O‘zbekiston SSR XKSning 1937 yil 13 yanvardagi “O‘zbekiston SSR oziq-ovqat sanoati” to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra, uning tarkibida trest huquqida Muzlatilgan go‘shtni g‘amlash (Myasoxolodilnoye) boshqarmasi, 1938 yil oktyabr oyida boshqarma nomi O‘zbekiston SSR Muzlatilgan go‘sht tayyorlash sanoat tresti etib o‘zgartirilgan.
1939 yil 9 iyulda O‘zbekiston SSR Prezidiumi Oliy Sovetining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston SSR Oziq-ovqat sanoati komissarligi o‘rniga, Oziq-ovqat sanoati va Go‘sht va sut mahsulotlari sanoati komissarliklari tashkil etilib, Muzlatilgan go‘sht tayyorlash sanoati tresti (Uzmyasoxladoprom) Go‘sht va sut mahsulotlari sanoati Komissarligi tasarrufiga o‘tkazilgan.
O‘zbekiston SSR XKSning 1940 yil 7 aprel qarori va O‘zSSR Go‘sht va sut mahsulotlari sanoati Komissarligining 1940 yil 8 apreldagi buyrug‘iga ko‘ra, “Uzmyasoxladoprom” tresti tugatilgan.
1942 yil 16 apreldagi O‘zbekiston SSR Markaziy kompartiyasi va XKS qaroriga ko‘ra, O‘zSSR Go‘sht va sut maxsulotlari sanoati komissarligi qoshida “Uzmyasoxladoprom” tresti qayta tashkil etildi.
O‘zSSR XKSning 1953 yil 23 apreldagi qaroriga ko‘ra, “Uzmyasoxladoprom” tresti O‘zSSR Yengil va oziq-ovqat sanoati ministrligi tarkibida Go‘sht va uni muzlatish sanoati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. 1953 yilda boshqarma O‘zSSR oziq-ovqat mahsulotlari sanoati ministrligi tarkibiga, 1954 yilda Boshqarma yana Go‘sht va sut mahsulotlari sanoati komissarligi tarkibiga o‘tkazilgan. 1956 yilda tashkilot faoliyati tugatilgan.
.