1931 yil sentyabrida SK VKP (b) O‘rta Osiyo byurosi va SSSR MK qarori bilan xo‘l, quruq va qayta ishlangan meva, sabzavot, poliz va rezavor mevalarni g‘amlash va xarid qilish maqsadida tashkil etilgan.
SSSR Butunittifoq Iste’molchilar jamiyati Markaziy Kengashi Prezidiumining 1934 yil 27 noyabrdagi qarori bilan tugatilgan.
SSSR va O‘zbekiston SSR MIQ, XKS qarorlari hamda majlis bayonnomalari, tashkilotning texnik kengash bayonnomalari; asalarichilikni rivojlantirish, rezavor mevalar va ularning yovvoyi turlarini g‘amlash bo‘yicha yozishmalar; tashkilot Nizomi, buyruqlari va ko‘rsatmalari; meva, sabzavot va rezavor mevalarni g‘amlash va tarqatish bo‘yicha rejalar, hisobot va ma’ruzalar (1934).