Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Qishloq ho`jaligi

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI DAVLAT PLAN KOMISSIYASI (TURKGOSPLAN)

Fond raqami: R-20 Saqlov birligi: 572 Davriy chegarasi: 1921 - 1925
Tashkilot tarixi:

1921 yil 23 noyabrda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Iqtisodiy Kengashi qoshida tuzilgan, 1925 yil 11 mayda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.

Batafsil

XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI TURKISTON IQTISODIY KЕNGASHI TURKISTON ASSR (TIK).

Fond raqami: P-18 Saqlov birligi: 199 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1921 yil 14 martdagi dekreti bilan tashkil etilgan. Turkiston Iqtisodiy Kengashining vakolatiga quyidagilar kirgan: tegishli organlar orqali RSFSR Mehnat va Mudofa Kengashi ko‘rsatmalari va topshiriqlarini bajarish va barcha ko‘rsatmalar va iqtisodiy xarakterdagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilish; Sovet hokimiyatining barcha organlarining iqtisodiy rivojlanish borasidagi  faoliyatini kuzatish va nazorat qilish; RSFSRning yagona rejasi asosida respublikaning umumiy iqtisodiy rejasini ishlab chiqish va uning bajarilishini nazorat qilish, barcha moddiy resurslardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish. 1924 yil oxirida tugatilgan

Batafsil

TURKISTON ASSR YER ISHLARI KOMISSARLIGI (NARKOMZЕM, TURKISTON ASSR)

Fond raqami: R-29 Saqlov birligi: 3618 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917-yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan tuzilgan.O‘rta Osiyodagi milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 24 dekabrda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI QOSHIDAGI O‘RMONCHILIK BOSHQARMASI

Fond raqami: R-182 Saqlov birligi: 661 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Xalq Komissarlarining 1918 yil 31 yanvardagi buyrug‘i bilan tuzilgan. O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati munosabati bilan 1924 yil 24 dekabrda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR QISHLOQ XO‘JALIGI XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI DAVLAT YILQICHILIK BOSHQARMASI

Fond raqami: R-184 Saqlov birligi: 288 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Qishloq xo‘jaligi xalq komissarligining 1918 yil 25 iyundagi buyrug‘iga asosan shu komissarlikning Chorvachilik boshqarmasi qoshida tashkil etilgan. Turkiston ASSRning 1920 yil 24 fevraldagi qaroriga asosan Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi huzuridagi davlat Yilqichilik bo‘limi sifatida, 1923 yilda Turkiston ASSR Qishloq xo‘jaligi xalq komissarligi huzuridagi Yilqichilik bosh Boshqarmasiga aylantirilgan. 1924 yil oxirida uning faoliyati tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR YER ISHLARI KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SUV XO‘JALIGI BOSHQARMASI (TURKVODXOZ)

Fond raqami: R-215 Saqlov birligi: 1654 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

1918 yil 17 iyunda Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Turkiston suv xo‘jaligi boshqarmasining 1924 yil 22 noyabrdagi buyrug‘i bilan tugatilgan.

Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Iqtisodiy Kengashi (BNSR ECOSO, Bux ECOSO)

Fond raqami: R-49 Saqlov birligi: 24 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi: 1923 yil iyun oyida tuzilgan. 1924 yil noyabrda tugatilgan. Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Davlat Plan komissiyasi (BXSR Gosplan, Buxgosplan)

Fond raqami: R-50 Saqlov birligi: 27 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi: 1923 yil 23 oktabrda tashkil etilgan, 1924 yil 17 noyabrda tugatilgan. Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Qishloq xo‘jaligi xalq noziri

Fond raqami: R-51 Saqlov birligi: 142 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil 4 dekabrda tashkil etilgan. 1924-yil 19-noyabrda tugatilgan. Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi boshqarmasi

Fond raqami: R-52 Saqlov birligi: 57 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil sentyabrda tashkil etilgan, 1924 yil 17 noyabrda tugatilgan. Batafsil

XXSR Iqtisodiy Kengashining SSSR dagi savdo vakolatxonasi. Moskva sh. ХХСР

Fond raqami: R-70 Saqlov birligi: 335 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi: 1923 yil 29 yanvarda XXSR Savdo-sanoat nozirligining Moskva savdo idorasi tuzildi; 1923 yil 4 sentyabrda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Iqtisodiy Kengashining SSSRdagi savdo vakolatxonasiga aylantirildi. 1924 yil 5 dekabrda tugatilgan. Batafsil

Xorazm XSR ning Turkiston ASSRdagi Iqtisodiy vakolatxonasi

Fond raqami: R-69 Saqlov birligi: 82 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: 1921 yil 1 iyulda Xorazm Xalq Sovet Respublikasining Turkiston ASSRdagi Muxtor vakolatxonasi tuzildi; 1921 yil 4 dekabrda u XXSR ning Turkiston ASSR dagi Bosh konsulligiga aylantirildi; 1924 yil avgustida XXSR ning Turkiston ASSRdagi Iqtisodiy vakolatxonasiga aylantirildi. 1924 yil 17 dekabrda tugatilgan. Batafsil

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Ishchi-dehqon inspeksiyasi xalq nozirligi.

Fond raqami: R-79 Saqlov birligi: 34 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil fevral oyida XXSR Nozirlar Soveti qoshida Davlat nazorati tuzildi: 1923 yil oktabrda u XXSR Ishchi-dehqon inspeksiyasi xalq nozirligiga aylantirildi. 1924 yil 30 noyabrda tugatilgan. Batafsil

TURKISTON O‘LKASI OZIQ-OVQAT QO‘MITASI

Fond raqami: P-42 Saqlov birligi: 2 Davriy chegarasi: 1917 - 1917
Tashkilot tarixi: 1917 yil mart oyida Turkiston o‘lkasi oziq-ovqat majlisi tashkil etilib, o‘lka, viloyat va tuman oziq-ovqat qo‘mitalari tashkil etilgan. Turkiston o‘lkasi oziq-ovqat majlisi tarkibi ishchi deputatlar, kopperativlar, qishlooq xo‘jaligi uyushmalari va ittifoqlari Kengashi vakillari hisobiga to‘ldirib borilgan. Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Kengashining 1918 yil 15 iyundagi 195-son buyrug‘iga asosan oziq-ovqat qo‘mitalari tarqatib yuborilgan. Barcha vakolat va Oziq-ovqat ishini yuritish bo‘yicha javobgarlik oziq-ovqat komissarlariga yuklatilgan. Batafsil

TURKISTON ASSR QISHLOQ XO‘JALIGI SANOATI KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-771 Saqlov birligi: 10 Davriy chegarasi: 1917 - 1919
Tashkilot tarixi:

O‘rmon ishi bo‘yicha ishchilar Ittifoqi Turkiston Qo‘mitasi 1917 yil 17 aprelda tashkil topgan. 1920 yil 13 sanada (oyi ma’lum emas) 2-Ishchilar qurutloyidan keyin o‘rmon ishi bo‘yicha arboblar majlisida dastlab Turkiston ASSR qishloq xo‘jaligi sanoati kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi keyinchalik bog‘bonlar ittifoqi bilan birlashish natijasida yuzaga kelgan. Natijada Qishloq xo‘jaligi sanoati kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi vazifalari kengaygan. Fond tarixini kengroq va to‘liqroq aniqlash imkoniyati cheklangan, sababi kam miqdorda saqlov birliklari saqlangan.

Batafsil

TURKISTON ASSR ISHCHI-DЕHQON INSPЕKSIYA XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SOVЕT VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI

Fond raqami: P-545 Saqlov birligi: 10 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi:

1940 yil 1 avgustda R-545-son fond R-41-son fond bilan birlashtirib yuborilgan

Batafsil

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI YER VA O‘RMON XODIMLARI KASABA UYUSHMASI ISHCHI QO‘MITALARI

Fond raqami: P-465 Saqlov birligi: 69 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitalari 1917 yil 23 noyabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Mazkur tashkilot 1924 yil 24 dekabrda tugatilgan.

Mazkur fond umumlashgan fond hisoblanadi.Unga quyidagi ishchi qo‘mitalar kiritilgan: a) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №1-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; b) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №2-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; v) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №4-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; g) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №31-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; d) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №32-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari (sobiq sovet muassasalari kasaba uyushmasi) kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; ye) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №35-son jamoaning qishloq xo‘jaliga xodimlari (sobiq sovet muassasalari kasaba uyushmasi) kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; j) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №44-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi.

Batafsil

OZIQ-OVQAT SANOATI ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA QO‘MITASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-809 Saqlov birligi: 23 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi:

Taom va ta’m sanoati ishchilari kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi 1920 yildan 1921 yillargacha Toshkent shahrida faoliyat yuritgan.

Batafsil

NONNI TASARRUF ETISH BO‘YICHA TURKISTON MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI VAKOLATLISI BOSHQARMASI HUZURIDAGI SOVЕT VA SAVDO XIZMATLARI KASABA UYUSHMASI 11-BOSHLANG‘ICH QO‘MITASI

Fond raqami: P-604 Saqlov birligi: 11 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

Nonni tasarruf etish bo‘yicha Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi vakolatlisi Boshqarmasi huzuridagi sovet va savdo xizmatlari kasaba uyushmasi 11-boshlang‘ich qo‘mitasi 1923 yil 27 martda Toshkent shahrida tashkil etilgan va 1924 yil 18 mayga qadar faoliyat yuritgan.

Batafsil

BUTUNROSSIYA YER VA O‘RMON ISHCHILARI ISHLAB CHIQARISH KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA QO‘MITASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-772 Saqlov birligi: 92 Davriy chegarasi: 1919 - 1921
Tashkilot tarixi:

Mazkur fond 1919 yil 19 sentyabrda Butunrossiya qishloq xo‘jaligi sanoati ishlab chiqarish kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi o‘rnida Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1920 yil 19 iyunda Butunrossiya yer ishchilari ishlab chiqarish kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi deb qayta nomlangan. 1920 yil 2 oktyabrda Butunrossiya yer va o‘rmon ishchilari ishlab chiqarish kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi deb qayta nomlangan. 1921 yil 2 iyulda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI O‘RMON XO‘JALIGI BOSHQARMASI HUZURIDAGI BUTUNROSSIYA YER VA O‘RMON XODIMLARI KASABA UYUSHMASI ISHCHI QO‘MITASI. Toshkent sh.

Fond raqami: P-1877 Saqlov birligi: 6 Davriy chegarasi: 1921 - 1921
Tashkilot tarixi:

Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1921 yilga oid hujjatlar mavjud.

Batafsil

XORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI SAVDO VA SANOAT XALQ KOMISSARLIGI (NOZIRLIGI) TOSHKЕNT BO‘LINMASI

Fond raqami: R-697 Saqlov birligi: 15 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi:

Tashkilot 1920 yilda tashkil etilib, 1924 yilda tugatilgan.

Batafsil

XORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI SAVDO VA SANOAT XALQ NOZIRLIGI (TORGPROM) Xiva sh.

Fond raqami: R-75 Saqlov birligi: 46 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi:

1922 yil 30 noyabrda tashkil topib, 1924 yil noyabrda tugatilgan.

Batafsil

XORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI XALQ NOZIRLIGI Xiva sh.

Fond raqami: R-74 Saqlov birligi: 59 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi:

1920 yil noyabrda tashkil etilib, 1924 yil 30 noyabrda tugatilgan.

Batafsil