari xalq komissarligining ichki suv yo‘llari Markaziy boshqarmasi buyrug‘i bilan 1923 yil 8 avgustda tashkil etilgan.


Fond sharhi

O‘rta Osiyo davlat Daryo floti boshqarmasi harbiy va dengiz ishlari bo‘yicha aloqa yo‘llari xalq komissarlarining buyruqlari va ko‘rsatmalari; Davlat daryo transporti Markaziy boshqarmasi yig‘ilishlarining qarorlari va bayonnomalari, O‘rta Osiyo davlat kemachilik xo‘jaligi boshqarmasi va O‘rta Osiyoda aloqa yo‘llari xalq komissarligi qoshidagi texnik yig‘ilishlar; gidrotexnika va sohil qurilishi va tiklash ishlarining ishlab chiqarish rejalari va dasturlari (1928 – 1930, 1930 – 1933 yillar), O‘rta Osiyo Daryo transportida ratsionalizatsiya bo‘yicha ish rejalari (1931 – 1932 yillar), istiqbolli besh yillik transport rejalari (1928 – 1933 yillar); quyi Ili daryosining tuproq-geografiyasi haqidagi tarixiy lavha (1929); O‘rta Osiyo davlat paroxod xizmati faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzalar va hisobotlar.