Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Transport va aloqa

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI DAVLAT PLAN KOMISSIYASI (TURKGOSPLAN)

Fond raqami: R-20 Saqlov birligi: 572 Davriy chegarasi: 1921 - 1925
Tashkilot tarixi:

1921 yil 23 noyabrda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Iqtisodiy Kengashi qoshida tuzilgan, 1925 yil 11 mayda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI POCHTA VA TЕLЕGRAF XALQ KOMISSARLIGI (TURKASSR POCHTA XALQ KOMISSARLIGI, TURKASSR NKPT)

Fond raqami: R-33 Saqlov birligi: 4917 Davriy chegarasi: 1917 - 1922
Tashkilot tarixi:

Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917-yil 23 noyabrdagi dekreti asosida tuzilgan; 1922 yil 9 sentyabrda O‘rta Osiyo aloqa okrugiga aylantirilgan.

Batafsil

TURKISTON OKRUGI TRANSPORT XODIMLARI BILAN TA’MINLASH BOSHQARMASI (TURKPRODPUT)

Fond raqami: P-267 Saqlov birligi: 2495 Davriy chegarasi: 1917 - 1922
Tashkilot tarixi: 1917 yil mart oyida temiryo‘lchilarni zarur mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida O‘rta Osiyo temiryo‘li Markaziy oziq-ovqat qo‘mitasi tashkil etildi, 1919 yilda Turkiston aloqa okrugi (Turkiston okrugi transport xodimlari bilan ta’minlash boshqarmasi) oziq-ovqat bo‘limi deb nomlandi. Turkiston okrugi transport xodimlari bilan ta’minlash boshqarmasining 1921 yil 1-dekabrdagi buyrug‘i bilan Turkiston okrugi transport ishchilarini ta’minlash okrugi deb nomlandi. 1922 yilda tugatilgan. Batafsil

TOSHKЕNT SHAHAR POCHTA-TЕLЕGRAF IDORASI HUZURIDAGI OZIQ-OVQAT QO‘MITASI

Fond raqami: P-718 Saqlov birligi: 4 Davriy chegarasi: 1917 - 1920
Tashkilot tarixi: Toshkent shahar pochta-telegraf idorasi huzuridagi oziq-ovqat qo‘mitasi 1917 yildan 1920 yilga qadar Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatgan. Batafsil

ROSSIYA TЕLЕGRAF AGЕNTLIGINING TURKISTON BO‘LINMASI

Fond raqami: P-401 Saqlov birligi: 43 Davriy chegarasi: 1919 - 1924
Tashkilot tarixi:

Rossiya telegraf agentligi Turkiston bo‘linmasi “TurkRosTA” 1919 yil noyabr oyidan faoliyat ko‘rsata boshlagan. 1922 yil 8 yanvarda Turkiston respublikasi Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan Turkiston Telegraf Agentligi TurkTA to‘g‘risida Nizom tasdiqlangan. Rossiya telegraf agentligi Turkiston bo‘linmasini Turkiston Telegraf Agentligi Turk TA deb qayta nomlanganligi haqida ma’lumotlar aniqlanmagan.

Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1922 yil 1 avgustdagi Qarori bilan TurkTA faqat telegraf axboroti apparatiga aylantirilgan 1923 yil 1 apreldan Rossiya telegraf agentligi Turkiston bo‘linmasi huzurida Tijorat Telegraf agentligi Turkiston bo‘linmasi TurkKomTA tashkil etilgan. 1923 yil 24 noyabrdan Rossiya Telegraf Agentligining xay’at yig‘ilishida Rossiya telegraf agentligi Turkiston bo‘linmasi va Rossiya Telegraf Agentligining O‘rta Osiyo bo‘linmasini qayta tashkil etish masalari ko‘rib chiqilgan. SredazEkoso Prezidiumining 1924 yil 10 apreldagi yig‘ilishida Rossiya Telegraf Agentligining O‘rta Osiyo bo‘linmasi va Rossiya telegraf agentligi Turkiston bo‘linmasi Rossiya Telegraf Agentligining O‘rta Osiyo bo‘linmasi sifatida qayta tashkil etilgan.

Batafsil

SSSR ALOQA YO‘LLARI TURKISTON OKRUGI TOSHKЕNT TЕMIR YO‘LLARI BOSHQARMASI

Fond raqami: P-609 Saqlov birligi: 3776 Davriy chegarasi: 1936 - 1964
Tashkilot tarixi:

Toshkent temir yo‘o‘lari 1917 yil 1 yanvarda tashkil etilgan. SSSR Xalq Komissarlari Kengani va SK VPK(b) ning 1936 yil 13 maydagi qarori va NKPS ning 1936 yil 14 maydagi № 62/TS-son buyrug‘iga asosan mavjud O‘rta-Osiyo temir yo‘llari Ashxobod va Toshkent temir yo‘llariga bo‘lingan. NKPSning 1936 yil 19 iyuldagi №102/a sonli va Toshkent temir yo‘llari boshlig‘ining 1936 yil №143/N-son buyrug‘iga asosan Toshkent temir yo‘llari 1936 yil 1 iyuldan quyidagi hududiy chegaralar bo‘yiche ekspluatatsiyaga-foydalanishga topshirilgan: Oxirgi bekat Ashxobod temir yo‘llari Ziadin (hozirgi vaqtda Ziyovuddin) stansiyasidan, Orenburg temir yo‘llari Jusali stansiyasi va Turkiston-Sibir temir yo‘llari stansiyasi.

Barcha hujjatlar shaxsiy kelib chiquvchi hujjatlar bo‘lganligi sababli tashkilotning tugatilgan sanasini aniqlash imkoniyati cheklangan.

Batafsil

BUTUNROSSIYA POCHTA-TЕLЕGRAF ITTIFOQINING TURKISTON O‘LKASIDAGI POCHTA-TЕLЕGRAF QO‘MITASI

Fond raqami: P-1679 Saqlov birligi: 25 Davriy chegarasi: 1917 - 1921
Tashkilot tarixi:

1917 yil 19 iyunda Toshkent shahrida Butunrossiya pochta-telegraf ittifoqi Turkiston o‘lka pochta-telegraf qo‘mitasi tashkil etilgan. 1918 yil 27 fevralda Butunrossiya pochta-telegraf ittifoqi Turkiston vaqtinchalik inqilobiy o‘lka pochta-telegraf qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilgan.

Batafsil

TURKISTON ALOQA YO‘LLARI OKRUGINING O‘LKADAGI MAHALLIY TRANSPORT BOSHQARMASINING YUKLARNI YUKLASH BYUROSI

Fond raqami: P-237 Saqlov birligi: 25 Davriy chegarasi: 1919 - 1923
Tashkilot tarixi:

1919 yil 14 aprelda  Turkiston xabar yo‘llari okrugi O‘lka Boshqarmasi (Turkput) qayta tashkil etilgan.

1920 yil 12 aprelda Turkiston xabar yo‘llari okrugi deb qayta nomlangan. Uning tarkibiga quyidagi bo‘limlar kirgan: ma’muriy, xo‘jalik, yo‘llar va telegraflar, tibbiy yordam, moliyaviy, Harbiy-xalq qo‘riqchiligi.

1923 yil 21 maydan mahalliy transport Turkiston okrugi Boshqarmasi Yuklash byurosi deb qayta nomlangan.

Batafsil

TURKISTON ALOQA YO‘LLARI OKRUGI (TXO‘O)

Fond raqami: P-233 Saqlov birligi: 3280 Davriy chegarasi: 1917 - 1922
Tashkilot tarixi:

1917 yil 23 noyabrdagi Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Kengashi buyrug‘i bilan xabarlar yo‘llari Komissarligi tashkil etilgan;1918 yil 14 aprelda u Toshkent xabar yo‘llari o‘lka boshqarmasi (Turkyo‘l) sifatida qaytatashkil etilgan. 1920 yil 12 apreldagi RSFSR xabar yo‘llari  Xalq komissarligi buyrug‘i bilan  Turkiston xabarlar yo‘llari okrugi tashkil etilgan. Okrug 1922 yil oktyabrda tugatilgan, uning vazifalari RSFSRning O‘rta Osiyodagi xabarlar yo‘llari Xalq Komissarligiga o‘tgan.

Batafsil

TURKISTON RЕSPUBLIKASI OZIQ-OVQAT XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI TURKISTON AVTO-BAZASI.

Fond raqami: P-887 Saqlov birligi: 27 Davriy chegarasi: 1921 - 1922
Tashkilot tarixi:

Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ma’lum emas. Fondda 1921 yildan 1922 yilga qadar davr hujjatlari saqlanmoqda.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ KOMISSARLARI KЕNGASHI HUZURIDAGI TURKISTON BOJXONA NAZORATI BOSHQARMASI.

Fond raqami: P-330 Saqlov birligi: 338 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

Dastlab RSFSR Tashqi savdo xalq komissarligi Turkiston bo‘limi qoshidagi Bojxona nazorati boshqarmasiga tegishli R-331-sonli fond nomi bilan 14 turdagi yig‘majildlar asosida shakllantirilgan. 1928 yilda ushbu fondga tegishli bo‘lmagan 244-sahifa SSSR Ittifoqi Bosh bojxona boshqarmasining R-1703-O‘rta Osiyo bo‘limi fondiga o‘tkazilgan. 1975 va 1980 yillarda shakllantirilgan ro‘yxatalar asosida RSFSRning tashqi savdo Xalq komissarligi Turkiston bo‘limi Bojxona okrugi boshqarmasi Toshkent shaharning R-330 fondi hujjatlari bilan birlashtirilib yuborilib, Turkiston ASSR XKS qoshidagi Turkiston bojxona nazorati boshqarmasi nomi ataldi.

Batafsil

TRANSPORT XODIMLARI TURKISTON OKRUGI TA’MINOT BOSHQARMASI HUZURIDAGI SOVЕT VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI 6-SON MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-552 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1921 - 1922
Tashkilot tarixi:

Transport xodimlari Turkiston okrugi ta’minot boshqarmasi huzuridagi sovet va jamoatchilik muassasalari kasaba uyushmasi 6-son mahalliy qo‘mitasi 1921 yil 1 dekabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1922 yilda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ALOQA YO‘LLARI BO‘LINMASI HUZURIDAGI SOVЕT VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI 6-SON MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-553 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1917 - 1922
Tashkilot tarixi:

Turkiston xabar yo‘llari bo‘linmasi huzuridagi sovet va jamoatchilik muassasalari kasaba uyushmasi 6-son mahalliy qo‘mitasi 1917 yil mart oyida Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1922 yil tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ALOQA YO‘LLARI OKRUGI HUZURIDAGI TЕMIR YO‘L TRANSPORTI ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-579 Saqlov birligi: 9 Davriy chegarasi: 1918 - 1922
Tashkilot tarixi:

Turkiston xabar yo‘llari okrugi huzuridagi temir yo‘l transporti ishchilari kasaba uyushmasi mahalliy qo‘mitasi 1918 yil 23 aprelda Toshkentda tashkil etilgan. Mazkur Tashkilot 1924 yil tugatilgan.

Batafsil

SSSR TRANSPORT ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASINING TURKISTON RЕSPUBLIKASIDAGI VAKOLATXONASI

Fond raqami: P-824 Saqlov birligi: 10 Davriy chegarasi: 1923 - 1925
Tashkilot tarixi:

SSSR transport ishchilari kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasining Turkiston Respublikasidagi vakolatlisi o‘z faoliyatini 1923 yil 8 iyulda Toshkent shahrida boshlagan. Mazkur fondda 1923 – 1925 yillarga oid hujjatlar maqjud. Tugatilish sanasi noma’lum.

Batafsil

TOSHKЕNT OT-POCHTA STANSIYASI HUZURIDAGI XALQ ALOQASI ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-726 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1921 - 1921
Tashkilot tarixi:

Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1921 yil davrga oid hujjatlar mavjud.

Batafsil