Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Sanoat

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI DAVLAT PLAN KOMISSIYASI (TURKGOSPLAN)

Fond raqami: R-20 Saqlov birligi: 572 Davriy chegarasi: 1921 - 1925
Tashkilot tarixi:

1921 yil 23 noyabrda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Iqtisodiy Kengashi qoshida tuzilgan, 1925 yil 11 mayda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI TURKISTON PAXTA QO‘MITASI (TURKXLOPKOM).

Fond raqami: R-111 Saqlov birligi: 1587 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

1918 yil 24 martda Turkiston o‘lka xalq ishlab chiqarish kengashi (keyinchalik Turkiston Respublikasi Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi)ning paxtachilik boshqarmasi tuzildi. 1922 yil boshida uning o‘rniga  Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti qoshida paxta qo‘mitasi (Turkxlopkom) tuzilgan. 1924 yil 20 dekabrda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR OZIQ-OVQAT XALQ KOMISSARLIGI (TURKNARKOMPROD)

Fond raqami: R-31 Saqlov birligi: 1007 Davriy chegarasi: 1917 - 1923
Tashkilot tarixi:

Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917 yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan oziq-ovqat Xalq komissarligi sifatida tashkil etilgan. 1918 yil 7 martda u Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Soveti qoshidagi oziq-ovqat bo‘limiga aylantirilgan. 1918 yil 15 iyunda Turkiston O‘lkasi oziq-ovqat direktoriyasi, 1919 yil dekabrda yana Turkiston ASSR oziq-ovqat xalq komissarligi sifatida tashkil etildi. Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1923 yil 7 oktabrdagi farmoni bilan Turkiston Oziq-ovqat Xalq Komissarligi tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR OZIQ-OVQAT XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI BALIQCHILIK VA BALIQ SANOATI BOSHQARMASI

Fond raqami: R-149 Saqlov birligi: 95 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi: 1918 yil 21 oktabrda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi qoshida Orolbo‘yi baliqchilik sanoati boshqarmasi, 1921 yil 24 sentyabrda Turkiston ASSR oziq-ovqat komissarligi qoshidagi baliqchilik va baliqchilik sanoati boshqarmasiga aylantirilgan.  1923 yil 10 oktabrda tashkilot faoliyati tugatilgan Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI (TURKISTON ASSR SSNX)

Fond raqami: R-27 Saqlov birligi: 2048 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 21 martdagi buyrug‘i bilan Turkiston o‘lka Xalq ishlab chiqarish kengashi tuzildi, 1918 yil may oyida Turkiston Respublikasi Sanoat Komissarligiga aylantirildi. 1918 yil 1 noyabrdan Xalq xo‘jaligi markaziy kengashiga aylantirilgan. O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 1 noyabrda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI QOSHIDAGI BIRINCHI TURKISTON MANUFAKTURASI (TURKMANUFAKTURA)

Fond raqami: R-130 Saqlov birligi: 77 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi:

TASSR Xalq Komissarlari Sovetining 1922 yil 1 apreldagi dekreti bilan tugatilgan Turkiston Respublikasi Davlat to‘qimachilik zavodlarini qurish qo‘mitasi (Komtekstroy)  tugatilib, uning negizida 1922 yil 1 mayda Turkiston Manufakturasi tashkil etilgan.  Nizom Turk ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Prezidiumining 1923 yil 16 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan. Birinchi Turkiston manufakturasi trest sifatida faoliyat yuritib, uning tarkibida Yettisuv gazlama fabrikasi va Bo‘zsuv GESi bo‘lgan. 1925 yil 4 yanvarda Turkiston ASSR organlarini tugatish bo‘yicha tashkil etilgan komissiya qaroriga ko‘ra 1924 yil 31 dekabrda uning faoliyati tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHINING DAVLAT MЕTALLNI QAYTA ISHLASH KORXONALAR UYUSHMALARI BOSHQARMASI

Fond raqami: R-125 Saqlov birligi: 130 Davriy chegarasi: 1920 - 1922
Tashkilot tarixi:

1920 yil 23 yanvarda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashining metall bo‘limi tashkil etildi; 1921 yil 30 iyulda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy kengashi qoshidagi Metallurgiya sanoati boshqarmasiga aylantirildi; 1922 yil 20 martda Turkiston  ASSR Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi Davlat metallni qayta ishlash korxonalari uyushmasi (Prommetall) bo‘limiga aylantirildi. 1922 yil 1 sentyabrda tashkilot faoliyati tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHINING DAVLAT UN-TЕGIRMON TRЕSTI (TURKGOSMUKTRЕST)

Fond raqami: R-142 Saqlov birligi: 193 Davriy chegarasi: 1921 - 1923
Tashkilot tarixi:

1921 yil fevral oyida Turkiston ASSR (Turkmuk) Xalq xo‘jaligi markaziy kengashi qoshidagi Oziq-ovqat boshqarmasida Un tegirmon tresti tashkil etilgan. 1923 yil 2 oktabrda Turkiston Oziq-ovqat qo‘mitasining Turkiston don maxsulotlari va Tegirmonchilk bo‘limlarining qo‘shilishi natijasida  Xalq Xo‘jaligi Markaziy kengashi qoshida Turkiston un tegirmon tresti tashkil etildi. 1924 yil 15 mayda Turkiston MIQ qoshidagi Turkiston Davlat un tegirmon tresti va don maxsulotlarinin tarqatish Boshqarmasi   Turkiston qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash va sotish davlat tresti sifatida tashkil etilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI QOSHIDAGI TAMAKI SANOATI BOSH BOSHQARMASI (TURKTABAK)

Fond raqami: R-163 Saqlov birligi: 153 Davriy chegarasi: 1919 - 1922
Tashkilot tarixi:

Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1919 yil 13 martdagi farmoni bilan “Tamakimonopol” davlat tamaki monopoliyasi tuzilib, 1921 yil 9 avgustda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi markaziy kengashining Tamaki sanoati Bosh boshqarmasiga aylantirildi (Turktabak). 1922 yil 2 noyabrda tashkilot faoliyati tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHININGDAVLAT SANOAT VA SAVDO KORXONALARI BO‘LIMI (GOSPROMTORG)

Fond raqami: R-43 Saqlov birligi: 187 Davriy chegarasi: 1922 - 1923
Tashkilot tarixi:

1922 yil 22 aprelda Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Prezidiumining buyrug‘i bilan Turkiston ASSR Markaziy Xalq xo‘jaligi Kengashining Savdo va ta’minot Bosh boshqarmasi (Turktorgsnab) tashkil etilib, u 1922 yil 1 avgustda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashining Davlat sanoat va tijorat korxonalari boshqarmasi sifatida tashkil etilgan. 1923 yil yanvar oyida tashkilot faoliyati tugatilgan.

Batafsil

Turkiston ASSR davlat ko‘mir va neft korxonalari tresti (Ugleneft)

Fond raqami: R-101 Saqlov birligi: 326 Davriy chegarasi: 1918 - 1922
Tashkilot tarixi:

Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 5 apreldagi buyrug‘i bilan Turkiston o‘lka xalq ishlab chiqarish kengashining kon bo‘limi tuzilib, 1919-yil 6 dekabrda Turkiston ASSR konchilik sanoati boshqarmasiga aylantirildi. TurkASSR; 1922 yil 15 yanvarda Turkiston ASSR Davlat ko‘mir va neft korxonalari tresti (Ugleneft) sifatida qayta tashkil etilgan va 1922 yil 15 sentyabrda tashkilot faoliyati tugatilgan.

Batafsil

Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi markaziy kengashi huzuridagi Turkiston davlat tog‘-kon-yonilg‘i tresti (Turktoptrest)

Fond raqami: R-663 Saqlov birligi: 355 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Xalq xo‘jalgi Markaziy kengashi prezidiumining 1923 yil 10 sentyabrdagi farmoni bilan tashkil etilggan. Trest o‘tin yoqilg‘isini g‘amlash, qo‘mir, neft ozokeritoltingugurt va boshqa yoqilg‘i manbalarini qazib olish va sotish vazifalarini bajargan.  1924 yil 24 dekabrda O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida uning faoliyati tugatilgan.

Batafsil

Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi huzuridagi Turkiston Davlat qurilish va ta’minoti qo‘mitasi

Fond raqami: R-167 Saqlov birligi: 586 Davriy chegarasi: 1917 - 1922
Tashkilot tarixi:

1917 yil 20 dekabrda Turkiston o‘lkasi temir yo‘l boshqarmasining yangi tarmoqlarini qurish bo‘limi tashkil etildi; 1920 yil 10 aprelda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi qoshidagi Turkiston Davlat qurilish ta’minoti qo‘mitasi etib qayta tashkil etildi. 1922 yilda 17 fevraldagi Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Prezidiumining qarori asosida tugatilgan.

Batafsil

Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi To‘qimachilik sanoati bosh boshqarmasi

Fond raqami: R-128 Saqlov birligi: 159 Davriy chegarasi: 1919 - 1921
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy kengashining 1919 yil 12 iyuldagi buyrug‘i asosida uning qoshida To‘qimachilik boshqarmasi (Turktekstil) tashkil etilib, 1921 yil 22 martda Turkiston ASSR To‘qimachilik sanoati Bosh boshqarmasiga aylantirilgan. Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Prezidiumining 1921 yil 20 sentyabrdagi qarori asosida tashkilot faoliyati tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI HUZURIDAGI BIRINCHI TURKISTON MANUFAKTURASINI TUGATISH KOMISSIYASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-130 Saqlov birligi: 87 Davriy chegarasi: 1922 - 1925
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSRda davlat to‘qimachilik fabrikalarini ularning tizimidagi ishlab chiqaruvchilari bilan birgalikda barpo etish va ishlatish uchun

1922 yil 1 mayda Birinchi Turkiston manufakturasi tashkil etildi. 1924 yil 31 dekabrda Turkiston Manufakturasi Tugatish komissiyasi tashkil etildi.

Tugatish bo‘yicha boshqaruv hujjatlari aniqlanmagan, ammo tashkilotni tugatish komissiyasining oxirgi buyrug‘i 1925 yil 2 mart kuni qabul qilingan.

Batafsil

BUTUNITTIFOQ TO‘QIMACHILIK SINDIKATI TOSHKЕNT AGЕNTLIGI Toshkent sh.

Fond raqami: P-666 Saqlov birligi: 69 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi:

Butunittifoq to‘qimachilik sindikati Toshkent bo‘linmasi 1922 yil 1 noyabrda Butunittifoq to‘qimachilik sindikati Boshqaruvi qarori bilan tashkil etilgan. Butunrossiya To‘qimachilik Sindikati Toshkent bo‘linmasi 1922 yil 6 dekabrda Umumiy sanoat va savdo ishlari bo‘yicha Bosh Boshqarmasida №2-son bilan ro‘yxatga olingan.

1923 yil 15 martda Butunrossiya To‘qimachilik sindikati huzurida Sharq bo‘limi tashkil etiladi. Buxoro bo‘linmasi 1 martdan ochilgan, ammo amalda amaliyot 1923 yil 23 apreldan boshlangan.

Butunittifoq to‘qimachilik sindikati Toshkent bo‘linmasi manufaktura mollari bilan savdo qilgan.

Batafsil

TURKISTON O‘LKASI OZIQ-OVQAT QO‘MITASI

Fond raqami: P-42 Saqlov birligi: 2 Davriy chegarasi: 1917 - 1917
Tashkilot tarixi: 1917 yil mart oyida Turkiston o‘lkasi oziq-ovqat majlisi tashkil etilib, o‘lka, viloyat va tuman oziq-ovqat qo‘mitalari tashkil etilgan. Turkiston o‘lkasi oziq-ovqat majlisi tarkibi ishchi deputatlar, kopperativlar, qishlooq xo‘jaligi uyushmalari va ittifoqlari Kengashi vakillari hisobiga to‘ldirib borilgan. Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Kengashining 1918 yil 15 iyundagi 195-son buyrug‘iga asosan oziq-ovqat qo‘mitalari tarqatib yuborilgan. Barcha vakolat va Oziq-ovqat ishini yuritish bo‘yicha javobgarlik oziq-ovqat komissarlariga yuklatilgan. Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ KOMISSARLARI KЕNGASHI HUZURIDAGI TURKISTON O‘LKASI NON XARID QILISH BO‘YICHA OZIQ-OVQAT BO‘LIMI VAKOLATLI BOSHQARMASI

Fond raqami: P-14 Saqlov birligi: 2 Davriy chegarasi: 1918 - 1923
Tashkilot tarixi: 1918 yil Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1923 yil tugatilgan. Batafsil

TURKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI JAMIYATI QOSHIDAGI MUZLATGICHLARDA ZAHIRALASH ISHLARI BO‘YICHA TURKISTON QO‘MITASI. TOSHKЕNT sh.

Fond raqami: P-161 Saqlov birligi: 11 Davriy chegarasi: 1923 - 1923
Tashkilot tarixi: Toshkent shahridagi Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati qoshidagi muzlatgich ishlari bo‘yicha Turkiston qo‘mitasi 1923 yil 21 may kuni tashkil etilgan. Mazkur ma’lumot Tashkiliy majlis yig‘ilishi Bayonnomasidan olingan. Batafsil

TOG‘-O‘RMON MЕVALARINI TAYYORLASH BO‘YICHATURKISTON O‘LKA OZIQ-OVQAT DIRЕKTORIYASI XIZMATLARI ITTIFOQI Toshkent sh.

Fond raqami: P-440 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1919 - 1919
Tashkilot tarixi: 1917 yil 26 noyabrda Toshkegnt shahrida Tog‘o‘rmon mevalarini tayyorlash bo‘yicha Turkiston o‘lka oziq-ovqat direktoriyasi xizmatlari Ittifoqi tashkil topgan. Batafsil

O‘RTA OSIYO IQTISODIY KЕNGASHI HUZURIDAGI O‘LKADA HOSILNI TAQSIMLASH BO‘YICHA TURKISTON MIQ VAKOLATXONASI

Fond raqami: P-249 Saqlov birligi: 85 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

 

Batafsil

TЕRI SANOATI MARKAZIY BOSHQARMASI (SЕNTROKOJ)

Fond raqami: P-699 Saqlov birligi: 366 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

1918 yil 4 iyundagi Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Kengashi qarori bilan tashqil topgan Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi Turkiston respublikasi iqtisodiy xayoti boshqaruvining Markaziy idorasi hisoblangan.

1921 yil 26 oktyabrda “Sentrokoj” boshqarmasi tarqatib yuborilib, umumiy rahbarlik, kelishish va ishlarning tashkillashtirish Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi xuzuridagi teri seksiyasi- SPO xuzuridagi kojseksiyasiga o‘tkazilgan.

Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi xuzuridagi Teri sanoati markaziy boshqarmasi o‘zgarishsin 19224 yilgacha faoliyatini davom ettirgan. 1924 yil noyabda O‘rta Osiyodagi milliy bo‘linish va Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi tugatilishi munosabati bilan boshqarma faoliyati tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON SSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI HUZURIDAGI JUN SANOATI BOSHQARMASI

Fond raqami: P-137 Saqlov birligi: 14 Davriy chegarasi: 1919 - 1922
Tashkilot tarixi:

1919 yil 1 yanvarda Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi jun sho‘basi tashkil etildi. Shu yili Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi xuzuridagi Jun bo‘limi sifatidan qayta nomlangan va 1919 yil 3 oktyabrda Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi huzuridagi Jun Boshqarmasi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlagan, ammo hech qanday bunga doir qarorsiz, biroq saqlanib qolgan arxiv materiallari asosida.

Batafsil

TURKISTON DAVLAT INSHOOTLARI QO‘MITASI HUZURIDAGI SANITAR-QURILISH BOSHQARMASI. Toshkent sh.

Fond raqami: P-176 Saqlov birligi: 4 Davriy chegarasi: 1921 - 1922
Tashkilot tarixi:

Materiallar to‘liq bo‘lmaganligi sababli tashkilotning tashkil topish sanasini aniqlash imkoni bo‘madi. 1922 yil 11 yanvardagi tugatish komissiyasini tuzish xaqidagi Buyruqqa sosan Turkiston davlat inshootlari Qo‘mitasi huzuridagi Sanitar-qurilish Boshqarmasi tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI HUZURIDAGI TURKISTON OG‘IRLIK VA O‘LCHOV MARKAZIY BYUROSI. Toshkent sh.

Fond raqami: P-266 Saqlov birligi: 6 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston o‘lchov va tarozi Markaziy byurosi 1923 yil 18 aprelda Ichki savdoni muvofiqlashtirish Qo‘mitasi huzurida tashkil etilgan. Tashkil etilgan sanasi Turkiston Respublikasi Moliya Xalq Komissarligi nomiga Ichki savdoni muvofiqlashtirish Qo‘mitasitomonidan yozilgan xatdan olingan. Tugatilish sanasini aniqlash hujjatlarni to‘g‘liq bo‘lmaganligi sababli imkoniyati cheklangan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI QOVUNCHI SHAKAR ZAVODI Kaufman stansiyasi.

Fond raqami: P-162 Saqlov birligi: 208 Davriy chegarasi: 1919 - 1941
Tashkilot tarixi: Turkiston ASSR Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi Kauchinsk shakar zavodi 1918 yilda tashkil topgan. Tashkilotning tugatilish sanasi ma’lum emas. Batafsil

TURKISTON DAVLAT INSHOOTLARI QO‘MITASI HUZURIDAGI TURKISTON ASSRDA TO‘QIMACHILIK FABRIKALARINI JOYLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘MITA

Fond raqami: P-129 Saqlov birligi: 17 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi: Turkiston davlat inshootlari qo‘mitasi huzuridagi Turkiston ASSRda to‘qimachilik fabrikalarini joylashtirish bo‘yicha Qo‘mita 1921 yil 7 martda tashkil topgan. Tashkilotning tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. Batafsil

KOMMUNAL XIZMATI XODIMLARI ITTIFOQI TURKISTON O‘LKA QO‘MITASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-798 Saqlov birligi: 6 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi: Mazkur fond tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1920 yildan 1921 yilgacha bo‘lgan davr hujjatlari mavjud. Batafsil

TURKISTON ASSR ZIROATCHILIK XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI QISHLOQ XO‘JALIK OMBORLARI TURKISTON DAVLAT BOSHQARUVI

Fond raqami: P-605 Saqlov birligi: 142 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi: Turkiston ASSR ziroatchilik Xalq Komissarligi huzuridagi qishloq xo‘jalik omborlari Turkiston davlat boshqaruvi 1923 yil 1 mayda Toshkent shahrida tashkil etilgan va 1924 yil 1 oktyabrga qadar foaliyat olib borgan. Batafsil

XILKOVO STANSIYASI HUZURIDAGI DAVLAT MIRZACHO‘L SEMENT ZAVODINI QURISH BO‘YICHA BOSHQARMASI

Fond raqami: P-177 Saqlov birligi: 6 Davriy chegarasi: 1918 - 1921
Tashkilot tarixi: mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1918 yildan 1921 yilgacha bo‘lgan davrga oid hujjatlar mavjud. Batafsil

MOSKVA TIKUV SANOATI KORXONASI BIRLASHMASI TURKISTON BO‘LINMASI HUZURIDAGI SSSR AVIATSIYA, KIMYOVIY SANOAT VA MUDOFAA DO‘STLIK JAMIYATI BYUROSI

Fond raqami: P-487 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1924 - 1924
Tashkilot tarixi: Moskva tikuv sanoati korxonasi birlashmasi Turkiston bo‘linmasi huzuridagi Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi aviatsiya va kimyoviy sanoat va mudofaa do‘stlik jamiyati yacheykasi byurosi 1924 yilda tashkil etilgan. Tugatilish sanasi 1924 yil. Batafsil

O‘RTA OSIYO PAXTA QOG‘OZ SANOATI ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI O‘LKA KO‘MITASI HUZURIDAGI O‘RTA OSIYO ILMIY MUHANDIS-TЕXNIK JAMIYATI.

Fond raqami: P-768 Saqlov birligi: 8 Davriy chegarasi: 1931 - 1934
Tashkilot tarixi:

O‘rta Osiyo paxta qog‘oz sanoati ishchilari kasaba uyushmasi o‘lka ko‘mitasi huzuridagi O‘rta Osiyo ilmiy muhandis-texnik jamiyati 1931 yildan 1934 yilgacha Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatgan.

Batafsil

TURKISTON O‘LKASI TOG‘-KON SANOATI KORXONALARI ISHCHI VA USTALARI, XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI BOSHQARMASI

Fond raqami: P-749 Saqlov birligi: 674 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi:

1917 yil 1 sentyabrda Skobelevda Turkiston o‘lkasi tog‘-kon korxonalari xodimlar, ishchilar va hunarmandlar kasaba uyushmasi Kengashi tuzildi. Keyinchalik kengash Toshkentga ko‘chirildi va 1919 yil 26 aprel kuni TurkASSR konchilar Ittifoqi Markaziy Kengashiga aylantirildi. 1919 yil 16 iyul kuni Markaziy qo‘mitasiga nomi o‘zgartirildi va 1919 yil 1 dekabr kuni yuqorida aytilgan kasaba uyushmasi viloyat qo‘mitasiga aylantirildi.

1920 yil 1 avgust kuni TurkASSR konchilar kasaba uyushmasi viloyat qo‘mitasi Butunrossiya konchilar kasaba uyushmasi Turkiston tuman byurosiga aylantirildi, 1922 yil Butunittifoq konchilar kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi Turkiston byurosi aylantirildi. 1924 yilda tugatilgan.

Batafsil

BUTUNROSSIYA QURILISH ISHCHILARI UYUSHMASI TURKISTON O‘LKASIDAGI QO‘MITASI (TOSHKЕNT SHAHAR KRAYKOMGOR)

Fond raqami: P-755 Saqlov birligi: 25 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi:

Boshqarma 1920 yil may oyida Toshkent shahrida tashkil etilgan. 19121 yil tugatilgan.

Batafsil

BUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY KЕNGASHINING TURKISTON BYUROSIDAGI MINTAQAVIY HARBIY OZIQ-OVQAT BYUROSI (TURKVOYENPRODBYURO)

Fond raqami: P-805 Saqlov birligi: 300 Davriy chegarasi: 1920 - 1922
Tashkilot tarixi:

1920 yil 2 fevralda Turkiston kasaba uyushmalari Markaziy Kengashida, 1921 yil 5 maydan - Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining Turkbyuroda tashkil etildi. 1922 yilda tugatilgan.

Batafsil

BUTUNITTIFOQ TO‘QIMACHILAR KASABA UYUSHMASI MARKAZIY KOMITЕTINING TURKISTON BYUROSI

Fond raqami: P-764 Saqlov birligi: 73 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi:

1917 yil 5 avgustda O‘rta Osiyo paxta, yog‘, sovun va paxta korxonalari ishchilari, hunarmandlari va xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Komiteti  o‘z faoliyatini boshladi.

1920 yil 18 iyun kuni to‘qimachilik ishchilar uyushmasi bilan Khlolmasmyl birlashishi munosabati bilan, Butunrossiya to‘qimachilik ishchilar uyushmasi Turkiston viloyat filiali Birlashgan kasaba uyushmalari Markaziy qo‘mitalari asosida tashkil etilgan, 1922 yil 11 avgust kuni Butunrossiya (1922 yil dekabrdan boshlab Butunittifoq) Markaziy qo‘mitasi to‘qimachilik ishchilari kasaba uyushmasi Turkiston byurosiga aylantirildi. 1925 yil yanvar oyida tugatilgan.

Batafsil

TURKISTONDA DAVLAT TO‘QIMACHILIK FABRIKALALARI QURILISH BO‘YICHA QO‘MITA HUZURIDAGI QURUVCHI ISHCHILAR KASABA UYUSHMASI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI

Fond raqami: P-441 Saqlov birligi: 11 Davriy chegarasi: 1922 - 1925
Tashkilot tarixi:

R-441-son fond R-130 son fond bilan birlashtirib yuborilgan.

Batafsil

TURKISTON O‘LKASI TIKUVCHILIK SANOATI KASABA UYUSHMASI QO‘MITASI

Fond raqami: P-802 Saqlov birligi: 72 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi:

“Ignalar” va “To‘qimachilar”ishlab chiqarish ittifoqlari umumlashgan qurultoyi natijasida va 1920 yil 20 yanvardagi mazkur qurultoyda qabul qilingan qarori natijsida Tikuvchilik sanoati kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi. Toshkent sh. Faoliyat ko‘rsata boshladi.

Batafsil

TURKISTON ASSR QISHLOQ XO‘JALIGI SANOATI KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-771 Saqlov birligi: 10 Davriy chegarasi: 1917 - 1919
Tashkilot tarixi:

O‘rmon ishi bo‘yicha ishchilar Ittifoqi Turkiston Qo‘mitasi 1917 yil 17 aprelda tashkil topgan. 1920 yil 13 sanada (oyi ma’lum emas) 2-Ishchilar qurutloyidan keyin o‘rmon ishi bo‘yicha arboblar majlisida dastlab Turkiston ASSR qishloq xo‘jaligi sanoati kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi keyinchalik bog‘bonlar ittifoqi bilan birlashish natijasida yuzaga kelgan. Natijada Qishloq xo‘jaligi sanoati kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi vazifalari kengaygan. Fond tarixini kengroq va to‘liqroq aniqlash imkoniyati cheklangan, sababi kam miqdorda saqlov birliklari saqlangan.

Batafsil

BIRINCHI O‘RTA OSIYO DAVLAT UNIVЕRSITЕTI MAORIF XODIMLARI, TЕMIR YO‘LCHILAR, TO‘QIMACHILAR KASABA UYUSHMASI IJROIYA BYUROSI

Fond raqami: P-485 Saqlov birligi: 63 Davriy chegarasi: 1924 - 1927
Tashkilot tarixi:

Birinchi O‘rta Osiyo davlat universiteti ma’rifat xodimlari, temir yo‘lchilar, to‘qimachilar kasaba uyushmasi Ijroiya byurosi 1924 yilda tashkil etilgan. Mazkur tashkilotning tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY QO‘MITASI TAMAKI SANOATI BOSHQARMASI HUZURIDAGI TURKISTON O‘LKASI TAOM VA TA’M SANOATI KASABA UYUSHMASI №22-SON BOSHLANG‘ICH QO‘MITASI

Fond raqami: P-445 Saqlov birligi: 2 Davriy chegarasi: 1920 - 1922
Tashkilot tarixi:

1948 yil 1 dekabrda R-445-fond R-163-fond bilan birlashtirib yuborilgan

Batafsil

TURKISTON ASSRDA BALIQCHILIK VA BALIQ SANOATI BOSHQARMASI HUZURIDAGI OZIQ-OVQAT SANOATI XODIMLARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-574 Saqlov birligi: 2 Davriy chegarasi: 1921 - 1922
Tashkilot tarixi:

tashkilotning tashkil topish va tugatilish sanasi ma’lum emas.

Batafsil

BUTUNROSSIYA KIMYO MЕHNATI ISHCHILARINING KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA BO‘LINMASI. Toshkent sh.

Fond raqami: P-804 Saqlov birligi: 16 Davriy chegarasi: 1919 - 1921
Tashkilot tarixi:

Butunrossiya kimyo mehnati ishchilarining kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka bo‘linmasi 1919 yildan 1921 yilgacha Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatgan.

Batafsil

NONNI TASARRUF ETISH BO‘YICHA TURKISTON MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI VAKOLATLISI BOSHQARMASI HUZURIDAGI SOVЕT VA SAVDO XIZMATLARI KASABA UYUSHMASI 11-BOSHLANG‘ICH QO‘MITASI

Fond raqami: P-604 Saqlov birligi: 11 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

Nonni tasarruf etish bo‘yicha Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi vakolatlisi Boshqarmasi huzuridagi sovet va savdo xizmatlari kasaba uyushmasi 11-boshlang‘ich qo‘mitasi 1923 yil 27 martda Toshkent shahrida tashkil etilgan va 1924 yil 18 mayga qadar faoliyat yuritgan.

Batafsil