Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi

XORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI INQILOBIY HARBIY KЕNGASHI

Fond raqami:
R-1505
Saqlov birligi:
170
Davriy chegarasi:
1920 - 1924

Tashkilot tarixi

1920 yilda Xivada Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Inqilobiy harbiy kengashi vaqtinchalik inqilobiy huqumat sifatida ta’sis etilgan. Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Inqilobiy harbiy kengashi, harbiy qismlar, boshqarmalar, muassasalar va harbiy idora tashkilotlarini boshqarish, nazorat qilish, birlashtirish uchun, respublika qo‘shinlarini siyosiy tarbiyalash va mamlakat Mudofaaasi bo‘yicha masalalarni ishlab chiqish uchun ta’sis etilgan. Kengash 1923 yilda tugatilgan.


Fond sharhi

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Inqilobiy harbiy kengashi qarorlari, kavaleriya va o‘qchi polklar komissarlar bo‘linmalari majlislari bayonnomalari, harbiy komissar ma’ruzalari, Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Inqilobiy harbiy kengashi sirkulyar va yo‘riqnomalari, harbiy komissar va siyosiy yetakchilarning ro‘yxatlari.