Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

O‘ZBЕKISTON SSR QISHLOQ XO‘JALIGI BANKI (O‘ZSЕLXOZBANK)

Fond raqami:
R-430
Saqlov birligi:
28
Davriy chegarasi:
1926 - 1930

Tashkilot tarixi

SSSR MIQ va XKSning 1930 yil 30 yanvardagi kredit islohoti to‘g‘risidagi farmoni bilan Markaziy qishloq xo‘jaligi banki “Sentroselbank” Butunittifoq qishloq xo‘jaligi kooperativ-kolxoz bankiga, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi banki  esa ushbu bankning filialiga aylantirilgan.


Fond sharhi

SSSR va O‘zSSR XKS, SSSR Markaziy qishloq xo‘jaligi banki va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi bankining qishloq xo‘jaligini kreditlashtirish holati, kam ta’minlangan uy xo‘jaliklarini kreditlash va xususiy kapitalga kredit berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonlari va sirkulyar farmoyishlari.

Markaziy qishloq xo‘jaligi banki va “O‘zselxozbank” boshqaruvi majlislarining bayonnomalari; “O‘zselxozbank” va yakka tartibdagi qishloq xo‘jaligi kredit shirkatlarining faoliyati to‘g‘risidagi hisobot va ma’ruzalar; SSSRda kredit tizimini qayta tashkil etish to‘g‘risidagi memorandum (1930).