1939 yil 3 iyulda SSSR XKSning SSSRda geologiya xizmatini tashkil etish to‘g‘risida va 1939 yil 15 iyuldagi SSSR Yoqilg‘i Sanoati xalq komissarligining buyrug‘iga ko‘ra, Geologiya bosh boshqarmasi tizimida “Sredazugol” O‘zbek geologiya boshqarmasi va kombinati asosida 1940 yil 23 mayda O‘rta Osiyo davlat geologiya razvedka tresti tashkil etilgan. 1940 yil 27 mayda SSSR Ko‘mir Sanoati Komissarligining buyrug‘i asosida “Ko‘mir va slanes konlarini aniqlash bo‘yicha O‘rta Osiyo birlashgan davlat tresti tashkil etilgan hamda ushbu tashkilot SSSR Ko‘mir Sanoati Komissarligi tasarrufiga o‘tkazilgan.
Trestning Nizomiga ko‘ra, ko‘mir va slanes konlarini aniqlash va shaxtalarini qurish bo‘yicha ishlab chiqarish razvedka ishlarini olib borgan.
1946 yil 23 yanvarda Xalq Komissarliklarining Ministrlikka aylantirilishi natijasida trest faoliyati SSSR sharqiy hududlari ko‘mir sanoati ministrligi qoshidagi Geologiya razvedka bosh boshqarmasi tasarrufiga o‘tkazilgan. 1948 yil 28 dekabrda SSSR ko‘mir sanoati ministrligining ko‘mir konlarini qidiruv-razvedka ishlari bosh boshqarmasi tasarrufiga o‘tkazilgan.
SSSR XKSning 1953 yil 15 iyundagi ko‘rsatmasi va SSSR Ko‘mir Sanoati Ministrligining 1953 yil 18 iyundagi bo‘yrug‘iga ko‘ra trest O‘rta Osiyo Birlashgan geologiya tresti deb nomlangan. Keyinchalik trest SSSR ko‘mir sanoati ministrligi qoshidagi Geologiya bosh boshqarmasi tasarrufiga o‘tkazilgan. 1957 yil 5 iyuldagi SSSR XKS va O‘zbekiston SSR geologiya va tabiiy boyliklarni himoya qilish bosh boshqarmasining buyrug‘iga ko‘ra trest faoliyati tugatilgan.
SSSR va O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti, og‘ir sanoat, yoqilg‘i sanoati, ko‘mir sanoati xalq komissarliklari va ko‘mir sanoati, SSSRning sharqiy hududlari ko‘mir sanoati ministrliklari, Bosh geologiya-qidiruv boshqarmasi buyruqlari va qarorlari; Ko‘mir konlarini qidiruv bosh boshqarmasi va “Sredazuglegeologiya” tresti; trest Nizomlari; geologiya-qidiruv va geofizika ishlarining yillik rejalari va titul varaqalari, ko‘mir konlarida geologiya-qidiruv, gidrogeologik va topografik-geodeziya ishlari loyihalari, trestning burg‘ulash va geologiya-qidiruv ishlarini elektrlashtirish loyihasi.
Geologiya-qidiruv ishlari va trest rejalari bajarilishi to‘g‘risidagi ishlab chiqarish-xo‘jalik hisobotlari, sohani mukammallashtirish va ixtirolar byurosining faoliyati va ixtirolarni joriy etish, texnik takomillashtirish va sohani rivojlantirish takliflari to‘g‘risidagi hisobotlar; ixtirolar chizmalari va sohani takomillashtirish takliflari; xavfsizlik bo‘yicha muhandislik hisobotlari; trestning geologiya-qidiruv ishlarini texnik jihozlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va materiallar; tog‘-kon va tunnel qazish ishlarining normalari; trest geologiya-qidiruv jamoat organlari gidrogeologik kuzatuv materiallari, geologik uchastkalar va quduqlarning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Angren ko‘mir konining ko‘mir konlari va uchastkasi, quduqlarda yer osti suvlari sathining o‘zgarishi grafigi, havo harorati va suvni kamaytirish sxemasi.
Trestning geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha sotsialistik musobaqalar shartlari, sotsialistik majburiyatlarni tekshirish aktlari.
Geologiya-qidiruv trest xodimlarining umumiy yig‘ilishlari va ishlab chiqarish yig‘ilishlari, trest boshlig‘i, trest boshlig‘ining o‘rinbosari va trest qurilishi texnik yig‘ilishlar va trest attestatsiya komissiyasi majlislarining bayonnomalari. Takomillashtirish byurosi, xavfsizlik choralarini ko‘rib chiqish bo‘yicha jamoatchilik muhokama komissiyasi, geologiya organlarining texnik kengashlari.
SSSR Ko‘mir sanoati xalq komissarligi Bosh Geologiya-qidiruv boshqarmasi bilan trestning rejalashtirilgan ishlarini bajarish, ko‘mir sanoatining yetakchi mutaxassisliklari, ishchilarning Butunittifoq sotsialistik musobaqasi shartlari to‘g‘risidagi yozishmalari; geologik qidiruv tashkilotlari bilan yozishmalar.