Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHINING DAVLAT UN-TЕGIRMON TRЕSTI (TURKGOSMUKTRЕST)

Fond raqami:
R-142
Saqlov birligi:
193
Davriy chegarasi:
1921 - 1923

Tashkilot tarixi

1921 yil fevral oyida Turkiston ASSR (Turkmuk) Xalq xo‘jaligi markaziy kengashi qoshidagi Oziq-ovqat boshqarmasida Un tegirmon tresti tashkil etilgan. 1923 yil 2 oktabrda Turkiston Oziq-ovqat qo‘mitasining Turkiston don maxsulotlari va Tegirmonchilk bo‘limlarining qo‘shilishi natijasida  Xalq Xo‘jaligi Markaziy kengashi qoshida Turkiston un tegirmon tresti tashkil etildi. 1924 yil 15 mayda Turkiston MIQ qoshidagi Turkiston Davlat un tegirmon tresti va don maxsulotlarinin tarqatish Boshqarmasi   Turkiston qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash va sotish davlat tresti sifatida tashkil etilgan.


Fond sharhi

Turkiston un maydalash tresti boshqaruvi yig‘ilishlari va tegirmon korxonalarini natsionalizatsiya qilishi, ishlab chiqarish dasturlari, kooperativ tegirmonlarni yetkazib berish to‘g‘risidagi bayonnomalar.