1918 yilda RSFSR Milliy ishlar xalq komissarligi qoshida Turkiston Respublikasining Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Sovetining vakolatli vakolatxonasi sifatida tashkil etilgan. 1922 yil 1 dekabrda Butunittifoq MIQ Prezidiumi qoshidagi Turkiston ASSR vakolatli vakolatxonasi etib o‘zgartirildi. O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanishi siyosati munosabati bilan 1924 yil 28 noyabrda tugatilgan.
RSFSR Xalq Komissarlari Soveti, RSFSR Millatlar ishlari bo‘yicha Xalq Komissarligi, Turkiston Respublikasi XKSsi va Turkiston Respublikaning Butunrossiya MIQ huzuridagi vakolatxonasi farmoyishlari va buyruqlari; Turkiston Respublikasining Moskvadagi vakolatli vakolatxonasi to‘g‘risidagi nizom (1923-yil mart); 1921 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra Turkiston ASSRdagi mehnat bozori haqidagi jadval ma’lumotlari;
Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti va uning huzuridagi Moliya qo‘mitasi, Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligiga yordam ko‘rsatish qo‘mitasining majlis jurnallari va bayonomalari.