Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

O‘RTA OSIYO NON VA QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI SAVDOSI VA QAYTA ISHLASH AKSIYADORLIK JAMIYATI

Fond raqami:
R-141
Saqlov birligi:
840
Davriy chegarasi:
1926 - 1932

Tashkilot tarixi

1926 yil 15 iyundagi aksiyadorlar shartnomasiga muvofiq non mahsulotlari, g‘alla yemi va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va savdo qilish hamda ularni zarur miqdorda O‘rta Osiyoga olib kelish maqsadida tashkil etilgan. SSSR XKS va Mudofaaa va mehnat kengashining 1932 yil 13 fevraldagi qarori bilan tugatilgan.


Fond sharhi

ekin ekish va o‘rim-yig‘im mavsumining borishi hamda xarid qilish rejalarining bajarilishi to‘g‘risidagi, O‘rta Osiyoni non mahsulotlari, g‘alla yemi va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash uchun SSSRning O‘rta Osiyodagi Savdo vakolatxonasi, O‘zbekiston SSR Savdo va qishloq xo‘jaligi xalq komissarliklari majlislarining qarorlari va bayonnomalari.

Aksiyadorlarning ta’sis shartnomasi va Non va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va savdosi bo‘yicha O‘rta Osiyo aksiyadorlik jamiyati Nizomi; non va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va savdosi bo‘yicha O‘rta Osiyo aksiyadorlik jamiyati kengashining buyruqlari; tayyorlov markazlari, viloyat va tumanlar bo‘linmalari, agentlik va omborlarning yo‘riqnoma hamda ko‘rsatmalari.

O‘rta Osiyo viloyatlari va respublikalari uchun g‘alla mahsulotlari va yem-xashak ehtiyojlari, ta’minlash va yetkazib berish rejalari (1926–1932 yillar).

Non va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va savdosi bo‘yicha O‘rta Osiyo aksiyadorlik jamiyati va uning mahalliy korxona va muassasalari faoliyati haqida ma’lumotlar, ma’ruzalar va hisobotlar.