SSSR Ministrlar Sovetining 1946 yil 7 maydagi ko‘rsatmasi va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1946 yil 23 maydagi qaroriga muvofiq uning huzurida xo‘jalik hisobidagi O‘rmon xo‘jaligi idorasi tashkil etilgan.
Idora uyidagi vazifalarni bajargan: yog‘och materiallarini tayyorlash va sotib olish, qurilish jihozlarini ishlab chiqarish, ko‘chiriladigan xo‘jaliklarni yog‘och va qurilish mollari bilan ta’minlash, o‘rmonlarda yog‘och ishlab chiqarish ustaxonalari va xo‘jaliklarini tashkil etish punktlari va bazalarini tashkil etish.
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1950 yil 19 oktyabrdagi va O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Aholini ko‘chirish boshqarmasining 1951 yil 11 apreldagi buyruqlariga ko‘ra O‘zSSR Ministrlar Soveti huzurida Aholini ko‘chirish ishlari bo‘yicha qurilish tresti (Uzpereselenstroy) tashkil etilgan.
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1955 yil 27 iyundagi qarori asosida trest O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Aholini ko‘chirish bosh boshqarmasining ko‘chiriladigan kolxozlar qurilishi bo‘yicha boshqarmasi etib qayta tashkil etildi.
SSSR Ministrlar Sovetining 1956 yil 26 martdagi va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1956 yil 14 apreldagi qarorlariga muvofiq, Ko‘chiriladigan kolxozlar bo‘yicha qurilish boshqarmasi O‘zbekiston SSR Shahar va qishloq qurilish ministrligi tasarrufiga o‘tkazildi. 1956 yil 3 noyabrda O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining qarori asosida tugatilgan.
SSSR Ministrlar Soveti, SSSR Qishloq xo‘jaligi va ta’minot ministrligi, O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti, O‘zbekiston SSR Qishloq xo‘jaligi va ta’minot ministrligi, O‘zbekiston SSR Shahar va qishloq qurilish ministrligi, O‘zbekiston SSR huzuridagi Aholini ko‘chirish boshqarmasi, Ahoni ko‘chirish boshqarmasi qoshidagi qurilishni yog‘och bila ta’minlash bo‘limi, “Uzpereselenstroy” tresti direksiyasining qarorlari, buyruqlari va farmoyishlari. Kolxozchilarni ko‘chirish va kolxozchilar uchun turar-joy binolari qurish bo‘yicha viloyat ijroiya qo‘mitalarining qarorlari; O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi ko‘chirish boshqarmasining O‘rmon xo‘jaligi idorasi to‘g‘risidagi Nizom, uning ishi va kolxozchilarni ko‘chirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalar, “O‘zpereselenstroy" tresti va hududiy qurilish boshqarmalari to‘g‘risidagi Nizom.
O‘rmon xo‘jaligi idorasi, O‘zbekiston SSR ko‘chiriladigan kolxozlarda qurilish tresti va ularga qarashli muassasalarning yillik rejalari, shtat jadvallari, harajatlar smetasi va yillik hisobotlari; viloyat qurilish idoralarining ko‘chiruvchi xo‘jaliklar uchun turar-joy binolari qurilishining borishi to‘g‘risidagi hujjatlar; trestning ishlab chiqarish va tezkor yig‘ilishlari, ko‘chirish ma’muriyatidagi uchrashuvlar va texnik yig‘ilishlar bayonnomalari; ko‘chirilgan kolxozchilar uchun turar-joy uylarini loyihalashtirish va qurish jarayoni, qurilish ishlarini mexanizatsiyalash va qurilishni moliyalashtirish to‘g‘risida yozishmalar.