Mazkur fond 1921 yil Turkiston frontining Qo‘qon shahridagi Farg‘ona oblast Harbiy kooperativlari o‘rnida tashkil etilgan. 1922 yil 22 dekabrda Farg‘ona oblast Harbiy-iste’mol jamiyati (XIJ)deb qayta nomlangan. 1924 yil 18 fevralda tugatilgan.
Farg‘ona oblast Harbiy-iste’mol jamiyati boshqaruv majlislari bayonnomalari, buyruqlar va ularning ilovalari, Farg‘ona oblast Harbiy-iste’mol jamiyati vakolatxonasi qurultoylari bayonnomalari, ishchi va xizmatchilar hisobotlari, bosh kitoblar.