Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

TURKISTON ASSR ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGINING AHOLINI EVAKUATSIYA QILISH MARKAZIY BOSHQARMASI (TURKSЕNTROEVAK)

Fond raqami:
R-621
Saqlov birligi:
140
Davriy chegarasi:
1920 - 1922

Tashkilot tarixi

Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining 1919 yil 22 iyuldagi dekreti bilan Turkiston o‘lkasi aholini ko‘chirish boshqarmasi (Turkkrayevak) tuzilib, 1920 yil 22 iyulda Turkiston ASSR IIXK (NKVD) ning Aholini (ko‘chirish) Evakuatsiya qilish Markaziy Boshqarmasi (Turksentroevak) deb nomlandi.

Turk ASSR Xalq Komissarlari Sovetining 1922 yil 27 oktyabrdagi qarori asosida aholini ko‘chirish organlari faoliyati tugatilib, ularning vazifalari qisman Yer ishlari Xalq komissarligiga o‘tkazilgan.


Fond sharhi

Turkiston fronti inqilobiy harbiy kengashining qochoqlarni evakuatsiya qilish haqidagi farmoyishlari; evakuatsiya komissiyasi majlislarining bayonnomalari.

Turkiston Aholini (ko‘chirish) Evakuatsiya qilish Markaziy Boshqarmasi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar, Turkiston fronti inqilobiy harbiy kengashi bilan aholini evakuatsiya qilish tartibi to‘g‘risida ko‘rsatmalar va yozishmalar.