1919 yil oktyabrda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi qoshida Ipak sanoati markaziy boshqarmasi (Sentroshyolk) tashkil etilib, 1921 yilda Bosh paxta qo‘mitasiga o‘tkazilgan. 1923 yil 5 avgustda “Sentroshyolk” yana Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi tasarrufiga o‘tkazildi va Turkiston Ipak sanoati aksiyadorlik jamiyati (Turkshyolk) qilib qayta tashkil etilgan. 1931 yil aprel oyida “Turkshyolk” O‘rta Osiyo davlat ipak sanoati tresti (Sredazshyolk) etib qayta tashkil etilgan va 1934 yilda trest faoliyati tugatilgan.
“Turkistonipak” va “O‘rta Osiyo ipak” tresti aksiyadorlik jamiyati kengashlarining buyruqlari, sirkulyarlari va ko‘rsatmalari; “Turkistonipak” va “O‘rta Osiyo ipak” tresti aksiyadorlik jamiyati faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar; O‘rta Osiyoda ipakchilik sanoatini rivojlantirishning besh yillik rejalari va ularga tushuntirish xatlari (1929–1933); O‘rta Osiyo xalq xo‘jaligi bozorini o‘rganish (1929); Turkshyolk va Paxtachilik bosh qo‘mitasining kengashlari majlislarining bayonnomalari; pilla yig‘ish va sotish, ipak o‘rash fabrikalari ishlab chiqarish namunalarini Nijniy Novgorod ko‘rgazmasiga yuborish haqida yozishmalar.