Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Davlat Plan komissiyasi (BXSR Gosplan, Buxgosplan)
BXSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi huzuridagi Markaziy moliya boshqarmasi
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) Savdo va sanoat xalq nozirligi (BXSR Torgprom).
1921 yil 13 martda BXSR Oziq-ovqat, savdo va sanoat nozirliklari va Buxtekstilning birlashishi natijasida BXSR Iqtisodiy nozirligi tuzilib, shu yili uning nomi Xalq savdo-sanoat nozirligi deb o‘zgartirildi (BXSR Torgprom). 1924 yilda tugatilgan.
BatafsilBUXORO TASHQI SAVDO BO‘LIMI BO‘LINMASI
1918 yil 15 oktyabrda Rezidentlik huzuridagi Buxoro Viloyat Iqtisodiyot bo‘limi tashkil etilgan. 1919 yil oktyabr oyi oxirida Turkiston Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi buyrug‘iga asosan Rezidentlik huzuridagi Buxoro viloyat iqtisodiyot bo‘limi Butunrossiya MIQning Turkiston ishlari bo‘yicha Vakolatxonasi huzuridagi tashqi savdo bo‘limining Buxoro bo‘linmasi deb qayta nomalanadi.
1921 yil yanvar oyidan boshlab bu muassasa Tashqi savdo xalq komissarligi Tukiston boshqarmasiga bo‘ysungan. 1922 yil 30 iyundan esa Tashqi savdo xalq komissarligi Turkiston boshqarmasi RSFSRning Tashqi savdo xalq komissarligining O‘rta Osiyodagi vakolatxonasi deb qayta nomlangan. 1922 yil 10 sentyabrdan tashqi savdo bo‘limining Buxoro bo‘linmasi Tashqi savdo Xalq Komissarligining O‘rta Osiyodagi Vakolatxonasiga bo‘ysungan va Tashqi savdo xalq komissarligining O‘rta Osiyodagi vakolatxonasining Buxoro respublikasi bo‘yicha Vakolatxonasi deb nomlangan.
BatafsilBUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI OZIQ-OVQAT BO‘YICHA XALQ NAZORATI
Nazirat 1919 yilda tashkil etilgan va 1922 yilda tugatilgan.
Batafsil