1919 yilda Toshkent shahrida Turkiston ASSR Ichki va tashqi ishlar xalq komissarligi huzurida militsiya nozirlarini kurslari faoliyat ko‘rsatgan. Kurslar to‘g‘risidagi Nizom 1918 yil 30 noyabrdagi Turkiston ASSR Ichki va tashqi ishlar Xalq Komissarligi Hay’ati yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va qabul qilingan.
1919 yil 18 martda kurslar ochilgan. 1920 yil 19 iyunda Turkiston ASSR Ichki ishlar xalq komissarligi kurslarini sovet va partiya ishchilari o‘lka kurslari bilan birlashtirilgan.
Kurs kengashi qarori va kursga kirish uchun arizalar, bitiruvchi kursantlar ishlari (bayonnomalar), kurslar to‘g‘risida Nizom, Ichki ishlar komissarligining kurslar bo‘yicha buyruqlari, Ichki ishlar xalq komissarligi huzuridagi militsiya nozirlari kurslarining tashkiliy masalalar bo‘yicha yozishmalari va boshqalar.