Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Sanoat

O‘ZBЕKISTON SSR GO‘SHT VA SUT MAHSULOTLARI SANOATI MINISTRLIGI QOSHIDAGI GO‘SHT VA MUZLATGICH OMBORLARI BOSH BOSHQARMASI

Fond raqami: R-2097 Saqlov birligi: 1023 Davriy chegarasi: 1937 - 1940
Tashkilot tarixi:

O‘zbekiston SSR XKSning 1937 yil 13 yanvardagi “O‘zbekiston SSR oziq-ovqat sanoati” to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra, uning tarkibida trest huquqida Muzlatilgan go‘shtni g‘amlash (Myasoxolodilnoye) boshqarmasi, 1938 yil oktyabr oyida boshqarma nomi O‘zbekiston SSR Muzlatilgan go‘sht tayyorlash sanoat tresti etib o‘zgartirilgan.  

1939 yil 9 iyulda O‘zbekiston SSR Prezidiumi Oliy Sovetining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston SSR Oziq-ovqat sanoati komissarligi o‘rniga, Oziq-ovqat sanoati va Go‘sht va sut mahsulotlari sanoati komissarliklari tashkil etilib, Muzlatilgan go‘sht tayyorlash sanoati tresti (Uzmyasoxladoprom) Go‘sht va sut mahsulotlari sanoati Komissarligi tasarrufiga o‘tkazilgan. 

O‘zbekiston SSR XKSning 1940 yil 7 aprel qarori va O‘zSSR Go‘sht va sut mahsulotlari sanoati Komissarligining 1940 yil 8 apreldagi buyrug‘iga ko‘ra, “Uzmyasoxladoprom” tresti tugatilgan. 

1942 yil 16 apreldagi O‘zbekiston SSR Markaziy kompartiyasi va XKS qaroriga ko‘ra, O‘zSSR Go‘sht va sut maxsulotlari sanoati komissarligi qoshida  “Uzmyasoxladoprom” tresti qayta tashkil etildi. 

O‘zSSR XKSning 1953 yil 23 apreldagi qaroriga ko‘ra,  “Uzmyasoxladoprom” tresti O‘zSSR Yengil va oziq-ovqat sanoati ministrligi tarkibida Go‘sht va uni muzlatish sanoati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. 1953 yilda boshqarma O‘zSSR oziq-ovqat mahsulotlari sanoati ministrligi tarkibiga, 1954 yilda Boshqarma yana Go‘sht va sut mahsulotlari sanoati komissarligi tarkibiga o‘tkazilgan. 1956 yilda tashkilot faoliyati tugatilgan.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SSR XALQ XO‘JALIGI OLIY KЕNGASHI QOSHIDAGI O‘ZBЕKISTON "QIZIL SHARQ" DAVLAT QOG‘OZ ISHLAB CHIQARISH TRЕSTI Buxoro sh.

Fond raqami: R-1867 Saqlov birligi: 277 Davriy chegarasi: 1923 - 1932
Tashkilot tarixi:

1923 yil 1 yanvarda Buxoro Xalq Respublikasi Savdo-sanoat Nozirligi qoshida Buxoro-Rossiya paxta ishlab chiqarish uyushmasi tashkil etilib, u 1923 yil 4 maydan SSSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi tasarrufiga o‘tkazilgan. 1925 yil 17 martda O‘zbekiston SSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi tarkibida  O‘zbekiston “Qizil Sharq” (“Qizil Sharq”) davlat paxta tresti etib qayta tashkil etildi. Trest 1932 yilda tugatilgan.

Batafsil

O‘RTA OSIYO IPAKNI QAYTA ISHLASH DAVLAT TRЕSTI (Sredazshyolk)

Fond raqami: R-132 Saqlov birligi: 284 Davriy chegarasi: 1919 - 1934
Tashkilot tarixi:

1919 yil oktyabrda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi qoshida Ipak sanoati markaziy boshqarmasi (Sentroshyolk) tashkil etilib, 1921 yilda Bosh paxta qo‘mitasiga o‘tkazilgan. 1923 yil 5 avgustda “Sentroshyolk” yana Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi tasarrufiga o‘tkazildi va Turkiston Ipak sanoati aksiyadorlik jamiyati (Turkshyolk) qilib qayta tashkil etilgan. 1931 yil aprel oyida “Turkshyolk” O‘rta Osiyo davlat ipak sanoati tresti (Sredazshyolk) etib qayta tashkil etilgan va 1934 yilda trest faoliyati tugatilgan.

Batafsil

SSSR YENGIL SANOAT XALQ KOMISSARLIGINING O‘ZBЕKISTON SSR XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI HUZURIDAGI VAKOLATLI BOSHQARMASI

Fond raqami: R-84 Saqlov birligi: 365 Davriy chegarasi: 1934 - 1936
Tashkilot tarixi:

SSSR Yengil sanoat xalq komissarligining 1934 yil 14 oktyabrdagi buyrug‘i va O‘zSSR XKSining 1934 yil 30 noyabrdagi qarori asosida tashkil etilgan. SSSR Yengil sanoat xalq komissarligining 1936 yil 8 dekabrdagi buyrug‘i asosida vakolatxona faoliyati to‘xtatilgan.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SSR QURILISH MATЕRIALLARI SANOATI MINISTRLIGI

Fond raqami: R-2113 Saqlov birligi: 2359 Davriy chegarasi: 1946 - 1956
Tashkilot tarixi:

O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi prezidiumining 1946 yil 15 iyuldagi farmoni bilan tashkil etilgan. SSSR va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1957 yil iyundagi qarorlari bilan ministrlik tugatilgan.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SSR QURILISH MATЕRIALLARI SANOATI MINISTRLIGI

Fond raqami: R-2113 Saqlov birligi: 2359 Davriy chegarasi: 1946 - 1956
Tashkilot tarixi:

O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi prezidiumining 1946 yil 15 iyuldagi farmoni bilan tashkil etilgan. SSSR va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1957 yil iyundagi qarorlari bilan ministrlik tugatilgan.

Batafsil

BUTUNITTIFOQ OLTINGUGURT VA OLTINGUGURT MAHSULOTLARI QAZIB OLISH DAVLAT TRЕSTI (SOYUZSЕRA)

Fond raqami: R-109 Saqlov birligi: Davriy chegarasi: -
Tashkilot tarixi:

SSSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi Prezidiumining 1931 yil 13 sentyabrdagi farmoni bilan tashkil etilgan. Tashkilot nomi qisqartirilib “Soyuzsera” tresti deb yuritilgan. Trest O‘zbekistonda Sho‘rsuv, Turkmanistonda Qoraqum, Gaurdak va Aydan, Kavkazortidagi Gumur, Qrimda Chekur-Koyash konlarini birlashtirgan. 1936 yil dekabrda trest faoliyati tugatilgan.

Batafsil

SSSR KO‘MIR SANOATI MINISTRLIGI GЕOLOGIYA BOSH BOSHQARMASINING O‘RTA OSIYO DAVLAT GЕOLOGIYA TRЕSTI (Sredazuglegeologiya)

Fond raqami: R-2117 Saqlov birligi: 2822 Davriy chegarasi: 1942 - 1953
Tashkilot tarixi:

1939 yil 3 iyulda SSSR XKSning SSSRda geologiya xizmatini tashkil etish to‘g‘risida va 1939 yil 15 iyuldagi SSSR Yoqilg‘i Sanoati xalq komissarligining buyrug‘iga ko‘ra, Geologiya bosh boshqarmasi tizimida “Sredazugol” O‘zbek geologiya boshqarmasi va kombinati asosida  1940 yil 23 mayda O‘rta Osiyo davlat geologiya razvedka tresti tashkil etilgan. 1940 yil 27 mayda SSSR Ko‘mir Sanoati Komissarligining buyrug‘i asosida “Ko‘mir va slanes konlarini aniqlash bo‘yicha O‘rta Osiyo birlashgan davlat tresti tashkil etilgan hamda ushbu tashkilot SSSR Ko‘mir Sanoati Komissarligi tasarrufiga o‘tkazilgan. 

Trestning Nizomiga ko‘ra, ko‘mir va slanes konlarini aniqlash va shaxtalarini qurish bo‘yicha ishlab chiqarish razvedka ishlarini olib borgan. 

1946 yil 23 yanvarda Xalq Komissarliklarining Ministrlikka aylantirilishi natijasida trest faoliyati SSSR sharqiy hududlari ko‘mir sanoati ministrligi qoshidagi Geologiya razvedka bosh boshqarmasi tasarrufiga o‘tkazilgan.  1948 yil 28 dekabrda SSSR ko‘mir sanoati ministrligining ko‘mir konlarini qidiruv-razvedka ishlari bosh boshqarmasi tasarrufiga o‘tkazilgan. 

SSSR XKSning 1953 yil 15 iyundagi ko‘rsatmasi va SSSR Ko‘mir Sanoati Ministrligining 1953 yil 18 iyundagi bo‘yrug‘iga ko‘ra trest O‘rta Osiyo Birlashgan geologiya tresti deb nomlangan. Keyinchalik trest SSSR ko‘mir sanoati ministrligi qoshidagi Geologiya bosh boshqarmasi tasarrufiga o‘tkazilgan. 1957 yil 5 iyuldagi SSSR XKS va O‘zbekiston SSR geologiya va tabiiy boyliklarni himoya qilish bosh boshqarmasining buyrug‘iga ko‘ra trest faoliyati tugatilgan.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SSR MINISTRLAR SOVЕTI HUZURIDAGI MAHALLIY YOQILG‘I SANOATI BOSH BOSHQARMASI (Glavtopprom)

Fond raqami: R-1977 Saqlov birligi: 2585 Davriy chegarasi: 1942 - 1953
Tashkilot tarixi:

O‘zbekiston SSR XKSning 1942 yil 22 yanvardagi qaroriga asosan O‘zSSR  yoqilg‘i tresti tugatilib, uning o‘rniga O‘zbekiston SSR XKS qoshida “Mahalliy yoqilg‘ini qazib olish, g‘amlash va ta’minlash” boshqarmasi tashkil etilgan. O‘zSSR Ministrlar Sovetining 1947 yil 17 fevraldagi qarori bilan Uztop O‘zSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Mahalliy yoqilg‘i sanoati Bosh boshqarmasi (“Glavtopprom”) deb o‘zgartirildi. O‘zSSR Ministrlar Sovetining 1953 yil 1 iyundagi qarori asosida boshqarma faoliyati  tugatilgan.

Batafsil

O‘RTA OSIYO TOSHKO‘MIR SANOATI DAVLAT UYUSHMASI ("SRЕDAZUGOL")

Fond raqami: R-103 Saqlov birligi: 964 Davriy chegarasi: 1925 - 1929
Tashkilot tarixi:

O‘zbek-qirg‘iz  toshko‘mir qo‘shma sanoati “Farg‘ona ko‘mir” tresti 1925 yil 1 oktyabrda tashkil etilgan. SSSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashining 1927 yil 1 oktyabrdagi qaroriga asosan tashkilot nomi “O‘rta Osiyo toshko‘mir”  tresti deb o‘zgartirilgan. Trest toshko‘mir,  tuproq, g‘isht, ohak, alebastr ishlab chiqarish, qazib olish va sotish vazifalarini bajargan.

Batafsil

SSSR OG‘IR SANOAT XALQ KOMISSARLIGINING O‘ZBЕKISTON SSR XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI HUZURIDAGI VAKOLATXONASI

Fond raqami: R-83 Saqlov birligi: 463 Davriy chegarasi: 1932 - 1936
Tashkilot tarixi:

1932 yil fevral oyida tashkil etilib, SSSR Og‘ir sanoat xalq komissarligining O‘zbekiston SSRdagi vakolatxonasi buyrug‘i bilan 1936 yil 19 yanvarda tugatilgan.

Batafsil

SSSR OG‘IR SANOAT XALQ KOMISSARLIGINING O‘RTA OSIYODAGI VAKOLATXONASI

Fond raqami: R-2 Saqlov birligi: 195 Davriy chegarasi: 1932 - 1934
Tashkilot tarixi:

1932 yil yanvarda tashkil etilib, SSSR Og‘ir sanoat xalq komissarligining 1934 yil 17 oktyabrdagi buyrug‘i bilan tugatilgan.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SSR XALQ XO‘JALIGI OLIY KЕNGASHI (VSNX O‘zSSR)

Fond raqami: R- Saqlov birligi: Davriy chegarasi: -
Tashkilot tarixi:

1924 yil dekabr oyida O‘zbekiston SSR sanoat va savdo korxonalarini tartibga soluvchi, boshqaruvchi va nazorat organi sifatida tuzilgan. 1932 yil aprel oyida O‘zbekiston SSR MIQ qarori bilan O‘zbekiston SSR Yengil sanoat xalq komissarligi etib, qayta tashkil etilgan.

Batafsil

POLIZ EKINLARINI YETISHTIRISH, QAYTA ISHLASH VA SOTISH TRЕSTI (O‘ZTORGZAGOTPLODOTRЕST)

Fond raqami: R-1943 Saqlov birligi: 914 Davriy chegarasi: 1940 - 1952
Tashkilot tarixi:

SSSR Xalq savdo qo‘mitasining 1940 yil 21 iyundagi tegishli qarori asosida tashkil etilgan. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1952 yil 7 iyundagi buyrug‘i asosida tugatilgan.

Batafsil