Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI TURKISTON IQTISODIY KЕNGASHI TURKISTON ASSR (TIK).

Fond raqami:
P-18
Saqlov birligi:
199
Davriy chegarasi:
1921 - 1924

Tashkilot tarixi

Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1921 yil 14 martdagi dekreti bilan tashkil etilgan. Turkiston Iqtisodiy Kengashining vakolatiga quyidagilar kirgan: tegishli organlar orqali RSFSR Mehnat va Mudofa Kengashi ko‘rsatmalari va topshiriqlarini bajarish va barcha ko‘rsatmalar va iqtisodiy xarakterdagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilish; Sovet hokimiyatining barcha organlarining iqtisodiy rivojlanish borasidagi  faoliyatini kuzatish va nazorat qilish; RSFSRning yagona rejasi asosida respublikaning umumiy iqtisodiy rejasini ishlab chiqish va uning bajarilishini nazorat qilish, barcha moddiy resurslardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish. 1924 yil oxirida tugatilgan


Fond sharhi

RSFSR Xalq Komissarlari Soveti va Mehnat va Mudofa Kengashi, Turkiston ASSR MIQ va XKSining xalq xo‘jaligi sohasidagi farmon va qarorlari; Turkiston Iqtisodiy Kengashi  (TIK) yig‘ilishlarining qarorlari va bayonnomalari. Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi  TIK va viloyatlarning iqtisodiy majlisi faoliyati haqidagi hisobotlar.


Turkistondagi sug‘orish ishlarining olib borilish bo‘yicha yozishmalar, xalq xo‘jaligini rivojlantirish rejalari, sanoatning ayrim tarmoqlarini trestlashtirish, Turkiston Respublikasi xalq xo‘jaligini tiklashda RSFSR tomonidan ko‘rsatilgan yordam to‘g‘risidagi hisobotlar va yozishmalar;


Turkiston ASSR, BXSR va XXSRlarni iqtisodiy birlashuvi to‘g‘risida; O‘rta Osiyoning tashqi savdo aloqalari haqida (1922), Turkiston tog‘ korxonalarni o‘rganilish natijalari,  savdo kooperatsiyalari to‘g‘risida, Turkiston ASSR ning Nijniynovgorod savdo yarmarkasidagi ishtiroki haqida (1922); Ko‘mirneft, Turkvino, Metall sanoat,  Toshkent tramvay va tekstil fabrikalarni tashkillashtirish haqida hisobotlar.